Mahbub ul-qulub


Download 0.76 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/93
Sana06.04.2023
Hajmi0.76 Mb.
#1336034
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   93
Bog'liq
Mahbub ul qulib

Sekkizinchi fasl  
YaSOVUL GURUHI ZIKRIDA  
Yasovul, bir mazlum ishi keyincha borg‘ay va ul mazlumni zolimdin qutqorg‘ay. Agar muzd 
tilamagi maqdurdin ortuqroqdur, ul zolimga ulug‘roq o‘rtoqdur. Agar sa’yig‘a yarasha olur xayoli 
bo‘lg‘ay, ota merosi va ona sutidek haloli bo‘lg‘ay. Va agar tama’i haqq us-sa’yidin kamdur, erlik va 
muruvvat anga musallamdur. Va agar sa’y qilg‘ay va olmag‘ay, muzdkim anga haqdur, ani desa 
bo‘lg‘aykim, valiyi mutlaqdur.
Ko‘p eranlar bu ishni shior etibdurlar va bu suluk bila maqosidg‘a yetibdurlar.
Masnaviy:  
Avliyoullohki, har suratda bor,  
Ba’zi etmish bu ravishni ixtiyor
Chun erurlar qubbalar ichra nihon, 
Haqdin o‘zga kimsaga ermas ayon.  
To‘qquzinchi fasl  
YaSOG‘LIQ VA QORA ChYeRIK ZIKRIDA  
Yasog‘liq degan qora cherik, ya’juj va ma’juj xaylig‘a sherik. Emgakdin alarg‘a orom yo‘q, yasoq 
tortardin bir nafas kom yo‘q. Ishlari talay olg‘onni talamoq, yot yurtda chugurtkadek sabza va yafrog‘ni 
yalamoq.
Insonliq bila alar orasida muboyanat, musulmonliq bila alar o‘rtasida munozaat. Fahmu idrokdin 
alar zoti oriy, aqlu insofsiz bizzot bori. Qayong‘akim yuzlandilar, alarg‘a yonmoq yo‘q, kecha va kunduz 
tag‘oful uyqusidin uyg‘onmoq yo‘q. Isig‘ va sovuq tanlariga tafovut qilmay, ochlig‘ va yalang‘ochliq 
zararini jismlari bilmay. Odamiysizliqda maxluqotdin mumtoz, hayvonliqlari ko‘pu mardumliqlari oz.
Ruboiy: 


Alisher Navoiy. Mahbub ul-qulub 
www.ziyouz.com kutubxonasi
9
Ul qavmdin a’juba xaloyiq bo‘lmas Kim, 
me’dalari harom yerdin to‘lmas.  
O‘lguncha balo chekib erurlar mavjud, Chin 
bo‘ldi bu da’voki, yasog‘liq o‘lmas.  
Turfa bukim, chun haqning har nav’ elga inoyati pinhoni bor, bular orasida ham yashurun eranlarning 
imkoni bor. O‘rdu bozori o‘zin yasog‘liqqa qotg‘uvchi, o‘ngay ham ulush olmay og‘ir sotg‘uvchi. Cherik 
ulushidin har bor alar shatalxor, andoqkim mulk ahlidin amaldor.
Bayt: 
Sipohiy molin ul xayli tabohi, 
Tunu kun muft olib xohi naxohi.  
Mumkin yo‘qkim, odamizod alarg‘a sazo bergay, magar tengri alarg‘a balo birla jazo bergay.

Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling