Mahbub ul-qulub
Download 0.76 Mb. Pdf ko'rish
|
Mahbub ul qulib
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tanbeh ( 77).
Tanbeh (76).
Ko‘p deguvchi, ko‘p yeguvchi - tomug‘ to‘riga oshuqub ketguvchi. Demakka mash’uf va yemakka mag‘lub - hikmat sharafidin mardud va maslub. Hasud bemor, balki muhlik marazg‘a giriftor. Fosiq va xammor - ziyonzada va ziyonkor. G‘iybat deguvchi - najosat yeguvchi. Afyuniyu bangi - odamiylar nangi. Tome’ umri zoe’ va malolati shoe’. Er kishi ko‘p yasansa beva bo‘lg‘ay, bu sifat zuafog‘a sheva bo‘lg‘ay. Bayt: Er kishiga zebu ziynat - hikmatu donishdurur, Yaxshi kiymak birla xotunlarg‘a oroyishdurur. Tanbeh (77). Qarikim, qilg‘ay ra’noliq - tifledurur nobolig‘. Kichik yoshlarg‘a ulug‘lar harakoti anga dalildurkim, ne akli bo‘lg‘ay, ne uyoti. Qarikim, saqolin vusma bila bo‘yag‘ay, yigitdekdurkim, ani gulob bila yuvg‘an. Muflis burch olsaki bazl qilg‘ay, saqol orasta qilurkim, hazl qilg‘ay. Agar burchig‘a sud ortar, o‘z bo‘ynin bog‘lab zindong‘a tortar. Er kishikim, ko‘p yasang‘ay, xirad ahli aning aqlidin o‘sang‘ay. Ruboiy: Alisher Navoiy. Mahbub ul-qulub www.ziyouz.com kutubxonasi 61 Iyd oqshomi tifl ilgida chapu rost hino, Yo shohidi sho‘x egniga xazzu debo. Shoistadurur qari bajuz dalqu aso, Ko‘rguzsa saqolig‘a kularlar uqalo. Tanbeh (78). G‘aniyg‘a chapon kiymak andoqdurkim, muflisg‘a atlasu katon kiymak. Ho‘b yirtuq to‘n bila ham ho‘b, gul yamog‘liq chaponi bila mahbub. Zuhal biyik maqom bila mehri xovariy bo‘lmas, dev bihisht hullasin kiygan bila pari bo‘lmas. Kampir haram nozanini bo‘lurmu, kaftor g‘azolai Chin bo‘lurmu? Qari qahba gulgunau vusma bila yuzu qoshlig‘ -buzuq mafsaqadur, shingarf va zangor bila naqqoshlig‘. Xojakim, bibi borida dodakka aylang‘ay, bibining iffat etagi kulg‘a bulg‘ong‘ay. Bayt: Kishig‘a bo‘lmasa o‘z sha’niga shoyista sifot, Qilmasun ayb o‘zidekdin dog‘i andoq harakot. Download 0.76 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling