Mahbub ul-qulub
Download 0.76 Mb. Pdf ko'rish
|
Mahbub ul qulib
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yigirma beshinchi fasl AHLI NUJUM ZIKRIDA
Yigirma to‘rtunchi fasl
NASIHAT AHLI VA VOIZLAR ZIKRIDA Voiz kerakki, «qolalloh» 48 so‘z aytsa va «qola rasululloh» 49 muxolafatidin qaytsa, xudo va rasul yo‘lig‘a qadam ursa. O‘zi kirgondin so‘ngra nasihat bila elni ham kivursa. Yurumagon yo‘lga elni boshqarmoq, musofirni yo‘ldin chiqormoqdur va biyobong‘a keturmak va bodiyada iturmakdur. Usrukki, elga buyurg‘ay xushyorliq - uyquvchidekdurki, elga buyurg‘ay bedorliq Uyqusida so‘z degan jevligon bo‘lur va degondek qilmoq ne degon bo‘lur. Alisher Navoiy. Mahbub ul-qulub www.ziyouz.com kutubxonasi 17 Va’z bir murshid va ogoh ishidur va aning nasihatin qabul etgan maqbul kishidur. Avval bir yo‘lni bormoq kerak, andin so‘ngra elni boshqarmoq kerak. Yo‘lni yurmay kirgan itar va g‘ayri maqsud yerga yetar. Voiz uldurki, majlisig‘a xoli kirgan to‘lg‘ay va to‘la kirgan xoli bo‘lg‘ay. Voizkim, bo‘lg‘ay olim va mutaqqiy - aning nasihatidin chiqqan shaqiy. Ulki, buyurub o‘zi qilmag‘ay, hech kimga foyda va asar aning so‘zi qilmag‘ay. Nazoirxon bila surguvchi maqol - dastiyor bila yirlag‘uvchi qavvol. Qit’a: Voizki, dastyorsiz o‘lmas suxanguzor, Anga yorodu 50 munga ayolg‘uvchi 51 hukmi bor. Tengri so‘zin ayolg‘uvchi bo‘lmay dey olmag‘ay, Bir soz bo‘lsa ham kerak ul qilg‘ay ixtiyor. Yigirma beshinchi fasl AHLI NUJUM ZIKRIDA Munajjimki, savobit va sayyor nazoratidin hukm surar, rammoldekdurki, nuqtalari hisobi bila lof urar. Ziji 52 - hech va tafhim va tavqimi-g‘alat taqsim; va usturlobi vojib-ul-ijtinob 53 va rif’at ulqamari 54 befoyda va besamar. G‘ofiledur bu asbob bila hangoma tutg‘on va haq taolo qazo va taqdiri so‘zin unutqon. O‘z ilgida bir anor bo‘lsa bilmaski, necha parda va necha xonasi bor va har parda va har xonasida necha donasi bor va ul dona achchig‘mudur yo zumuxtvash yo chuchukmudur va yo mayxush; borlar ani kesib yebdur va xosiyat va kayfiyatini bilib, elga ham sharh bila debdur. Falaki mudavvar va nujum va burjidin afsona der va alarning sa’d va nahsi hukmin surub tarona der. Bovujude ulki, o‘n so‘zidin ittifoqe biri ham rost kelmas, munung qabohatin yo bilmas va yo bilib ko‘ziga ilmas. «Kizb al-munajjimun» 55 mazmuni bila aning so‘zi yolg‘ondur va o‘z rostlig‘ kishvaridin yiroq qolg‘ondur va basirat ko‘ziga g‘aflat pardasin solg‘ondur. Bayt: Emas afloku anjum holi benaf’u zarar, lekin Ani tengri bilur, ermas munajjim bilmagi mumkin. Download 0.76 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling