Mahbub ul-qulub


Download 0.76 Mb.
Pdf ko'rish
bet57/93
Sana06.04.2023
Hajmi0.76 Mb.
#1336034
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   93
Bog'liq
Mahbub ul qulib

Tanbeh (59). 
Yolg‘onchi - unutquvchi va taammul va ehtiyot yo‘lidin kanora tutquvchi. Har kimki, so‘zi chin 
bo‘lmag‘ay, rostlar ko‘nglida ul so‘z qabuloyin bo‘lmag‘ay. Yolg‘onchi so‘zin bir ikki qatla o‘tkargay, 
o‘zga netgay? Yolg‘oni zohir bo‘lg‘ondin so‘ngra anga rasvolig‘ yetgay va so‘zi e’tibori el ko‘nglidin 
ketgay. Ko‘ngul maxzanining qulfi til va ul maxzanning kalidin so‘z bil.


Alisher Navoiy. Mahbub ul-qulub 
www.ziyouz.com kutubxonasi
56
Bayt: 
Ko‘ngul holati so‘z degach bilgurur .  
Ki, maxzanda dur yo sadafrezadur.  
Tanbeh (60). 
Chin so‘z - mo‘‘tabar, yaxshi so‘z - muxtasar. Ko‘p deguvchi - mumil, mukarrar deguvchi - loya’qil. 
Aybjo‘y - ma’yub, aybgo‘y - manqub. Tuz ko‘rguvchi - pok nazar, hunar ko‘rguvchi - rost basar. Ulkim, 
dimog‘ida habt - so‘zida yo‘q rabt. Dimog‘i sahih - guftori fasih. So‘zi hisobsiz - o‘zi ihtisobsiz. so‘zida 
parishonliq, o‘zida pushaymonliq. So‘zki, fasohat zevaridin muzayyan emasdur, anga chinliq zevari 
basdur yolg‘onchi har necha so‘zida fasihroq, so‘zi qabihroq. Chin so‘z nechakim betakalluf, qoyilg‘a 
iborat sodalig‘idin yo‘q taassuf. Gulga yirtuq libosdin ne ziyon, durg‘a badshakl sadafdin ne nuqson. 
Yolg‘on so‘z juz nazmda nopisand va aning qoyili noxiradmand.
Bayt: 
So‘z ichraki yolg‘on erur nopisand, Chu 
nazm ettilar qildi dono pisand.  
Tanbeh (61). 
Nodon - eshak. Balki eshakdin ham kamrak. Eshakka har ne yuklasang ko‘tarur va qayon sursang ul 
yon borur, aql va tamiz da’viysi yo‘q. Bermasang ochdur, bersang to‘q. Zabunedur borkash, xorkash, 
balki anborkash. Nodon bu sifatlardin mubarro, zoti bilik hulyasidin muarro. Ishi g‘urur va takabbur, 
xayolida yuz fosid tasavvur. Bari muhmali o‘ziga xo‘b, barcha makruh fe’li o‘z qoshida marg‘ub, 
ko‘nglida elga yuz ozor xayoli va jahlidin ulusg‘a ming zarar ehtimoli. Eshak unidin quloqqa ozordur, 
andin o‘zga ne aybi bordur. Tegirmondin uyungga un kelturur, ani pishururga yozidin o‘tun kelturur. 
Mashaqqati minnatsiz va suubati kulfatsiz. Nodonni eshak degandin mutag‘ayyir, eshak qoshida yamon 
va yaxshi degan bir.
Bayt: 
Birida muncha hunar, ul birida muncha uyub,
Qaysining xo‘b ekanin ahli xirad bilgay xo‘b.  

Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling