Mahbub ul-qulub


Download 0.76 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/93
Sana06.04.2023
Hajmi0.76 Mb.
#1336034
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   93
Bog'liq
Mahbub ul qulib

www.ziyouz.com kutubxonasi
31
Qafasida jon bulbulig‘a ne xamushluq sud etib, ne navo va ilhon, majlisida ruh to‘tisig‘a ne sukut 
naf’ yetkurub, ne faryod va fig‘on. Sahrosida farog‘at hamonu iztirob hamon, biyobonida darang hamonu 
shitob hamon. So‘xtai firoq o‘lmakdin anga g‘am yo‘q, anduxtai ishtiyoq kuymakdiin anga alam yo‘q. 
Hajr shomidek tiyra uzun, ammo g‘oyati subhi visol, haj yo‘lidek qattig‘ va yiroq, ammo nihoyati Ka’bai 
iqbol.
Har giriftorg‘akim, ul nobud hayoti andin bariy va har umidvorg‘akim, ul nomavjud ruhi andin 
sipariy. 
Oshiqlarg‘a marazedur va bemorlarg‘a zahredur halohil. Sahih aning suubatedin bemor, havos aning 
uqubatidin nokor. Ruh ishi ani tortarda taallul, ko‘ngul aning qattig‘lig‘idin betoqatu tahammul. Yo‘li 
bodiyasida zulumoti ofat, Hizrdek ani qat’ qilg‘ong‘a bahra zuloli hayot. Shiddati yukiga homillardin 
biri Ayyubi
19
nabiy va suubati hamlig‘a komillardin biri Muhammadi arabiy.
Bayt: 
Ajab ranjeki andin sa’b yo‘q ranj,  
Vale chekkan kishinnng bahrasi ganj.  
Hikoyat: Bir notavon ko‘nglida bir gul’uzor xorxori bo‘ldi va ul tuhmat bila zindon giriftori bo‘ldi. 
Ul ish iqrori uchun anga qilmag‘an azob qolmadi, ammo ul maxfiy sirrin ko‘nguldin tilga solmadi. 
Oqibat bir kun asaslar bordilar va ani zindondin band bila sudrab chiqordilar. Va bosh-ayog‘idin tortib 
uzottilar va bir quchoq yig‘och aning a’zosig‘a ushottilar. Andoqki, boshdan - ayog‘i jarohat bo‘ldi va 
bari a’zosinnng terisi so‘yuldi. Tayoq a’zosin andoq afgor qildikim, qon ul ma’rakani lolazor qildi. 
Mazlum mutlaqo dam uradi va iqror takallumin tiliga surmadi. Chun ta’zib shiddatidin hordilar, ul 
majmu’din sudrab chiqordilar. Navmidlig‘din qo‘yaberdilar va insof olamida muhiq erdilar. Chun 
jafopeshalar yiroq bordi, jafokash og‘zidin bir usholg‘on diram chiqordi. Ja’miki ani ko‘rdilar. Ul ish 
kayfiyatin so‘rdilar, ulcha javobidin mafhum bo‘ldi, bu holat ma’dum bo‘ldikim, siyosat hangomasida 
manzuri hozir ermish va bir go‘shadin aning holiga nozir ermish. Anga yetarda ul bedodu sitam tishi 
ostida ermish ul diram. Azob e’tidoldin o‘tarda diramg‘a tishin berkitur ermish va tish zaxmi bila ul 
diramni pora-pora ushotur ermish va manzur nozir olida sabru tahammul qilur ermish va aning 
nazzoragar erkanin bilur. Manzur chun bu holni bildi, mehr va shafqat bila boshig‘a keldi, yumshoq so‘z 
bila yaralarig‘a marham yetkurdi va chuchuk til bila majruh tanig‘a jon kivurdi. Xayolig‘a kechmas 
davlatg‘a sazovor bo‘ldi va gumonig‘a o‘tmas odatg‘a komgor bo‘ldi. Bu barcha shiddatdag‘i sabru 
shikebolig‘ natijasi erdi va ul suubat va shiddatda tahammuldin anga dast berdi.
Bayt: 
Kimki bir shiddat aro sabru tahammul ayladi,
Baxt aning nishini no‘shu xorini gul ayladi.  

Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling