Mahbub ul-qulub
Download 0.76 Mb. Pdf ko'rish
|
Mahbub ul qulib
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tanbeh( 34).
- Tanbeh ( 35).
- Tanbeh ( 36).
Tanbeh (32).
Shohdin ham lutf marg‘ubdur, ham siyosat matlubdur. Ammo har biri o‘z mahallida xo‘bdur. Bas anga do‘stdin dushmanni farq etarga ko‘p mulohaza kerak va farosat va yorni ag‘yordin oyirurg‘a ko‘p tajriba kerak va qiyosat. Nechukkim, andin borig‘a biym va umid bor, zaruratdurkim, ko‘rguzgay o‘zin bandavor. Yaqin bo‘lg‘uncha harqaysning haqiqat holi nomunosib umrning bor ehtimoli. Alisher Navoiy. Mahbub ul-qulub www.ziyouz.com kutubxonasi 49 Bayt: Nogahon gar betaammul sursa bir hukmi anif Kim, zaif andin qaviy yoxud qaviy bo‘lg‘ay zaif. Tanbeh (33). O‘kta hukmi birovni qilsa nobud, ul zamon pushaymon bo‘lmoq ne sud? Yo mahalsiz birovni qilsa oliy shon, bilgandin so‘ng past etsa o‘z sha’nig‘adur ziyon. Bayt: Taammul munda vojibdur bag‘oyat Ki, bo‘lmag‘ay bu nav’ ish berioyat. Tanbeh(34). Podshoh dushmang‘a andoq g‘azab surmak kerakki, do‘st ham andin emin bo‘lmag‘ay va muxolifg‘a andoq siyosat ko‘rguzmak kerakki, muvofiq ham andiq mutmayi qolmag‘ay. Bayt: Kerakmas muxolifg‘a oncha inod Ki, qilg‘ay muvofiqni bee’timod. Tanbeh (35). Fosiq olim donishvaredur o‘z nafsig‘a zolim, g‘aniyi baxil nodonedur, o‘z ziyonig‘a nadim. Bu ikki kishi umr zoe’ o‘tkardilar va go‘rga hasrat va armon olib bordilar. Bir ulkim, ilm o‘rganurga ranj torttiyu amal qilmadi, bir ulkim, mol yig‘arg‘a emgak chektiyu sarf qilurin bilmadi. Qit’a: Olimekim, ilmi erdi beamal, Yo g‘aniykim, molig‘a buxl erdi yor. O‘ldilar yuz hasratu armon bila, Elga bo‘ldi ishlaridin e’tibor. Tanbeh (36). Yamonlarg‘a lutfu karam, yaxshilarg‘a mujibi zarar na alam. Mushukka rioyat - kabutarg‘a ofatdur. Shag‘ol jonibin tutmoq - tovuq tuxmin qurutmoqdur. Bayt: Bo‘rini ko‘zi bila qilgan semiz, Kiyik jam’u xaylig‘adur rahmsiz. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling