Mahbub ul-qulub
Download 0.76 Mb. Pdf ko'rish
|
Mahbub ul qulib
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tanbeh ( 110).
- Tanbeh ( 111).
- Tanbeh ( 113).
Tanbeh (109).
Alisher Navoiy. Mahbub ul-qulub www.ziyouz.com kutubxonasi 71 Odamiyning yaxshirog‘i uldurkim, porso va pok bo‘lg‘ay va haq so‘zin ayturda bevahmu bok bo‘lg‘ay. O‘zi poku ko‘zi pokni inson desa bo‘lur. Tili arig‘ va ko‘ngli arig‘ni musulmon desa bo‘lur. Musulmon uldurki, musulmonlar aning til va ilgidin emin bo‘lg‘aylar va ko‘zi ko‘nglidin mutmain. Tanbeh (110). Yaxshidin yomonlar ham yomonlig‘ ko‘z tutmas, yaxshi yomonlarg‘a ham yaxshilig‘in unutmas. Yaxshiliq qila olmasang, yomonliq ham bore qilma. Yaxshiliqdan yomonlig‘ni yaxshiroq bilmasang, yaxshilarga qo‘shul, yaxshiliq tegrasig‘a evrula olmasang, yaxshilar tegrasiga evrul. Tanbeh (111). Fisq shumlug‘idin o‘zingni yaxshilardin huratma va yomonlar orasig‘a qotma. Ul shum agarchi aqlg‘a makruhdur, ammo nafsg‘a mahbubdur; agarchi haq yo‘lida mag‘mumdur, ammo shayton yo‘lida marg‘ubdur. Tanbeh (112). Bir necha jur’ani badang‘a doxil qilib, bir necha qatrani andin xorij etma. Ul jur’a quduratidin safodin ayrilib, ul qatra xurujidin balo daryosig‘a botmakim, ul jur’a selobi balodur, dinu iymoning yiqar, ul qatra girdobi ranju anodurkim, aning bila hayoting naqdi chiqar. Badan durjidin durlarnikim sochting, xoli bo‘ldung va jism shishasiga ul jur’alar yo‘lin ochting - nafsu havo poymoli bo‘ldung. Ul jur’a moddai fasoddur, taningg‘a yovutma va ul qatra naqdi hayotdur - tarkin tutmakim, muning qabulidin shayton maqbuli va maqsudisen va aning raddidin rahmon mardudisen. Ani ichmak - jigar qonin ichmakdur va mundin kechmak - bir jigar go‘shadin kechmakdur, ul birin yutmoqdin zahr yutma, bu birin sochmoqdin nasling tuxmin qurutma. Tanbeh (113). Dardlig‘ ko‘ngul - shu’lalig‘ charog‘, yoshlig‘ ko‘z suvluq bulog‘. Teva qushin yuklab ko‘chsa bo‘lmas va chodir qanotin ochib uchsa bo‘lmas. O‘t ishi qovurmoq, yel ishi sovurmoq. Suvning mazasi muz bila, oshning mazasi tuz bila, odam yaxshilig‘i so‘z bila. Sihhat tilasang ko‘p yema, izzat tilasang ko‘p dema. Yaxshi libos - tang‘a oroyish, yaxshi qo‘ldosh - jong‘a osoyish. Tome’din karam tilama, gadodin diram tilama. Baxildin amonat ajab, karimdin xiyonat ajab. Choqin siymin o‘ksa bo‘lmas, yoshi rishtasin tugsa bo‘lmas. Telba qulog‘iga pand – quyun asg‘ig‘a band. Download 0.76 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling