Mahbub ul-qulub
Download 0.76 Mb. Pdf ko'rish
|
Mahbub ul qulib
Tanbeh (107).
Peshai solikka yer zarur erkoniga odamizod vujud mulkidin xonapardozdur. Va adam kishvarig‘a safarsozdur. Safar maxsus sanga va manga emas yo xususiyat qilg‘onni kishi shohu gadog‘a demas. Har kim adam nihonxonasidin vujud anjumanig‘a qadam urubtur va bu baqosiz oromgohda bir nafas o‘lturubtur, yana qaytib asli vatang‘a azm etmak kerak va qaydin kelibdur yana ul yon ketmak kerak. Besh kun bu dori fano tirikligiga masrur va davlatig‘a mag‘rur bo‘lmoq kerakdur. O‘lumdin guzir yo‘qtur va hech kishiga ul muhlikda dastgir yo‘q. Pas, aning yaprog‘ida bo‘lmoq zaruratdur va borur asbobin tuzatmak chorasiz suratdur. Ul safar asbobi solih a’moldur va hamida hisol. Va aning zikri ikkinchi qismda tafsil va tartib bila raqamg‘a keldi va mashruh bitildi. Ammo musofirg‘a yo‘l suubatining suhunati uchun va vodiy yiroqligining daf’i shiddati uchun yomon uqbalarkim, oldiga kelur va azim muxotaralarki, voqe’ bo‘lur, rahnomalig‘i uchun va mushkulkushoylig‘i uchun bir nimakim, noguzirdur komil rahnasoyi pirdurkim, aning irshodi bo‘lmayin bu yo‘lg‘a azm qilmoqni akobiri avliyo (quddisa allohu taolo arvohahum) 25 joyiz tutmaydur, balki solik atvori va sulukiga yovutmaydurlar. Har oyinakim, musofir ko‘rmagan yo‘lga qadam ursa va yetmagan vodiyg‘a yugursa, yo‘l yiturmak ehtimoli bor va yo‘ldin ozmoq imkoni bor. Ul uqubatdin va anda yuzlangan xatarotdin musofirni hodiy o‘tkarur va komil murshidning irshodi maqsadqa yetkurur. Va yana ahlullohki, haq yo‘lig‘a qadam qo‘yubturlar va talab markabin shavq vodiysig‘a surubturlar, komil pir irshodidin ayru azm qilmaydur va bu yo‘lda hodiysiz maqsad manzilig‘a yetmaydurldr. Agar ahyonan yuzdin bir solik zohir yuzidin murshid piri nobud ekandur, ammo ma’ni yo‘lidin mavjud ekandur yo g‘oyib murshid taqviyati birla yo mutavaffoyi komil ruhoniyati tarbiyati bila azm etibdurlar va matlubig‘a yetibdurlar. Maqsudkim, bu yo‘lda nafs dushmandur va shayotini rahzan va har qaysi azim maxofat va ulug‘ ofatdur, to hodiy boshqarmag‘ay va murshid muhlikdin o‘tkarmag‘ay. Bu yo‘l kat’i mutaassirdur va maqsadg‘a yetmak mutaazzir. Va o‘zluki bila bu vodiyg‘a yetgan va manozilin qat’ etgan anoniyat giriftoridur va nafsg‘a tobe’ va shaytonning masxara va mahzalidur va ranji zoe’ Bu maqsudg‘a bir vosita bo‘lmay yetmak mumkin emas va murshid rahnamoy bo‘lmay, bir uning yetganin kishi demas. Muridni maqsudg‘a yetkurguvchi haqdur vositai pir va solikni matlubqa qo‘shuldurg‘uchi ham haqdur va vasilai ham pir. Tamsil: Manquldurkim, qutb us-solikin va sulton ul orifin, haqiqat ahli imomi, Shayx Boyazid Bistomiy 26 (quddisa sirrihu) bir jonibg‘a bo‘lub erdi ozim va bir muridi anga mulozim. Bir ulug‘ suv ilaylariga keldi. Va Shayx «Olloh!» deb ul suvg‘a qadam urdi va muridg‘a «Boyazid», deb qadam urmoq buyurdi. Shayx va murid «Olloh» va «Boyazid» deb borurlur erdi. Va sabo va nasimdek suvdin o‘zlarin o‘tkarurlar erdi. Nogoh murid xayolig‘a keldikim, Shayx Olloh zikri bila boradur va meni yo‘lda boshqaradur, men ham vosita sham’in o‘chiray va vahdat bahrida Olloh zikri bila qadam uray. Bu muddao bila ulki qadam qo‘ydi, botti. Shayx dastgirlikka qo‘lin uzotti, ilkin tutub chekti, bahr sohilig‘a otti va muhlika g‘arqobidin sudradi emin manzilig‘a va dedi: Ey farzand, sen ul Boyazidg‘a yet, andin so‘ngra tengrig‘a yetmak havas et. Anga bu nav’ siyosat surdi va irshod shartin bajo kelturdi bu yo‘l hodiysi har kimgakim, pirdur mundoq haloki g‘arqi oblaridin dastgirdur. Maqsudki, pir irshodidin ayru bu yo‘lg‘a qadam urmamoq kerak, balki dam. Ruboiy: Kimni bu yo‘l qat’ig‘a soldi taqdir, |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling