Mahbub ul-qulub


Download 0.76 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/93
Sana06.04.2023
Hajmi0.76 Mb.
#1336034
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   93
Bog'liq
Mahbub ul qulib

O‘ttuz to‘rtinchi fasl  
MUBRIM GADOLAR ZIKRIDA  
Tilanchi va gado ko‘pragi beg‘ayrat va bahayo. Kunduz kezmaklari ibrom bila eldin nima olmok 
uchun, kecha kelib o‘g‘urlarg‘a el jihotig‘a ko‘z solmoq uchun. Ne ne’mat olib mun’imdin shokir, ne 
in’om topib mukrim uzrig‘a tillari zokir. Yemak bila ju’ ahlidek me’dalarig‘a to‘lmoq yo‘q, tilamak bila 
mustasqiydek suvdin serob bo‘lmoq yo‘q. Qadu va kachkuli mamlu bangilar xotiridek mutanavvi’ 
xayolotidin. Xaritasi to‘la riyoiy sufiylar zamiridek mutalavvin xavotir holotidin. Har diramki tugub, 
g‘assoldin o‘zga kishi ochmoq mahol, har siymkim ko‘mub, tufrog‘din o‘zga birov ani yemakka yo‘q 
ehtimol. 
Ko‘zlari hirsning «sod»i
60
va tama’ning «ayn»i
61
va bu hirs va tama’din jonu ko‘ngullarida 
mahrumluq shayni. Bular orasida o‘ziga qalandar ot qo‘yg‘on mal’un, odamiylig‘din mag‘bun va dev va 
shayton olida mat’un. Insoniyat va musulmonliqdin yiroq, to‘nguz va ayig‘ odamiylig‘da alardin 
yaxshiroq. Shakl tag‘yiri bila odamiylig‘din karona, po‘stun evura kiymaklari hayvonlig‘ va sabuiyatdin 
nishona. Ulug‘-kichikdin har turlukda gadoyi muvahhish, fosid xavotiridek sofiy ko‘ngulga mushavvish.
Nazm: 
Bermak bo‘lmas alarg‘a inson hukmi, Yo 
odamu mo‘‘minu musulmon hukmi.  
Fosid axlotig‘aki vojibdur daf’.  
Bo‘lg‘aymu kishi beray desa jon hukmi.  


Alisher Navoiy. Mahbub ul-qulub 
www.ziyouz.com kutubxonasi
22
O‘ttuz beshinchi fasl  
QO‘ShChI VA SAYYoD ZIKRIDA  
Qo‘shchi sayyodlarg‘a muqtado va hukmron va bu jamoat anga raiyyat va ma’muri farmonkim, 
ilgida qush kecha-kunduz ranj va mashaqqatg‘a tush. Kecha uyqusi harom, emgakdin yo‘q anga orom. 
Nafis hazzi uchun bir gunohsiz ayog‘iga solib band va uzun tunlar aning azobi bila xursand. Amal 
rishtasin tama’ ignasiga chekib, ul bezabonning ko‘rar ko‘zni ham tikib. Maqsudi ani sayyod qilmoq va 
o‘zga jonlig‘lar qasdig‘a jallod qilmoq. Qunduz dashtu vodiyg‘a chopib, bir necha zabun g‘ofil topib, 
yuz makru hiyla bila qushin alarg‘a solib va ul solg‘oni ul mazlumni olib. Oldurg‘ondin so‘ngra ul sayd 
boshi ustida tutib o‘run, qoni to‘lg‘on zabunni bismil qilmasdin burun, ne deyki qanotin suvurib
qo‘ltig‘inmu yoradur va o‘zi ul qotil shogirdin shaaf bila to‘yg‘oradur. Necha mundoqningkim, qonin 
to‘kti va qo‘ltug‘in yorib, qanotin so‘kti. Fitrokiga bog‘lab uyiga yondi, o‘zi va qushi qilg‘onlarg‘a 
quvondi. Shum nafs hazzig‘a bir-ikki ayog‘larig‘a irtikob qilg‘ay va olida shirolg‘asin kabob qilg‘ay. 
Ba’ziniki, tongla begiga eltib tortqay, aning iltifotidin ko‘ngliga juldu tama’i ortg‘ay. 
Qush ta’rifida degani barcha lof, o‘z tahsinida so‘zlagani bori gazof. Muncha mazmun amrig‘a bois 
nafs komi, xoh emgagi, xoh tomoshasi, xoh kabobi, xoh bek in’omi.
Masnaviy:  
Bular boisi barcha nafsoniyat Ki, 
anda doxil insoniyat. 
Ko‘nolg‘a olib qayda qo‘nsa diram,  
Ot arpasi ham, qushig‘a to‘‘ma ham.  

Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling