Mahbub ul-qulub


Download 0.76 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/93
Sana06.04.2023
Hajmi0.76 Mb.
#1336034
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   93
Bog'liq
Mahbub ul qulib

Tanbeh (24). 
Dard ahlining nafasi bir o‘tdurkim, qattiq ko‘ngulni yumshatur va qurug‘ ko‘zni yig‘latur. Va so‘z 
ahlining dami bir yeldurki, anoniyat xoshogin sovurur va g‘azab tufrog‘in supurur. Oshiq ishi ajzu niyoz 
va ishq dalili so‘zu gudoz. Parvonaga kuymak va o‘rtanmak oyin, bulbulg‘a nolau zor va faryodi 
beixtiyordin qayda taskin? Kecha ishnar qurt zabona ishin qilmas va ko‘palak parvona ishin bilmas.


Alisher Navoiy. Mahbub ul-qulub 
www.ziyouz.com kutubxonasi
47
Bayt: 
Kishi o‘zin yasag‘on birla bo‘lurmu oshiq, Subhi 
kozib yorumas, uylaki subhi sodiq.  
Tanbeh (25). 
Har nekim, bebaqodur, anga ko‘ngul bog‘lamoq xatodur. Ulki andin o‘zga borig‘a ma’razi zavoldur. 
Ul biri bol «lam yazal va lo-yazol»
18
dur, aning ishqin berk tut. Ul boqiydin o‘zga bori foniylarin unut.
Bayt: 
Aning ishqin berk tutmoq kerak,  
Yana boru yo‘qni unutmoq kerak.  
Tanbeh (26). 
Majoziy ishqqa bir mahbub bo‘lg‘ay, aning ishqida behud va mag‘lub bo‘lg‘ay. Haqiqiy ishq 
beqarori va aning tajalliyoti sadamatining beixtiyori, qalaq va iztirobda anga yarasha kerak bo‘lg‘ay. Va 
galabot ham anga o‘xshashi kerak bo‘lg‘ay.
Bayt: 
Sahoning oshiqi chun nola etgay, Quyoshning 
holig‘a ko‘rkim, ne yetgay.  
Tanbeh (27) 
Do‘st visolin tilar bo‘lsang, oshiq bo‘l va agar o‘zlugung bila bo‘la olmasang, oshiqlari tegrasig‘a 
o‘grul. Ul o‘t shu’lasi agar sanga havasdur, bir sharar sening sori yuzlansa basdur.
Nazm: 
Ishq bir o‘tdurki, oning shu’lasidin bir sharar,
Tushsa gardun pardasig‘a o‘rtar andoqkim harir.
Senki, jisming parda toridin dag‘i bo‘lg‘ay nahif,
Tushsa ul yanglig‘ choqin tuzgaymu ul tori haqir.  

Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling