Mahbub ul-qulub


Download 0.76 Mb.
Pdf ko'rish
bet78/93
Sana06.04.2023
Hajmi0.76 Mb.
#1336034
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   93
Bog'liq
Mahbub ul qulib

www.ziyouz.com kutubxonasi
76
mushabbahunbih arosida bu tafovut ham borkim, ul farshqa shuru’ va tarkidin foilig‘a sud va ziyoniki, 
aytsa bo‘lg‘ay, yo‘qtur. Va dunyo asbobi ishtig‘olidakim, haq yo‘li sulukidin mone’dur bir nafs yuz 
olamcha ziyon va har dam ming falaki a’zamcha nuqson kutishdin ravshanroqdur.
Hikoyat: Xorun ar-Rashid
27
Shayx Bahlul
28
suhbatin havas qildi va ul matlub husulin multamas qildi. 
Bahlulg‘akim, bu xabar yetti, Horun suhbatin musharraf etti. Xalifakim, Bahlul ayog‘in yolang ko‘rdi, 
kafsh kiymaganning kayfiyatin so‘rdi. Majzubkim, yillar kafshsiz sayr etib erdi, kafsh degan nima 
yodidin ketib erdi. Bilgachkim, kafsh dunyoda mavjud bor, tabassum bila dedikim: «Kishi ani tilasa 
qaydin topar?» Horun dedikim: «Bozorda ko‘ptur. Olur ani har kishikim, har qaysi ayog‘iga xo‘bdur». 
Bahlul so‘rdikim: «Har kim ani olmoq mayli qilur, ammo bahosi qaydin topilur?». Horun ayttikim: 
«Bahosin biz saranjom qilali va sening uchun sotqun olali». Bahlul dedikim: «Ani kiygan gohi ayog‘idin 
chiqarsa, kim asrar va kecha uyusa, kim sahlar?» Horun dedikim: «Qul beralikim, asrasun va sen qayda 
chiqarsang, saxlasun». Bahlul dedikim: «Ul ham yolang ayog‘ bo‘lsa netay? Qafsh olay desa bahosi 
qaydin yetgay? Horun dedikim: «Ani ham biz berali, ul sanga kiydurgandek biz anga kiydurali». Bahlul 
dedikim: «Ul och qolsa, ne yegay va yolang qolsa dardin kimga degay?» Horun dedikim: «Kiymagin 
xazonadin yetkuray va yemagin bovarchidin buyuray». Bahlul dedikim: «Men ayog‘ yolang 
o‘rganibmen va kafsh va o‘tukdin o‘sonibmen. Kafsh kiysam, shoyad dastor ham chirmatqaysen va meni 
boshtin ayog‘ balog‘a qolg‘onlarg‘a qotqoysen. Va o‘zung ham bu ikki taklifga qolg‘aysen. Bu savdodin 
kechsang sanga bu mehnatdin qutulmoqdur, manga ham bu boshtin ayog‘ balodin halos bo‘lmoqdur».
Piri roh va soliki ogoh mundoq durrdek takallumkim surdi, bu gavharlarni aning qulog‘ig‘a urdi. 
Shohni ul mojarodin o‘tkardi va o‘z ayog‘in kafshdin tortti, boshin dastordin qutqardi.
Bayt: 
Forig‘ etti besaru foniy ul guftordin, 
Ham ayog‘in kafshdin, boshini dastordin.  

Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling