Mahbub ul-qulub
Download 0.76 Mb. Pdf ko'rish
|
Mahbub ul qulib
Yettinchi fasl
FOSIQ VA BADMAOSh, BAHODIRLIQ LOFIN URG‘ONLAR ZIKRIDA Shoh eshigida yormoqni zoe’ qilg‘uvchi jamoatkim, alardin ne tengrig‘a toatdur va ne shahg‘a itoat. Tariqlari - xudnamoliq va rasmlari - xudoroliq. Ishlari - mastlig‘, varzishlari - xudparastlig‘. Chin demaklari lof, ma’nili so‘zlari gazof. Jur’akashlik - dinlari va kofirvashlik - oyinlari. Ko‘ngullari to‘bichoq sekreturdin orom topmoq va so‘zlari bosh yalang yuzga chopmoq Bazmda da’volari Xotamliq 11 , razmda taloshlari Rustamliq 12 . O‘tag‘alaridin nasri toyirg‘a ram, nayzalaridin simoki romih yuzi darham. Tavrlaridin oshuftaroq alarg‘a dastor va dastor aloqasidin uchalarida ozor. Mulk dushmani daf’i shuhratlari, shohga mulk asrar minnatlari. Bu da’vo boshig‘a yetguncha nechasini may o‘lturub, nechasini o‘zga fisq do‘zaxga yetkurub. Yuzdin biriki ma’rakag‘a yetib, yo‘rtoq chopish bilan o‘zin zoe’ etib. Muboriz afganliklari o‘z holig‘a, safshikanliklari o‘z yasolig‘a. Bu nav’ bahodir hech ma’rakada bo‘lmasun va hech saf buzarda aning qoni to‘kulmasin. Shohg‘a sipoh- darvishlar duosidur - fuqaro himmati va tengri rizosidur. Shohkim, anga haq inoyati sipoh bo‘lg‘ay, livosining ziynati nasr min Olloh bo‘lg‘ay. Shohg‘a to davlat bor -dushman erur xor va xoksor. Davlatga yetkurguvchi tengri, ham olg‘uvchi, ham berguvchi tengri. Ul bersa, kishi ola olmas, ul yetkursa, kishi yiroq sola olmas. Shohki, haq amrin bajo kelturgay, bu davlat ko‘p xavflarg‘a rajo yetkurgay. Alisher Navoiy. Mahbub ul-qulub www.ziyouz.com kutubxonasi 8 Qit’a: Shaheki, sidqi aning tengri birla tuz bo‘lg‘ay, Ne g‘am aduvsi aning bir yo‘q ersa yuz bo‘lg‘ay. Kishiga tengri berur fath yo‘qki, xaylu sipoh, Pas e’timod anga aylamas ne so‘z bo‘lg‘ay. Bayt: Cherik bo‘lsa va bo‘lmasa baxtiyor, Sipahg‘a aduv xaylinnng hukmi bor. Download 0.76 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling