Mahbub ul-qulub
Download 0.76 Mb. Pdf ko'rish
|
Mahbub ul qulib
O‘ttuz oltinchi fasl
TARBIYaT TOPIB, XAROMNAMAKLIQ QILG‘ON NAVKARLAR ZIKRIDA Navkarki, vali ne’matidin rioyat ko‘rgay va bek va maxdumidin tarbiyat va inoyat ko‘rgay. Erlik va insoniyat uldurkim, muqobalasida qulluq va hidmatkorlik, balki yakjihatliq va jonsiporliq qilg‘ay va tilagaykim, anga jon fido etgay to shafqati huquqin ado etgay. Hamiyat ul emaski, maxdum yana birovga ko‘prak multafit bo‘lg‘onidin shikoyat izhor qilg‘ay va gilamandlig‘ guftu guzori, to ish anga yetgaykim, ne’mat kufroni orog‘a tushgay va haq noshinosliq tug‘yoni mojarog‘a surushgay va bu odamiysizliq qochmoqqa munjar bo‘lg‘ay, aduv eshigiga borurg‘a muqarrar bo‘lg‘ay. O‘zin birovga qul deb sotqon dodaktur, balki dodakdin yuz qatla kamrakdur. Bataxsiski, mufrit tarbiyat ko‘rmish bo‘lg‘ay va muqobalada beandom loflar urmish bo‘lg‘ay. Abrki, bir yerdin yana bir yerga qochqay, nomardliq tufrog‘in yigitlik boshig‘a sochqay. Chun mundoq kishi erlik sonidin noridur va yigitlik doirasidin tashqaridur. Hokimekim, kiyosati bor, aning qoshida mundoq kishiga qachon eranlar siyosati bor. Eranlardin mardona gunoh vujudqa kelsa, bo‘ynig‘a yuklangandin so‘ng bo‘yin urarlar, qizil yuzluk qilur uchun bo‘ynig‘a tig‘ surarlar. Ammo aning so‘rxro‘lug‘ig‘a gulguna sazovordur va yuz oqlig‘ig‘a munosib sapida bordurkim, qari muxannas mabhut va aning xolazodasi kaftori fartut shirkat bila mashshotaliq tuzgaylar va bu kelin zebu ziynatida sehrlar ko‘rguzgaylar va qoshin olib, vusmaga shoyista qilg‘aylar. Saqolin qirqib, ikki quloq tuzig‘a zulflar oshuftahol qo‘yg‘aylar. Ammo ikki uzori tarafidin chap va rost ikki xol qo‘yg‘aylar. Oriyati dastorin boshig‘a burunjok qilg‘aylarki, arusi masturadur va Alisher Navoiy. Mahbub ul-qulub www.ziyouz.com kutubxonasi 23 gardizi nomasturdur kashidalig‘ yog‘liq farfig‘a lachak solg‘aylarki, javoni mahdur va xalla nozukligi nomaqdurdur. Bu nav’ orasta qilg‘ondin so‘ngra chanbarshoh yo‘rg‘a o‘yga teskari mindurgaylar va shahrning ko‘y va mahallotig‘a kezdurgaylar va nazzoragar el ta’nu tashni’ bilakim, «chor dong sipohgari govmish toxtan ast», 62 -deb faryod qilg‘aylar. Va agar yuz qarolig‘idin uyot va qaro tillik bo‘lurdin hijob bo‘lmasa anga munosib hariflar mastur va anga muvofiq oshiqlar mazkur bo‘lgay erdi va ayshu nishot bazmi qurilg‘ay erdi. Ammo andoq siyohro‘yning tavzihi ul nav’ qaro yuzlukning tafzihi har nechakim olam ahliga multamas bo‘lg‘usidir. Bayt: Bu nav’ masxaraliq elga bas durur hayrat Ki, o‘lg‘ay eshitibon kimga bor esa g‘ayrat. Download 0.76 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling