Mahbub ul-qulub


Download 0.76 Mb.
Pdf ko'rish
bet74/93
Sana06.04.2023
Hajmi0.76 Mb.
#1336034
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   93
Bog'liq
Mahbub ul qulib

Tanbeh (117). 
Nodon do‘stni ham do‘st sonig‘a kivurma, xiradsham’in aning harza afsonasi yelidan o‘churma. 
Baso tiflkim, ayni muhabbatdin ato saqoli tukin tortib uzubtur va sajjodasi mehrobida beadablig‘ 
ko‘rguzubtur va namozin buzubtur. Va basr mastkim, niyoz yuzidin ayog‘ o‘pkali egilibdur va beixtiyor 
qayddin pokdomanlar etagin mulavvas qilibdur. Dono dushmandin naf’ imkoni bor va nodon do‘stdin 
zarar imkoni ko‘prak bor va munga alar bila ixtilot qilmamog‘ kerak.
Tanbeh (118). 
Bashar jinsidin vafo ko‘z tutma va xirad naxlin fosid xayol samumi bila qurutma. Bir vafo qilsang, 
o‘n jafo tortarg‘a muhayyo bo‘l, muncha bila qutulsang, jong‘a minnat tutub uzrlarin qo‘l.
Yuqoriroq vafosiz ahli zamon dostoni o‘tubtur va xirad zamon ahli yerlarini unutib, vafo oyinidin 
ma’zur tutubtur.


Alisher Navoiy. Mahbub ul-qulub 
www.ziyouz.com kutubxonasi
73
Tanbeh (119). 
Xo‘b - ruhafzo, zisht - umr farso, xushxulq nozanin - huri bihshtoyin. Yomon mijozliq zisht - devi 
do‘zax sirisht. Muxannas ne hashvki demagay, makiyon ne najosatki yemagay. Erdin so‘z hunar, 
enchidin bo‘z hunar. 
Jumriy o‘kunub biyik bo‘lmas, o‘chku yugurib kiyik bo‘lmas. Ko‘nglida xalalliqqa kulgu harom, 
shoh ollida dushmanliqqa uyqu harom.
Tengri borchani o‘z yo‘lida rahzandin asrasun va shoh ollida dushmandin asrasun.
Bayt: 
O‘z yo‘lida tengri tutsun elni dushmandin yiroq,  
Shah qoshida kimki shaytonvashdurur andin qiroq.  
Tanbeh (120). 
Umrni g‘animat bil, sihhat va amniyatqa shukr qil. Fano tariyqin tuz, faqr bila mubohot ko‘rguz. 
Mazhabingni ixfolig‘ bila eldin yaxshi asra va yormog‘ingni yaxshi va yomondin maxfiy asra. Aftodalig‘ 
bila xo‘y tut va shikastalig‘ bila ko‘ngulni ovut.
Befoyda so‘zni ko‘p aytma va foydalig‘ so‘zni eshiturdin qaytma. Oz degan - oz yengilur, oz yegan 
- oz yiqilur. Ochlig‘ hikmat sarmoyasidur va to‘qlug‘ g‘aflat piroyasidur. To‘qlug‘ hirsin ko‘nguldin 
yo‘q qil, o‘zung och bo‘lib, bir ochni to‘q qil. O‘zungni zebo libos xayolidin o‘tkar, libos zebolig‘in 
tilasang bir yalangni butkar. Libos har nechakim zebodur, kiyganingdin kiydurganing avlodur. 
Bayt: 
Nechakim to‘nni rioyat birla kiysang eskirur, 
Chunki kiydurdung yalangg‘a uframas to‘n ul erur.  

Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling