Mahbub ul-qulub
Download 0.76 Mb. Pdf ko'rish
|
Mahbub ul qulib
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tanbeh ( 64).
Tanbeh (62).
Shariat - jodaedur tuz, anda xoh kecha yuru, xoh kunduz. Sirotedur, bag‘oyat mustaqim, anda oziqmoqdin ne vahm va ne biym. Har kimki, ul yo‘lg‘a odim bo‘lg‘ay, iki jahon saodati anga mulozim bo‘lg‘ay. Andin chiqqan itti, tuz borg‘on maqsadg‘a yetti. Har solikkim, maqsadg‘a yetibdur, bu yo‘ldin chiqmay ketibdur. Oziqib chiqqan, aytibdur, bu sirot istiqomati anga dast berdi «Fastaqim kama umirta» 20 . Ma’muri ul erdi, qildin inchka, qilichdin itik yo‘ldur. Har kim bu yo‘lni mardona qat’ qilsa, er uldur! Angakim, siroti must taqimdin abur bo‘lmas, nasibi jannatda kavsar va hur bo‘lmas. Bayt: Alisher Navoiy. Mahbub ul-qulub www.ziyouz.com kutubxonasi 57 Jodae shar’ bilakimki, o‘zin tuz qildi, Davlati sarmad anga har soridin yuz qildi. Tanbeh (63). Fosiqi benadomat - shum, qiladurg‘oni saodat ahlig‘a mazlum. Zuhdu fisq elga taqdiri Yazdondindur, ammo ikkalasini birdek qo‘rmak nodondindur. Taqvoyiga shukr kerak va isyonig‘a uzr. Va nadomat budur tavfiq ahlig‘a alomat. Har fisqkim, pushaymonliq o‘tin yorutqay, ul o‘t tardomanliq oludalig‘in qurutqay. Jurm e’tirofig‘a uzr - tavfiq nishonasi va zuhd g‘ururidin takabbur - shayton fasonasi. Bu zuhd shayxi xudpisand ishi, ul uzr rindi niyozmand ishi. Bu biri umidi jovidg‘a sarmoya va ul biri maisi muabbadg‘a piroya. Masnaviy: Har zuhdki, ujb anga erur zam, Ko‘nglum haramig‘a qilma mahram. Har fisqi, uzr anga erur yor, Ul yon meni moyil ayla zinhor. Tanbeh (64). Yamon qilig‘liq badxo‘y va bot achchig‘liq turshro‘y bir balog‘a giriftordur va bir ibtilog‘a mubtalokim, har yon borsa andin qutulmas va har sori qochsa xalos bo‘lmas. G‘olib dushmanedur - doim o‘zi anga mag‘lub, qohir aduvedur - hamisha vujudi anga mankub. Download 0.76 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling