Mahbub ul-qulub


Download 0.76 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/93
Sana06.04.2023
Hajmi0.76 Mb.
#1336034
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   93
Bog'liq
Mahbub ul qulib

O‘n to‘qquzunchi fasl  
IMOMLAR ZIKRIDA  
Imomat qilg‘uvchi o‘z qiroatining sheftasidur va o‘z namozining fireftasidur. Kishilikdin xayolida 
tasavvurlar va yaxshilikdin zamirida takabburlar. O‘z namozin maqbul taxayyul qilg‘on jamoat namozi 
qabuliyatini ham takafful qilg‘on. Biyik qiroati mahzi ra’noliq va anoniyat jamoatdin ilgari chiqmag‘ay 
ayni rasvoliq va nafsoniyat xayoli xalqqa peshvoliq va tasavvuri elga muqtadoliq. Namozg‘a imomat 
komil imom ishidur va o‘zni mundoq tasavvuf qilg‘on johil va notamom kishidur. Imomat munosibdur 
pirdin murid xaylig‘a tafhim uchun yo muallimdin suruki tifli norasidag‘a ta’lim uchun yo olimdin 
juhholg‘a shafqat uchun, yo komildnn tanobe’ va iyolg‘a tarbiyat uchun. Odobi ibodat. talqinig‘a kamohi 
va ta’limi shariat oyinig‘a nokohi nokomdin munosibdur, zaruratdin tajviz qilsa bo‘lur. Ammo vazifa va 
ulufa yemak va o‘zin muqtado va imom demak odamiy ishi emas. Va andoq kishini odamiylar kishi 
demas.
Qit’a: 
Valoyat ahliga
41
 jam’i malomatig‘a boq 
Ki, xalq ko‘zidin aylar namozini yashirun.  
Bu turfaroqkim, namozida mu’jibi nodon, Tutar 
imomat uchun xayl qiblasida o‘run.  
Yigirmanchi fasl  
MUQRIYLAR ZIKRIDA  
Muazzineki, haq ibodatig‘a nido qilg‘ay, jon anga fido, agar yaxshi savt bila ado qilg‘ay. Agar poklik 
va niyoz bu ishga mulhaqdur, omu xos ko‘ngliga maqbuli mutlaqdur. Bu nido yomonlarni fisq kunjidin 
masjid sori boshqarur andoqki, fusungar yilonni tarona bila teshukdin chiqarur. Agar muqriy lavanddur, 
bad ovozu kulg‘undidur, lahni nosoz, badani vuzu’ qaydidin nopok va xush vaqt rioyatidin bebok. Ruhi 
toat zavqidin bexabar va uni savt ul-hamirdin ankar. Man’ va nahy tufrog‘in og‘zig‘a urmoq avlo, balki 
toq yo minordin uchurmoq avlo.
Ruboiy: 
Muqriyki, erur pokro‘ va zohidvash, Alxoni 
xush va husni adosi dilkash.  


Alisher Navoiy. Mahbub ul-qulub 
www.ziyouz.com kutubxonasi
15
Jon anga fidoki, ruh etar andin g‘ash,  
Agar bo‘lsa munung aksi nafas urmasa xash.  

Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling