Mahbub ul-qulub


Download 0.76 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/93
Sana06.04.2023
Hajmi0.76 Mb.
#1336034
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   93
Bog'liq
Mahbub ul qulib

www.ziyouz.com kutubxonasi
39
topmas aning ollida mavjud savo (h) Ul 
qoldi-yu tengri qoldi Olloh, Olloh!  
Uchinchi qism  
MUTAFARRIQA FAVOYID VA AMSOL SURATI
Joh istig‘nosig‘a davr tengri taoloning mulku malakutining taammulidur va kibr ibtilosig‘a iloj ham 
aning kibriyou jabarutining taaqquli bo‘la olur.
Saodatmand agar olim bo‘lsa, nodonlar so‘zi anga mujibi ibrat va e’tibor; besaodat johil bo‘lsa, olim 
so‘zidin anga or. Va filhaqiqat, johilliqdin besaodatliqroq ne nima bor?! Ulki o‘zin begangay zihi 
g‘abovat va ulki o‘z so‘zin begangay, zihi shaqovat! Olam ahli o‘zlari qoshida mahbubdurlar va so‘zlari 
o‘z ilaylarida marg‘ub. Va bashar jinsi bu sifatg‘a majhuldurlar va nafslari beixtiyor bu da’vog‘a 
mashg‘ul.
Tanbeh (1). 
Andinki nafs komidur va nafsoniyat maqomidur. Hech kim o‘z ko‘nglig‘a g‘am tilamas va o‘z 
nafsig‘a alam istamas. Ammo o‘zganing sharif zotig‘a behad mazallat ko‘rsa, oncha tavofut qilmaski, 
o‘ziga juzviy shiddat va yana bir aziz nafsig‘a beadad mehnat anglasa, oncha mutaassir bo‘lmaski, o‘ziga 
oz kulfat. Va barchag‘a o‘zgadin o‘zi azizroq va o‘zgalar so‘zidin o‘z so‘zi lazizroq. Olam yaxshiligin 
kishi o‘zidin darig‘ tutmas, ammo o‘zga kishiga yovutmas.
Tanbeh (2). 
Eranlar yasanmog‘ikim, namoyish uchundur, xotinlar bezanmagidekdurki, oroyish uchundur. 
Agarchi bu ma’no ikkilasiga kabixdur, ammo eranlarg‘a ko‘prak mujibi tafzihdur. Barcha o‘z namoyish 
va oroyishig‘a alil va bu o‘z qoshlarida mahbubluqqa ravshan dalil.
Shoirki, harzasi kulmakka loyiq, o‘z xayolida Sa’diy va Xusravg‘a foyiq. Kotibki kalog‘poyi zog‘i 
mulavvas ayog‘idin mankubroq, o‘z olida Ja’far
1
va Azhar
2
xatidin mahbubroq. Musavvirki, 
muvahhishdur suratining yamoni, o‘z tasvirida Abdulxaydur
3
va Moniy
4
. Muzahhibki, xitoyisi xatodur 
va farangisi qalam ahlining nangi, Atoridg‘a
5
ta’n urmoqdur so‘zining rangi. Har peshavarg‘akim, hunari 
ta’rifida mubolag‘a voqe’dur, ul ta’rif, filhaqiqat, o‘z nafsig‘a roje’dur. Jadal ahlining madrasasida qiylu 
qoli ham xudpisandliqqa tortar maoli, bu aning so‘zin rad qilur va ul munung so‘zin, har qaysi beganur 
o‘z so‘zin va o‘zin.

Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling