Mahbub ul-qulub


Download 0.76 Mb.
Pdf ko'rish
bet75/93
Sana06.04.2023
Hajmi0.76 Mb.
#1336034
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   93
Bog'liq
Mahbub ul qulib

Tanbeh (121). 
Har kishini dema mahramu hamrozdurkim, bu mato’ olam ahlida ozdur. Bashar jinsin rozingg‘a 
mahram bilma, balki malakni ham o‘zungga mahram qilma. O‘zung asrardin agar sanga maloldur, yana 
birov ani asramoq maholdur. O‘z maxzaningni ochsang va maxfiy durlaringni sochsang, tergan kishi 
sepamay netkay va asra deb, mubolag‘a qilg‘oning ne yerga yetgay? O‘zung o‘z sirringni asray 
olmag‘oningni bilursen, yana birov ani fosh etsa, ayb ham qilursen.
Bu sir asramog‘ingdin lavhashalloh va e’tiroz qilmog‘ingdin borakalloh! Ko‘zni 
o‘z aybingdin olma va o‘zgalar aybig‘a ko‘z solma.
Bayt: 
Biynandadur o‘lsa kishi o‘z aybig‘a hozir,  
Ko‘z ochma bo‘lurg‘a, yanalar aybig‘a nozir.  
Tanbeh (122). 


Alisher Navoiy. Mahbub ul-qulub 
www.ziyouz.com kutubxonasi
74
Chin so‘zni yolg‘ong‘a chulg‘ama, chin ayta olur tilni yolg‘ong‘a bulg‘ama. Yolg‘onchi kishi emas, 
yolg‘on aytmoq eranlar ishi emas. Yolg‘on so‘z deguvchini bee’tibor qilur, nechukkim, ul gavharni 
xazafdek xor qilur. Ulki chin so‘zni yolg‘ong‘a qotar, durri saminni najosatg‘a otar.
Bayt: 
Gavharekim, shohlarg‘a zebi toju taxt erur, 
Tashlag‘on oni najosatg‘a ajab badbaxt erur.  
Tanbeh (123). 
Tengri do‘stlari sidqu safo ma’danidur. Yolg‘onchini debdurlarki, tengri dushmanidur.
Tilingni ixtiyoringda asrag‘il, so‘zungni ehtiyot bila degil. Mahallida aytur so‘zni asrama, aytmas 
so‘z tegrasiga yo‘lama. So‘z borkim, eshituvchi tanig‘a jon kiyurur va so‘z borkim, aytg‘uvchi boshin 
yelga berur. Tiling bila ko‘nglungni bir tut, ko‘ngli va tili bir kishi aytg‘on so‘zla but. So‘zni ko‘nglungda 
pishqormaguncha tilga kelturma, harnakim ko‘nglungda bo‘lsa tilga surma. Agarchi tilni asramoq 
ko‘ngulga mehnatdur, ammo so‘zni sipamoq boshqa ofatdur. Aytur yerda unutma, aytmas yerda 
o‘zungni mutakallim tutma. Aytur so‘zni ayt, aytmas so‘zdin qayt. Oqil chindin o‘zga demas, ammo 
barcha chinni ham demak oqil ishi emas.
Masnaviy:  
Xiradmand chin so‘zdin o‘zga demas,
Vale bari chin ham degulik emas. Kishi 
chin so‘z desa zebo durur, 
Necha muxtasar bo‘lsa, avlo durur.  

Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling