Mahbub ul-qulub
Download 0.76 Mb. Pdf ko'rish
|
Mahbub ul qulib
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tanbeh ( 91).
- Tanbeh ( 92).
- Tanbeh ( 93).
Tanbeh (90).
Alisher Navoiy. Mahbub ul-qulub www.ziyouz.com kutubxonasi 64 Hazlg‘a shuru’din behurmatlig‘ ortar va hazlning nihoyati jidolg‘a tortar. Ko‘p lahv hayo pardasin chok etar va adab va hurmat ahlin bebok. Qila olg‘oncha ta’zim va adab binosin yiqma va hayo va hurmat xilvatidin tashqari chiqma. Ruboiy: Iymong‘a erur nishon hayo birla adab, Hurmat bila ta’zim saodatqa sabab. Hayovu muaddab angakim, bo‘lsa laqab, Maqsudig‘a kech yetsa ajab, angla ajab. Tanbeh (91). Fosiq bari millatda nodondur va pokravlar orasida nodonroq. Fisq bari tariyqda yomondur va porsoliq ilbosida yomonroq. Ne elga yorsen - o‘zungni ul nav’ tuz, nechukki borsen - o‘zungni andoq ko‘rguz. Masnaviy: Hayovu adab birla tuzgil maosh, Yana ayla ta’zimu hurmatni fosh. Ne el yeri bo‘lsang, alar rangi bo‘l, Nechuk bor esang, tutqil ul sori yo‘l. Tanbeh (92). Sahvu xato bashariyat lozimidur. Xato va sahvin anglab mutanabbih bo‘lg‘on, saodatmand odamiydur. Xatosin zoyil qilur, ulki e’tirof sari qaytg‘ay, va muzoaf qilur, ulki dalil ijro qilib harza aytqay. Mubolag‘asi necha ko‘prak - sahvi pandoroq va mukobarasi necha ortuqroq - o‘zi elga rasvoroq. Masnaviy: Xatog‘a tadoruk nedur bexilof, Ayon qilmoq o‘z saxvig‘a e’tirof, Vagar qilsa sahvig‘a ijro dalil Ki, yaxshidur aylar iki oncha bil. Tanbeh (93). Har g‘aniyki tirikligida ehsonidin ko‘ngullarni shod qilmag‘ay, o‘lganidin so‘ng ani kimsa duo bila yod qilmag‘ay. Ehson tiriklikda yaxshi otdur, o‘lgandin so‘ng do‘zax azobidin najot. Qit’a: Alisher Navoiy. Mahbub ul-qulub www.ziyouz.com kutubxonasi 65 Kishida barcha axloqi hamida, Chu jam’ o‘ldi qo‘yarlar otin ehson. Biri andin saxodur, bir muruvvat, Bular gar yo‘qtur, inson ermas inson. Download 0.76 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling