Mahbub ul-qulub


Download 0.76 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/93
Sana06.04.2023
Hajmi0.76 Mb.
#1336034
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   93
Bog'liq
Mahbub ul qulib

O‘ttuz birinchi fasl  
DYeHQONLIK ZIKRIDA  


Alisher Navoiy. Mahbub ul-qulub 
www.ziyouz.com kutubxonasi
20
Dehqonki, dona sochar, yerni yormoq bila rizq yo‘lin ochar. Agar rostliq va salohi bordur, o‘yi Solih 
noqasidin namudordur. Qo‘shi ham ikki zo‘r pahlavon, yukiga bo‘yun sunub olida ravon; ish qilurda 
hamdam va hamqadam, dehqon alarni suradi andoqki Odam
58
. Olam ma’murlig‘i alardin, olam ahli 
masrurlig‘i alardin. Har qayon qilsalar harakot, elga ham qut yetkurur, ham barakot.
Dehqonki, tuzluk bila dona sochar, haq biriga yetti yuz eshigin ochar. Sochqon dona ko‘karguncha, 
o‘rub xirmon qilib, mahsulin ko‘targuncha qurtu qush andin bahramand va dasht vahshi aning bila 
xursand. Mo‘rlar uyi andin obod va go‘rlar xotiri aning bila shod. Kabutarlarg‘a andin mastliq, 
to‘rg‘aylarg‘a andin nishotg‘a hamdastliq. O‘roqchig‘a andin ro‘zi, boshoqchiniig yorub andin ko‘zi. 
Barzagarg‘a andin kom hosil, pushtakashg‘a andin murod vosil. Gado andin to‘q, kadxudo to‘qlug‘i 
ham andino‘q. Musofirg‘a andin taom, mujovirg‘a andin kom. Itmaqchi tanuri andin qiziq, allof bozori 
andin issiq. Fuqaro rizqi vofiy, g‘urabo quti andin kofiy. Zohidg‘a andin xuzuri toat, obidg‘a andin lofi 
qanoat. Soyil xaritasida andin muhayyo aqtoi, shoh xizonasida andin bahru kon matoi. 
Dehqonning bir dona socharida bu holdur, o‘zga ishlari ta’rifi maholdur. Bog‘i jannatdin namudor, 
polizida ruh quti padidor. Ashjorining har biri charxi axzar, ul shajar va rayohin va favoqihi nujum va 
axtar. Fuqaro sirka va dushobi andin, ag‘niyo nuqlu mayi nobi andin.
Gunogun favoqih bilakim bog‘da tazyin, chaman mulkida bog‘lanib ta’biya va oyin.
Mundoq kishi kerakki, buxldin muarro bo‘lsa va kizbu imsoqdin mubarro. Shoh molin berurdin ibo 
qilmasa va zabun sherikka jafo qilmasa, to donosi durri saodat bar bergay va tuxm sochib, anjumi uluvvi 
rif’at tergay. Mundoq dehqon Odamning farzandi xalafidur, balki marzuqlar anga farzand va ul Odami 
safiydur.
Q i t’ a:  
Kimki dehqonlig‘ ayladi pesha, Dag‘i 
non bermak o‘ldi anga shior.  
Buyla kimsa uluvvi rif’atdin.  
Odam o‘lmasa, odamiy xud bor.  

Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling