Mahbub ul-qulub


Download 0.76 Mb.
Pdf ko'rish
bet73/93
Sana06.04.2023
Hajmi0.76 Mb.
#1336034
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   93
Bog'liq
Mahbub ul qulib

Tanbeh (114). 
Bebok - hamdamliqqa yaramas, nopok - mahramlikka yaramas. Erning qilig‘i - sutning ilig‘i. 
Yasanchoq - mardona bo‘lmas, ko‘palak -parvona bo‘lmas. Do‘st javridin ingranma, dushman bedodidin 
gungranma.
Tanbeh (115). 


Alisher Navoiy. Mahbub ul-qulub 
www.ziyouz.com kutubxonasi
72
Molliq nodonning demagi, oltunluq chibinning yemagi ma’lum. Fosiqdin hayo tilama, zolimdin vafo 
tilama. Kular yuz bilan ato, saxo ustiga saxo. Arig‘siz ish safo bo‘lmas, ip ganchisi aso bo‘lmas.
Aningkim shohlarg‘a xizmati xo‘braq, qo‘rqunchi ko‘prak. Ishqsiz kesak, dardsiz eshak. Qone’ tilanmas 
farzona, qanoat tuganmas xizona. Elga qo‘shulg‘on oroyish topti, eldin uzulg‘on osoyish topti. Har 
yugurgan yovushmas, har ayrulg‘on qovushmas. Juhud o‘z dinidin mahjur, hasud o‘z fe’lidin ranjur. 
Xasm necha haqir bo‘lsa, ko‘ngul qo‘zg‘atur va xas necha ushoq bo‘lsa, ko‘z bulg‘atur. Dushman so‘zi 
to‘zimi eldin, suv xatlari - yeldin. Ushoqlar ishi nima bo‘lmas, pista qobug‘i kema bo‘lmas. Dushman 
maqoloti - bang xayoloti.
Tanbeh (116). 
Yaxshi bo‘l yo yamon, ikkisi bo‘lurmen degan hamonu yamon hamon. Yamon bila yaxshi orasida 
ko‘p farqdur ikki kemaning uchin tutqon g‘arqdur. Har qavm oyini bila zuhur qilsang alardinsen alar 
yamon bo‘lsa, sen - yamon va alar yaxshi bo‘lsa, sen yaxshilardinsen. Pas o‘zni yaxshilar orasida 
yashurg‘on va alar etagiga ilik urg‘on yaxshiroqdur va xavfu biymdin qiroqdur. Itga eranlar suhbatidin 
eranlar hukmi bor, najas tuzloqqa tushsa, tuz hukmin tutar. Baso qobilki, yaxshilardin ayrildi, yamonlar 
suhbati ani zoe’ qildi.
Saidzodaikim, lo‘lilarga o‘tkangay, maymunbozlik va duduktaroshliqdin o‘zga ne o‘rgangay. Shoh 
qasri kabutarikim, sahroyilarg‘a qo‘shulg‘ay, kecha qo‘nar yeri choh tubidin o‘zga ne yer bo‘lg‘ay. 
Yomondin yaxshiliq ko‘z tutmoq fosid xayoldur, itdin kiyikka va mushukdin kabutarga shafqat 
maholdur. Zoti dushman va muxolifni do‘st dema, o‘zungga bozi berma va bozi yema.
Tabiiy dushman vaqte do‘st bo‘lg‘aykim, suv o‘tni o‘churmagay va yel tufrog‘ni sovurmag‘ay. Inson 
bila shayton orasida adovatdur va tabiiy muxolifat: biri o‘tdin va biri tufrog‘din. Bu adovat oralaridadur 
ul chog‘din o‘t g‘olib bo‘lsa, tufrog‘ni kul qilur va tufrog‘ g‘olib bo‘lsa, o‘tni o‘chirur.
Odam bila shayton muxolifatin unutma. Ota dushmanin o‘zungga do‘st tutma. Otangni bihishtdek 
ma’manidin jalo qildi va yillar xokdon g‘aribistonida zalil va mubtalo qildi. Va otang avlodidin ba’zi 
anga intiqom tuzdilar va xoru zabun qilib jafolar ko‘rguzdilar. Nafsni chun taqvo riyozati bila zeridast 
qildilar - shaytonni zalilliq bila yerga past qildilar. 
Sizning bu adovatingiz hargiz adam bo‘lmas. Bu dushmanliq orangizdan hargiz kam bo‘lmas. Bu 
g‘olib dushmandin bir dam g‘ofil qolma, o‘churolmas isyon o‘tin o‘z xirmaningga solma.

Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling