Mahbub ul-qulub
Download 0.76 Mb. Pdf ko'rish
|
Mahbub ul qulib
- Bu sahifa navigatsiya:
- Beshinchi bob SABR ZIKRIDA
www.ziyouz.com kutubxonasi
30 Ruboiy: Har kimki, qanoat tarafi nisbati bor, Borcha el aro tavozeu izzati bor, Ulkim tamau hirs bila ulfati bor, Yaxshi-yamon ichra zillatu nakbati bor. Hikoyat: Koshifi asrori ilohiy Shayx Shoh Ziyoratgohiy 16 (quddisa olloh sirrihu) ibodat farog‘ati uchun qanoat shior qildi va Ziyoratgoh qasabasida maskan ixtiyor qildi. Va ulus nazr va hadiyasin parvo qilmadi, va salotin in’om va suyurg‘olin ko‘zga ilmadi. Muhaqqar Mavrusi muhavvatasig‘a ashjor tikti va ekin ekti. O‘z muborak iliki bila ekin suvorurg‘a bel urar erdi va ashjor tarbiyati tesha va arra surar erdi. Bu nav’ qanoat bila natijasi «azza man qanaa» 17 hukmi bila ul yerga yettikim, Hirot dor us- saltanasidin salotini masnadnishin va ulamoi din va mashoyixi ahli yaqin uch shar’i yo‘lni ul buzurgvor xizmatig‘a borur erdilar va ostoni tufrog‘in o‘pmak bila tafoxo‘r boshin falakdin o‘tkarur erdilar va ul ziroat nonidin va ul favokih jonidin har ne iliklarig‘a tutsa ko‘zlarig‘a surtub, qo‘yunlarig‘a solib, tabarruk uchun shahrg‘a ayol va atfollari uchun kelturur erdilar va andin yeganlar oxirat najotig‘a ham umidvor bo‘lur erdilar. Qanoat natijasi mundin komilroq oz vuhur qilib erkin va xursandlig‘ bog‘chasining rayohini mundin tarovatlig‘roq kam ochilib erkin. Qit’a: Jahon ichra ko‘p sun’ ko‘rguzdi sone’, Emasdur kishi turfa andoqki, qone’. Kishidin talabsiz g‘ino hosil etmas, Yana judg‘a bo‘lmamoq hech mone’. Beshinchi bob SABR ZIKRIDA Sabr o‘zni chiqarmoqdur huzuz nafsonidin va tana’umot jismonidin va nafsni habs qilmoqdur ibodat mehnatida va qadamni sobit qo‘ymoqdur riyozot suubatida. Haq yo‘lida qotig‘ irikka tuzmakdur va yaxshi-yomondin har ne eshitgan va ko‘rganga taxammul ko‘rguzmakdur. Achchig‘dur, ammo sudmand; qattig‘dur, ammo dofei gazand. Qaysi nomurod ilik etagiga urdikim, murod topmadi? Va qaysi giriftor ko‘ngul sabr bandig‘a qo‘ydikim, kushod topmadi? Farahlar miftohidur va bandlar attohidur. Rafiqedur suhbati mumil, ammo oqibati murodqa qariyiliq va harifedur umidi uzun ammo nihoyati matlubqa hamnishinliq. Samandedur kohilxirom ammo manzilg‘a yetkurguvchi va buxtiedur saqilgom, lekin ma’mang‘a tushurguvchi. Nosihi talx guftordek tab’ andin ozurda va lekin zimnida maqsud hosil, tabib batiy-ul-ilojdek, 18 mariz andin pajmurda, ammo so‘ng‘ida sihhat vosil. Ishq ahli zikridin mutag‘ayyir va lekin g‘oyati vaslg‘a umidvorliq, hajr eli yodidin mutanaffir va leknn nihoyati ittisolg‘a komgorlik. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling