Mahbub ul-qulub
Download 0.76 Mb. Pdf ko'rish
|
Mahbub ul qulib
O‘n beshinchi fasl
ATIBBO ZIKRIDA Tabibg‘a o‘z fanida hazoqat kerak va bemorlar holig‘a shafqat va marhamat kerak. Va nafsi tibg‘a tab’i muloyim va xukamo qavlig‘a payrav va mulozim. So‘zida rifqu diljo‘yluq va o‘zida ozarmu xushxo‘yluq. Hoziq tabibki shafqati bo‘lg‘ay - Insoi Ruhullohg‘a 15 nisbati bo‘lg‘ay. Iso ishi chiqqon jonni tang‘a kivurmak duo bila, munung tandin chiqadurg‘on jong‘a mone’ bo‘lmoq davo bila. Mundoq tabibning yuzi mariz ko‘ngliga mahbubdur va so‘zi bemor jonig‘a marg‘ubdur. Dami alillarg‘a davo va qadami xastalarg‘a shifo. Xizri najot aning tal’ati va obi hayot aning sharbati. Agar fanida mohir bo‘lsa, ammo badxo‘y va beparvo va durushtgo‘y, marizga, agarchi, bir jonibdin iloj yetkurur, ammo necha jonibdin tag‘yiri mijoz yetkurur va lekin omiy tabibkim, erur shogirdi jallod, ul tig‘ bila, bu zahr bila qilg‘uvchi bedod. Ul mundin yaxshiroqdur. Beishtibohkim, aning qatili gunahkordur va munung - begunahki, hech gunahkor, anga zalil bo‘lmasun va hech begunax munga alil bo‘lmasun. Bayt: Alisher Navoiy. Mahbub ul-qulub www.ziyouz.com kutubxonasi 12 Hoziq tabibi xushgo‘y tan ranjig‘a shifodur, Omiyyu tundu badxo‘y el jonig‘a balodur. O‘n oltinchi fasl NAZM GULISTONINING XUShNAG‘MA QUShLARI ZIKRIDA Ul necha tabaqadur: avvalg‘i jamoat-nuqudi kunuzi ma’rifati ilohiydin g‘aniylar va xalq ta’rifidin mustag‘niylardur. Ishlari maoniy xazoinidin ma’rifat javharin termak va el fayzi uchun vazn silkida nazm termak. Nazm adosi bag‘oyat arjumand va benihoyat sharif va dilpisand o‘ldug‘i uchun oyoti kalomda nozil bor va hadisi mu’jiz nizomda tilagan topar, chun maal - qasd 16 emas, el hurmati jihatidin ani she’r demas. Ammo bu aziz qavmning peshvo va muqtadosi va bu sharif xaylning sardaftar va sarxayli valoyat bahrining gavhari va karomat avji munir axtari Amir ul-mo‘min Ali 17 (razi allohu anhu va karimullohu va vajhu) 18 durkim, nazm devonlari mavjuddur va anda asror va nukat noma’dud. Bu mazhari ajoyibqa guruhekim tobe’dur, ba’zini arz qiloliki, kimlar voqe’dur; forsiy iboratda ul jumladin, nozimi javohiri asror Shayx Fariduddin Attordur 19 . Yana qoyili «Masnaviyi ma’naviy», g‘avvosi bahri yaqin Mavlono Jaloluddin, ya’ni Mavlaviy Rumiydurki 20 , maqsadlari nazmdin asrori ilohiy adosi va ma’rifati nomutanohiy imlosidin o‘zga yo‘qtur. Yana ham avliyoi ogoh va mashoyix va ahlulloh borkim, bularg‘a tatabbu’ qilibdurlar va bular kalomi adosin va haqoyiqi ma’nosin mustahsan bilibdurlar. Bu xayldur haqiqat tariqining suxanvari, balki kimiyogari va kibriti ahmari. Yana bir jamoatdurlarkim, haqiqat asrorig‘a majoz tariqin ahsul qilibdurlar va kalomlari bu uslubda marbut etibdurlar. Andoqki, maoniy ahlining nuktapardozi Shayx Muslihuddin Sa’diy Sheroziy 21 va ishq ahli guruhining pokbozi va pokravi Amir Xusrav Dehlaviy 22 , va tasavvuf va diqqat mushkilotnning girihkushoyi Shayx" Zahiruddin Sanoiy 23 va faridi ahli yaqin. Shayx Avhaduddin 24 va maoniy adosig‘a Hofiz Shamsuddin Muhammad ul-Hofiz 25 . Yana jam’e bordurlarki, majoz tariqi adosi alar nazmig‘a g‘olib va alar bu shevaga ko‘prak rog‘ibdurlar. Andoqkim, Kamol Isfahoniy 26 va Xoqoniy Shervoniy 27 va Xojuyi Kirmoniy 28 va Mavlono Jaloluddin 29 va Xoja Kamol 30 va Anvariy 31 va Zahir 32 , va Abdulvosi’ 33 va Asir 34 va Salmon Sovajiy 35 va Nosir Buxoriy 36 va Kotibiy Nishopuriy 37 va Shohiy Sabzavoriy 38 . Yana haqiqat va majoz tariyqida komil va ilmi ikalasi tariqida vofiy va shomil, nazm ahlining muqtado va imomi hazrati shayxulislom Mavlono nur ul millati va-a-din Abdurahmon al-Jomiy (navvarallohu marqadahu va quddisa sirrahu) 39 durkim, avvalg‘i tabaqa ravishi va kalomida ham sharifmaqol va so‘ngg‘i tabaqaning ham adosi latoyifida sohibkamoldurkim, olamda zavqu hol ahli bular latoyifi bila masrurdurlar va bular maorifi bila huzur qilurlar. Yana adno tabaqasi jamoatedurlarkim, nazm faqat bila ko‘ngullar xushnud va xursand va roziyu bahramanddurlar. Va yuz mashaqqat bila bir baytkim bog‘lashturg‘aylar, da’vo ovozasin yetti falakdin oshurg‘aylar. So‘zlarida ne haqoyiq va maorif no‘shidin halovat va nazmlarida ne shavq va ishq o‘tidin harorat. Ne shoirona tarkiblari ahsan va ne oshiqona so‘zu dardlari shu’laafgan. Ba’zidin agar gohi birar yaxshi bayt voqe’ bo‘lur, ammo o‘n oncha yamon da’vo zohir bo‘lurki, u ham zoe’ bo‘lur. Agar biri bir nozuk ma’nida pisandida pech qilur, ammo o‘n oncha nopisand da’vo bila ani ham hech qilur. Go‘yo o‘zlariga aqidada muvofiqdurlar va so‘zlariga e’tiqodda muttafiq. Turfaroq bukim, har birining so‘zida ma’no ozroq va o‘zida da’vo ko‘proq (nauzu billohi min shururi anfusino va min sayyoti a’molino) 40 . |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling