Mahbub ul-qulub
Download 0.76 Mb. Pdf ko'rish
|
Mahbub ul qulib
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yigirma to‘qquzinchi fasl Alisher Navoiy. Mahbub ul-qulub www.ziyouz.com
- O‘ttuzinchi fasl ShAHNA VA ZINDONIYLAR VA ASASLAR ZIKRIDA
Yigirma sakkizinchi fasl
BOZOR KOSIBLARI ZIKRIDA Bozorda savdogar kosib-tengrig‘a xoin va va’dag‘a kozib. Birga arzirin yuzga sotmoqdin alarg‘a ming mubohot, mingga tegarni yuzga olmoqdin alarg‘a yo‘q bir zarra uyot. Rostliq bila savdo alarg‘a ziyonkorlik va va’dag‘a vafo alarg‘a badkirdorliq. Oxirat ikki savdosidin e’rozlari va amal mezoni adolatig‘a e’tirozlari. O‘g‘ul atog‘a boziy bermak peshalari, dag‘alliklarin kirom ul kotibindin 57 yoshurmoq andeshalari. Bayt: Bulardin kimki der o‘zni valiydur, Agar qilsang yaqin, bir dog‘uliydur. Yigirma to‘qquzinchi fasl Alisher Navoiy. Mahbub ul-qulub www.ziyouz.com kutubxonasi 19 SOYIR HUNARVAR VA SAN’ATPARDOZ ZIKRIDA Hunarvar va san’atpardoz yolg‘onlari ko‘pdin-ko‘pu chinlari ozdin-oz. Ishlarida dag‘allik maqdur va haddidin nari, va’dalarida xilof xayol va gumondin tashqari. Chin so‘zkim, erga ulug‘ hunardur, alar qoshida aybi tamom, yalg‘onkim, xaloyiqqa ulug‘ aybdur, alar olida hunari molokalom. Masnaviy: Tongdin oqshomg‘a ishda san’atsoz, Hunar atvorida fusunpardoz, Aylabon bu tariyqni varzish Ki, birovga yugurtgaylar ish, Gar muaddiy, g‘aniy yo‘q ersa faqir, Anga bozi berurda yo‘q taqsir. O‘ttuzinchi fasl ShAHNA VA ZINDONIYLAR VA ASASLAR ZIKRIDA Dorug‘a va shahna va asas o‘g‘ri va xuniyg‘a mumid va faryodras. Zindon ahli - do‘zax ahli. Asaslar maloikai azob, shahna moliki do‘zaxdek hukmron va olijanob. Gunoh ahli tavqu zanjirg‘a giriftor, bu zanjiru tavqlari salosil va ag‘loldin namudor. Kissabur bila muqammir asaslaridin bozor va qimorxonag‘a musta’jir. Zindon chohidin o‘g‘rilar ko‘ngli tiyraligi ma’lum, jurm ahlig‘a anda parishon ko‘ngulda havotirdek hujum. Gunahkorg‘a anda umiddin biym ko‘prak va badkirdorg‘a anda inoddin taslim ko‘prak. Har qatlakim, birovni tortib chiqorg‘aylar, anda qolg‘onlar o‘zlaridin borg‘aylar. Qaytib kelganlarning naqllari muvahhish va xabar kelturganlarning mojarolari mushavvish. Biri debki: Dorg‘a chekarda yaxshi turdi va biri debki: Bo‘ynin choparda yaxshi o‘lturdi. Biri maqtulning yigitigidin tahassurda, biri yatimning ruboiy o‘qug‘onidin tahayyurda. Bu nav’ sa’b hol behaddur va mundoq g‘arib ahvol beadaddur. Amal hirsi chog‘i asas mujrimning tutulmog‘ig‘a soniy, amado o‘z matlubini hosil qilg‘onidin so‘ngra qutulmog‘ig‘a doiy. Dunyoda bu manzil qiyomatkirdor va mahsharda do‘zaxdin namudor. Bandu zanjirliq gunahkorlar shahar zindonida, andoqki, ishq muqayyadlari baytul-ehzonida. Tengri barchani bu yerga kelturur af’oldin yiroq tutsun va manzilg‘a tushurur ahvoldin qiroq. Bayt: Bir manzil erur anda base ranju uqubat. Tushgan kishiga anda o‘kush dardu suubat. Vale ul haram ichra bo‘lg‘ong‘a xos, Umid ulki ham tengri bergay xalos. Download 0.76 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling