Mahbub ul-qulub


Download 0.76 Mb.
Pdf ko'rish
bet82/93
Sana06.04.2023
Hajmi0.76 Mb.
#1336034
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   93
Bog'liq
Mahbub ul qulib

www.ziyouz.com kutubxonasi
80
11. Xotam — Ibn Abdulloh bin Sa’dning laqabi Xotami toyi nomi bilan ham mashhur. Toy 
qabilasining boshlig‘i va shoir bo‘lganligi haqida rivoyatlar bor. Xotam adabiyotda saxovat, saxiylik 
timsoliga aylannb ketgan.
12. Rustam — Firdavsiy «Shohnoma»sidagi bosh kahramonlardan Zolning o‘g‘li. Firdavsiy 
Rustamning dunyoga kelishi va unga ism qo‘yilishini shunday hikoya qiladi; Zolning xotini Rudoba 
homilani og‘ir ko‘taradi. Oyi-kuni kelganda, dard boshlanishi bilan hushidan ketadi. Sarosimaga tushgan 
Zol afsonaviy qush — Simurg‘ vositasida jarroh topib keladi. Jarroh Rudobaning yonini kesib, bolani 
omon oladi. Hushiga kelgan ona yonida yotgan farzandini ko‘rib xursand bo‘ladi va oh tortib «Rustam!» 
(ya’ni azobu dardlardan xalos bo‘ldim ma’nosida), deydi. Onaning og‘zidan birinchi chiqqan shu so‘zni 
bolaga ism qilib qo‘yadilar. Sharq adabiyotida Rustam an’anaviy obraz — timsoliga aylanib ketadi. U 
pahlavonlik, mardlik ramzida tilga olinadi.
13. Tarj. ar.: teng, barobar demakdir.
14. «Lo» — a. «yo‘q», «naam» — «ha» demakdir.
15. Ruhulloh — Iso payg‘ambarga nisbatan qo‘llaniladigan ta’bir. Otasiz tug‘ilgani uchun bu ism 
bilan atashgan. Bu yerda Isoyi Ruhullohning o‘z nafasi bilan o‘likni tiriltirish qudrati tabiblarning 
davosozligiga qiyos qilinmoqda.
16. Tarj. ar.: qasd bilan, qasddan demakdir.
17. Ali — Ali bin Abu Tolib to‘rt buyuk xalifalarning oxirgisi (598 — 661), Muhammad payg‘ambar 
(a. s.)ning amakivachchasi va kuyovi. 
18. Tarj. ar.: Alloh undan rozi bo‘lsin va Alloh uni buyuk qilsin!
19. Farididdin Attor — Muhammad ibn Abubakr binni Ibrohim (1148/51—1219/21) tasavvuf olimi. 
Ijodiyotda Husayn ibn Mansur al—Xalloj (858 — 922), Boyazid Bistomiy (vaf. 875) ta’limotining 
davomchisi. U inson irodasi bilan bog‘liq hamda yaxshi va yomonlikning zamiri insonning o‘zida, o‘z 
tabiatida mavjud, deb hisoblagan. Attorning «Mantiq ut—tayr»iga Navoiy, o‘z e’tiroficha tarjima yo‘sini 
ila «Lison ut—tayr»ni yozgan. Bu yerda Navoiy Attorni sirlar javohirlarini yaratgan, shoir deb 
ta’riflamoqda.
20. Mavlono Jaloliddin Rumiy — tasavvufning buyuk shoiri (1207, Balx — 1273). Quniya shahrida 
mudarrislik qilgan. Uning ijodi Farididdin Attor ta’sirida shakllangan. Manbalarda Attor Jaloliddin bilan 
Nishopurda uchrashib suhbatlashgani va «Asrornoma» asarini unga tuhfa qilgani qayd etiladi. «Devoni 
Shamsi Tabriziy» nomi ostida mashhur bo‘lgan lirik she’rlar majmuasida Jaloliddinning 3000 baytdan 
ziyod she’rlari 270 baytdan iborat «Masnaviyi ma’naviy» asari o‘rin olgan. Navoiy bu yerda Rumiyni 
«g‘avvosi bahri yaqin» (ya’ni haqiqat asrorini o‘rganuvchi, Ollohni taniganlar dengizining g‘avvosi) deb 
ta’—riflaydi. 
21. Sa’diy Sheroziy — Muslihiddin Abu Muhammad Abdulloh ibni Mushrifiddin (1203 — 08, 
Sheroz — 1292, shu shahar) shoir, nosir va mutafakkir yoshligida yetim qolib, kichkina bir baqqolchilik 
do‘konidan tushgan nochor daromadi bilan oilaga ko‘maklashadi. Mo‘g‘ullar istilosidan keyin sayohatga 
chiqib, 20 yil mobaynida Turkiston, Hindiston, Shimoliy Afrika, Janubiy Arabiston, Kichik Osiyo 
shaharlarini kezib, Bog‘dodga qaytadi. Sa’diy boshlang‘ich ta’limini o‘z yurtida olgan edi. Endilikda u 
Bag‘doddan «Nizomiya» va «Mustansiriya» madrasalarida arab tili va adabiyoti, hadis va Qur’oni karim, 
kalom va tasavvufni o‘rganadi.
Uning «Bo‘ston», ayniqsa «Guliston» asarlari o‘sha vaqtdayoq va keyingi davrlarda ham juda 
mashhur bo‘lgan. 4 ta g‘azallar devonida ham g‘inoiy she’riyatining eng go‘zal namunalari jam’langan. 
Sa’diy ijodida ishqi majoziy va ishqi haqiqiy tarannumi chatishib ketgan. Unda didaktik yo‘nalish ham 
kuchli. Bu yerda Navoiy Sa’diyni «Ma’no ahlining go‘zal so‘zlar aytuvchisi» deb ta’riflaydi. 


Alisher Navoiy. Mahbub ul-qulub 

Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling