Mahbub ul-qulub


Download 0.76 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/93
Sana06.04.2023
Hajmi0.76 Mb.
#1336034
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   93
Bog'liq
Mahbub ul qulib

www.ziyouz.com kutubxonasi
13
Ruboiy: 
A’lolaridur nedinki dersen a’lo, Adnolari 
ham barcha danidin adno. Avsatlarikim, 
hech nimaga yaramas, 
Bilkim, nafas urmamoq alardin avlo.  
O‘n yettinchi fasl  
KOTIBLAR ZIKRIDA  
Kotib shuaro so‘zining varaqnigoridur va so‘z maxzanining xazonadori. Xozin hunari amonat bo‘lur 
va tasarrufi xiyonat bo‘lur.
Aminki, xiyonatg‘a mansub bo‘lg‘ay va o‘z hunarida ma’yub bo‘lg‘ay, andoqning ilgi qat’i xo‘b 
bo‘lg‘ay. Yaxshi xat va nuqtadin safhag‘a jamol, andoqki, yaxshi yuz safhasig‘a xattu xol. Xushnavis 
kotib so‘zga oroyish berur va so‘zlaguvchiga osoyish yetkarur. Roqimki, raqami rostdur, rostlar 
ko‘ngliga qabuliyati bexost. Muharrirki, tahriri tuz pisandidadur, agar bir bayt bitir, agar yuz. Agar xat 
surati noxushdur ma’ni xayli andin mushavvashdur.
Xushnavis hamkim, sahvi ko‘p bo‘lg‘ay ilgi falaj illatig‘a jo‘b bo‘lg‘ay. Ulki, bejo nuqta bila 
«habib»ni «habis» qilg‘ay va «muhabbat»ni «mehnat» - aningdek habisi mehnatzadag‘a yuz la’nat. 
Yamon xatg‘a g‘alati behisob, qarriyi masxara soqolig‘a xizob. Ul xatni qirqib mabrazg‘a tashlag‘oli 
yaxshi va iyasini moliki do‘zax jahannamg‘a boshlag‘oli.
Mahbubdin maktubkim, ham xati xo‘b bo‘lg‘ay va ham mazmuni xo‘bjong‘a uldur marg‘ub va 
ko‘ngulga uldur matlub. Xati yamon ham bo‘lsa yamon emas, muhib mahbub xatini yamon demas.
Yamon kotib manzili qalamdonidek choh aro bo‘lsun, qalamidek boshi yaro va yuzi qaro bo‘lsun.
Bayt: 
Qaysi bir kotibki, ul so‘zga qalam surgay xilof,  
Ul qaro yuzluk boshi bo‘lsun qalam yanglig‘ shikof.  
O‘n sakkizinchi fasl  
DABIRISTON AHLI ZIKRIDA  
Maktabdor begunoh ma’sumlarg‘a jafokor. Atfol azobig‘a rog‘ib va alar ta’dibig‘a murtakib. Zoti 
bemadoro, dimog‘i po‘lod va ko‘ngli xoro. G‘azabdin qoshida chin, gunahsizlar bila oyini xashu kin. 
Ko‘pragida tab’ g‘ilzati va tama’ illati padidor va aql qillatig‘a giriftor. Ammo tavsani atfol ta’bini jafo 
bila rom qilg‘uvchi, nohamvor sig‘or tavrig‘a siyosat bila andom berguvchi. Agarchi xo‘ylari 
durushluqda namoyondur, ammo atfol nohamvorlig‘i islohig‘a irik suhondur.
Aning ishi odamdin kelmas, qaysi odamki, dev qila olmas, har qattig‘ kishini bir tifl muhofazati ojiz 
etar, ul bir surukka ilm va adab o‘rgatgay, anga ne yetar. Oncha borkim, ul qavmning idroku fahmi oz 
tushar, andoq kishiga yuz muncha mashaqqat ne bushar. Har taqdir bila atfolg‘a haqqi ko‘pdur, agar 


Alisher Navoiy. Mahbub ul-qulub 
www.ziyouz.com kutubxonasi
14
podshohliqqa yetsa va anga qulluq qilsa xo‘bdur. Shogird agar shayx ulislom, agar qozidur, agar ustod 
andin rozidur - tengri rozidur.
Bayt: 
Haq yo‘lida kim senga bir harf o‘qutmish ranj ila, 
Aylamak bo‘lmas ado oning haqin yuz ganj ila.  

Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling