Mahbub ul-qulub
Download 0.76 Mb. Pdf ko'rish
|
Mahbub ul qulib
O‘n uchunchi fasl
MUFTIYI FAQIHLAR ZIKRIDA Muftiyi faqihe kerak mutadayyin va olime kerak mo‘‘min, islom ilmida mohir va diyonat nuri jabinida zohir. Mayldin ko‘ngli bequsur va hiyladin zamiri befutur. Qalami rivoyotda sodiq, raqami mujtahid so‘zi bila muvofiq; yo‘qki fosiqe bo‘lg‘ay mayxor va johile bo‘lg‘ay badkirdor va g‘addor. Bir diram uchun yuz haqni nohaq etguvchi va oz karam uchun ko‘p «lo»ni «naam» 14 bitguvchi. Bir sabat uzum uchun bir bog‘ni kuydurmakdin g‘ami yo‘q va bir botmon bug‘doy uchun xirmonni sovurmoqdin alami yo‘q. Muftieki, hiyla bila fatvo tuzar qalami no‘gi bila shariat yuzin buzar. Muzd uchun siym olibki, molig‘a qotar dinini dunyog‘a sotar. Mundoq mufti odamiykush tabibdur, biriga islom qatli, biriga musulmonlar qatli nasibdur. Ruboiy: Alisher Navoiy. Mahbub ul-qulub www.ziyouz.com kutubxonasi 11 Muftikim, ishiga muzd olib qilsa raqam, Muzd ortuq esa, mayl kerak qilg‘ay kam, Fatvoda chu bo‘ldi muzd uchun «lo» vu «naam». Qilmoq kerak ul qalamzai ilgini qalam. O‘n to‘rtinchi fasl MUDARRISLAR ZIKRIDA Mudarrisning kerakki, g‘arazi mansab bo‘lmasa va bilmas ilmni ayturg‘a murtakib bo‘lmasa va xudnomolig‘ uchun dars havzasin tuzmasa va xudsitonlig‘ uchun takallum va g‘avg‘o ko‘rguzmasa. Jahldin dastori uluv va aloqasi uzun bo‘lmasa va mubohat uchun madrasa ayvoni boshi anga o‘run bo‘lmasa. Diniy ulum bilsa va yaqiniy masoil ta’lim qilsa. Bebokliklardin haroson va nopokliklardin gurezon bo‘lsa, yo‘qki o‘zin olim bilgay necha majhulg‘a anvoi fisqni muboh, balki halol qilg‘ay, qilmas ishlarni qilmoq andin ma’lum bo‘lg‘ay va qilur ishlar tarki andin qoida va rusum bo‘lg‘ay. Bu mudarris emasdurkim, mubtade’dur va mundoq kishi suhbati islom mumtane’dur. Olim kerakkim, mutaqqiy bo‘lsa va ogoh va ayturg‘a qola Alloh, qola Rasulloh. Qit’a: Har ne aytur bo‘lsa Xudovu Rasuldin Andin so‘ng o‘lsa mujtahidu avliyo so‘zi. Andin kishi ne kim eshitur va yoki o‘rganur bo‘lsa, Xudo so‘zi yo‘q esa, Mustafo so‘zi. Download 0.76 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling