Mahbub ul-qulub
Download 0.76 Mb. Pdf ko'rish
|
Mahbub ul qulib
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘ttuz to‘qqizinchi fasl XAROBAT AHLI ZIKRIDA
O‘ttuz sakkizinchi fasl
RIYoIY ShAYXLAR ZIKRIDA Alisher Navoiy. Mahbub ul-qulub www.ziyouz.com kutubxonasi 24 Shayxi riyoiy - ra’noliq jilvanamoyi. Misedur, oltun bila ro‘kash, tashi xushnamo va ichi noxush. Surati darveshvash va ma’nisi sarosar g‘ash. Orostalig‘i barcha qayd va karomati tamom shayd. Amomasi riyosat yuki, boshida bir fosid xayol har tuki. Egnidag‘i muraqqa’ rangomezliq bila mullama’. Ridosi uyubining pardadori va riyo charxi igirgan har tori. Misvoki tama’ tishin elturga suhon; shonadonida rishxand olati nihon. Muhrabozliq tasbihin evumak va uzunroq namozdin g‘arazi el ko‘rmak. Kulohi davlat ul davlatmandg‘a dastor va uzunroq aloqasi tulku quyruqidin namudor. Mahalsiz sayhasi bag‘oyat sovuq, andoqki, vaqtsiz un tortqon tovuq. G‘aflatdin avrodida alolo, nechunkim mastlar bazmida «dirno talolo» 63 . Barcha kalimoti hiylatangez va majmu’ harakoti g‘arazomez. Voqeasi bari yasalg‘on. Uyg‘oqlig‘ida degani barcha yolg‘on. Simoi usuldin tashqari, vajdu sa’qasi ta’rif ohangidin nari. Suratida muncha pech dar pech, ma’nisi xud boshdin-ayoq hech. Bu habis zotg‘a muncha oroyish, eranlar holidin anda namoyish. Hayhot-hayhot, uyat, yuz ming uyat. Turfa bukim, bu mazharg‘a muridlar ham bor, xizmatida barcha sheftau qaror. Ul bu do‘konni yurutib tadbir bila va ma’rakani qurub tazvir bilakim, shayoting‘a mahalla hayratdur va devi laing‘a mujibi ibrat va nafratdur. Nazm: Faqr ismi birla muncha zarqu shaydu bu riyo, Saltanatdekdurki, qilg‘ay podshohi bo‘ryo. Bu agar darvesh o‘zin qilsa gumon, ul podsho, Yo‘q ajab, chun ikkisida yo‘q turur aqlu hayo. O‘ttuz to‘qqizinchi fasl XAROBAT AHLI ZIKRIDA Rindi 64 xarobatiyki, may ichmak bila o‘tar avqoti, hubobdek boda havosi boshida, surohidek bosh qo‘yar yeri sog‘ar qoshida. Dayrda 65 har qayonki bazme qurub, sabukashlik vasilasi bila o‘zin yetkurub. Nomus dastorin boshidin olib, bir, jur’a uchun mayfurush oyog‘ig‘a solib. Mayxona taraddudidin bexonumonlig‘i, paymona taalluqidin besaru somonlig‘i. Har mug‘bacha ilgidinki, jome tortib, Jamsheddin 66 istig‘no va shavkati ortib. Mug‘bachalar yuzi olida butparast, dayr piri ayog‘ida boshi tufroqqa past. Yoqasi mayxora sho‘xlar ilgidin chok, ko‘ngli ham alar ishqi tig‘idin zaxmnok. Dayrda may gadolig‘ig‘a ashg‘oli, ilgida mayxonaning sinuq safoli. Rasvoliq ko‘yida ayog‘i yalang, boshi xam va badmastlar dastburdidin manglayi zaxmliq, qoshi ham. Vujud shaxsin qilur uchun pomol, majolisda yeri safi niol. Boshig‘a amoma mehnatin ortmay, bo‘ynida rido minnatin tortmay. Nafsi garchi tufroqqa hamdast, himmati olida falak past. Zamon navoyibidin ko‘ngli g‘amsiz, falak havosidin xotiri alamsiz. Bujud va adamdin bo‘lmay haroson, boru yo‘q himmati olida yakson. Surohidek talx yig‘lamoqdin nishoti, maydek ayoqg‘a tushmakdin inbisoti. Mug‘ dayridek bir dam sog‘olmay, dahr xayru sharrig‘a ko‘z solmay, Zamon yaxshi-yamoni bila ishi yo‘q, desa bo‘lg‘ayki, olamda mundoq kishi yo‘q. Dahr ahli zulmidin mundoq maosh muhiq, haq avf va rahmatig‘a mustahiq. Vujud maykadasi tufrog‘ida foniy, umidi haq karamidin baqoyi jovidoniy. Rind va gadog‘akim yetib bu iqbol va davlat, shohlarg‘a aning holidin orzu va hasrat. Ruboiy: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling