Mahbub ul-qulub
Download 0.76 Mb. Pdf ko'rish
|
Mahbub ul qulib
O‘ttuz ikkinchi fasl
YaTIM VA LAIMLAR ZIKRIDA Avbosh bila arzol musulmonlardek alarg‘a ne maosh va ne xisol. Insoniyat tab’laridin oriy, hayvoniyat balki sabuiyat alarning shiori. Yatimki pichoq urmoq aning ishi bo‘lg‘ay, o‘zi telba it, pichoq aning tishi bo‘lg‘ay. Sog‘lig‘ida qutuz it va usrukligida qochib andin yuz it. Panjalari nishi ajal qullobi, nechukkim dasht siboi, o‘lturur kun uchun iymon duosidek o‘rganib ruboiy. Yaxshi-yamon so‘kunj yetkurib, aqrabdek nechaki yetsa nish urub. Ne aql alarda ne din, ne hayo alarda va ne tamkin. Ishlari noe’timodlig‘ va nopoklik, varzishlari bemuruvvatlig‘ va beboklik. Shahrning soir arzoli hasharat ul-arz, xaloyiqg‘a alardin ehtiroz vojib, balki farz. Bayt: Xaloyiq iyzo alarg‘a sifot, Nabiy dedikim: «Uqtul ul-muziyot» 59 . Alisher Navoiy. Mahbub ul-qulub www.ziyouz.com kutubxonasi 21 O‘ttuz uchunchi fasl G‘ARIB VA BYeNAZOLAR ZIKRIDA Jut va lo‘lining ko‘pragi muzhik harakoti va tuz usuli. Muallaq urmoqlarida xoksorlig‘ oshkor, sarnigun turmog‘larida bee’tiborlig‘ padidor. Anoniyatlari yuziga tezak solib chamanvar va insoniyatlig‘lari doirasi manmunlarig‘a chanbar. Kishilikdin sekrimoqlar bila qochib, yaxshilig‘din masxaralig‘lar bila malomat eshigin yuzlariga ochib. Bukun topqonni yeb, tongla g‘amin yemay, tilab nima bermagandin shikoyat so‘zin demay. Vatan va maskanlari xorlig‘ vayronasi, manzil va ma’manlari xoksorlig‘ koshonasi. Tong otqoch er va xotuni kasb uchun tarqashib, o‘g‘ul va qizlari ko‘y va ko‘chada butrashib. Har qaysi har nekim hosil qilib, oqshom barcha bir yerga yig‘ilib, topqonlarin tugatmaguncha uyqu mayli qilmay; tongla ne yegumizdur demak so‘zin bilmay. Tongla ishlari o‘tgan burung‘i kun ishi, bu ham bir ishdur agar qila olsa kishi. Bu razolat kishilik takabburidin xo‘broq va bu zalolat yaxshiliq tasavvuridin marg‘ubroq. Bayt: Kishi agar kishi o‘lsa, o‘zin kishi demagay, Qilurda hech ishin ham kishi ishi demagay. Download 0.76 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling