Mahbub ul-qulub
Download 0.76 Mb. Pdf ko'rish
|
Mahbub ul qulib
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yigirma ikkinchi fasl MUTRIB VA MUG‘ANNIYLAR ZIKRIDA
Yigirma birinchi fasl
HUFFOZ ZIKRIDA Hofizg‘aki, yaxshi mahzaj va ado bila tilovat bo‘lg‘ay, mustame’larning ruhiga andin osoyish va jonig‘a halovat bo‘lg‘ay. Agar husni savt bularg‘a yordur eshitkuvchi sohibhol bo‘lsa, ishi dushvordur. Agar bad lahja bo‘lsa va bad ado surma aning g‘izosi qilsin xudo. Agar fosiqdur, bad maosh surma ham hayfdur, bo‘g‘zig‘a munosibdur tosh. Agar bovujudi bu hollar bila ko‘p o‘qug‘ay umid ulkim, og‘zi sadaf og‘zidek va tili savsan tilidek qurug‘ay. Bayt: Yorabki, hech bazmda ul nag‘ma qilmag‘ay, Og‘zi g‘izodin o‘zga nimaga ochilmag‘ay. Yigirma ikkinchi fasl MUTRIB VA MUG‘ANNIYLAR ZIKRIDA Mutribi tarabafzo, mug‘anniyi g‘amzudo - ikalasiga dardu hol ahli jon qilurlar fido. Ulki ko‘rguzgay muloyim taronau nag‘am, agar eshitguvchining hayoti naqdi anga fido bo‘lsa ne g‘am. Ko‘ngul quvvati-xushnavozdin, ruh quti - xushovozdin. Xushxon mug‘anniydin dard ahlining o‘ti tezdur, agar malohati bo‘lsa, hol ahlig‘a rustoxezdur. Har mug‘anniyki, dardmandonaroq nag‘ma chekar, aning nag‘masi zaxliq yurakka kovgarroq tegar. Otashin yuzluk mug‘anniyki, xilqidin muloyim surud chiqorg‘ay, hol ahlining kuygan bag‘ridin dud chiqorg‘ay. Muloyim mutribki, tab’ va fahm anga yor bo‘lg‘ay, xususanki, ham aytg‘ay va cholg‘ay, ko‘ngul mulkiga ne qo‘zg‘olonlarki solg‘ay. So‘luk ahlig‘a bir maxuf yer bu manzildurkim, anda ham kamol, ham nuqson hosildur. Solik bu yerda bir muhlik oh bila ham maqsudg‘a yetubdur va bir na’ra’i jonkoh bila yillar qozg‘ong‘oni ham ilgidin ketibdur. Shibliy 42 va Nuriy 43 (quddissa sirrihumo) 44 samo’da kettilar, bu yo‘l suluki bila maqsud sarmanzilig‘a yettilar. Baso ahlullohki, arg‘anun unidin dayrg‘a kirdi va din va islom naqdin mug‘bachalarg‘a boy berdi. Mayxonada kimki maydin ibo qilg‘ay, nay uni bir dilkash navo bila ani rasvo qilg‘ay. Agar kishi may xavosin boshidin chiqorur, g‘ijjak maddi nolasi bila anga yolborur. Va tanbur pardadag‘i fitnadin halok etar va ofiyat pardasin chok etar va chang zorlig‘ bila bo‘g‘zin tortar va ud lisoni nag‘masining targ‘ibi changidin ham ortar. Andakim rubob boshin yerga qo‘yub niyoz ko‘rguzgay va qo‘buz quloq tutub ayshg‘a targ‘ib ohangni tuzg‘ay. Chun qonun va chag‘ona nolasi quloqqa tushgay va mahvashi soqiy yukunub, may ayoqqa tushgay, ul vaqt zuhdu taqvog‘a ne e’tibor va xushu xiradg‘a ne ixtiyor. Agarchi ishq faqr ahlini rasvo qilurda bulardin farog‘dur va lekin ul o‘tni yoruturg‘a nay damidin yelu maydin yog‘dur. Arab tevasi «hudiy» 45 lahni bila bodiya qat’ida tez bo‘lur, bulut buxtisi ra’d sadosidin soiqaangiz. Insong‘a mahzi g‘alat xayoldur va odamiyg‘a bu ofatdin qutulmoqliq maholdur. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling