Mahbub ul-qulub
Download 0.76 Mb. Pdf ko'rish
|
Mahbub ul qulib
www.ziyouz.com kutubxonasi
83 «Firoqnoma» masnaviylari o‘rin olgan. Navoiy bu shoirni ham majoz tariqida ijod qilganlar sirasida sanab o‘tadi. 36. Nosiri Buxoriy — Shohdarvesh hamda Darvesh Nosir nomlarida ham taniqli (vaf. 1371—72) shoir. Tahsil olish maqsadida Xuroson, Ozarbayjon va Iroqqa safar qilgan. Devonida 4000 bayt she’rlar mavjud. «Hidoyatnoma» nomli masnaviysi ham bor. Lirik she’riyatda Hofizga payravlik qilgan. Bu shoirni ham Navoiy majoz tariqida qalam tebratgai ijodkorlar qatorida tilga oladi. 37. Kotibiy Nishopuriy — Shamsuddin Muhammad ibni Abdulloh (vaf. 1435, Astrobod). Nishopur madrasasida tahsil olgan. Mavlono Siymiydan xattotlikni o‘rganib, xushxat kotib bo‘lib yetishgani uchun Qotibiy taxallusni olgan. Hirot, Samarqand, Astrobod, Mozandaron, Gelon, Hijozga safar qilgan. Bir necha devonlari va masnaviylari bor. Navoiy Kotibiyni «Majolis un—nafois»ning I majlisida keltiradi va «o‘z zamonining benaziri erdi. Har nav’ she’rg‘aki, mayl ko‘rguzdi, anga maoniyi g‘ariba ko‘p yuzlandi. Bataxsis, qasoidda balki ixtiro’lar ham qildi va ko‘p yaxshi keldi». Navoiy Kotibiy g‘azallari va qasidalariga yuksak baho beradi, «yaxshi so‘zi ko‘pdur» deb yozadi Kotibiyning Astrobodda toun (vabo) marazi bilan dunyodan o‘tganligi va No‘x go‘ron degan mazorda dafi etilganligi «Majolis»dan ma’lum. Bu yerda Navoiy Kotibiyni ham majoz yo‘lida yozgan shoirlardan deb qayd etadi. 38. Shohiy Sabzavoriy — Amir Oqmalik ibni Malik Jamoluddin Feruzko‘hiy, taxallusi Amir Shohiy (1385, Sabzavor — 1453, Astrobod) shoir. Ajdodi sarbadorlardan bo‘lgay, Shohiy Boysung‘ur mirzo nadimi sifatida saroy xizmatini bajargan. Sarbadorlar mag‘lub etilgach, ota yurtiga qaytib, dehqonchilik bilan mashg‘ul bo‘lgan, Shohiy 5—7 baytli oshiqona g‘azallarni ko‘p bitgan. Ularni Jomiy, Navoiylar yuksak baholagan. «Majolis un—nafois»da Navoiy yozadi: «Farog‘atdo‘st va xushbosh kishi erdi. Aning she’rini choshni, salosat va yakdast va latofatida ta’rif qilmoq hojat ermas. G‘azali garchi ozdur, ammo barcha xaloyiq qoshida pisandida va mustahsandur». Navoiy uni ko‘rmagan, lekin maktub yozishib turganligini ta’kidlaydi. Navoiy Shohiy nomi bilan majoz tariqida yozgan shoirlarni yakunlaydi. 39. Mavlono Abdurahmon Jomiy — Nuruddin Abdurahmon ibni Nizomuddin Ahmad ibni Shamsuddin Muhammad (1414, Jomning Xargardi —1492, Hirot) shoir va mutafakkir Navoiyning do‘sti, tariqatdagi ustodi. 3 ta she’rlar devoni, «Xamsa» yo‘lidagi 7 dostondan iborat «Haft avrang (etti taxt), «Bahoriston» kabi badiiy va qator ilmiy asarlar jumladan, «Risolan aruz», «Risolan qofiya», «Risolai musiqiy», «Risolai muammo» (3 ta) va b. sharhlar ham yozgan. Navoiy Jomiyni g‘oyat hurmat qilgan, har bir dostonida alohida madh qilgan, boshqa asarlarida ham yuksak hurmat bilan yodga oladi. Jomiy vafotidan so‘ng u haqda «Xamsat ul—mutahayyirin» (Hayratlanganlar beshligi) nomli muqaddima, uch maqolat vz xotimadan iborat maxsus asar yozgan. Unga o‘zining Jomiy vafotiga bag‘ishlab yozgan marsiyasini ilova qilgan. Sadruddin Ayniy bu asar «marsiya adabiyotning eng jon o‘rtovchi namunasidir. Bu tarkibbandda Jomiyning butun ilmiy va adabiy qudrati mujassamlalgan», — deb yozgan edi. Bu yerda Navoiy Jomiyni haqiqat va majoz tariqida ijod qilgan komil va yetakchi so‘z san’atkori deb keltirdi. 40. Tarj. ar.: Olloh uning yotgan joyini nurga cho‘mdirib, qabrini muqaddas aylasin. Tarj. ar.: Ollohdin nafslarimizning yovuzliklari va ishlarimiznnng yomonligidan saqlanishni so‘raymiz. 41. Valoyat ahli — avliyolar ahli. Valiy — do‘st, tasarruf sohibi va amir ma’nolariga ham ega. Ollohnnng 99 ismidan biridir. Avliyolar Ollohning amrlarini ummatlarga tushuntiradilar. Haq bilan xalq orasida bir muomaladir. Payg‘ambarning valoyati nubuvvatidan ustundir, degan tushuncha bor. Valiylar Olloh hukmiga mutlaqo rioyat etishlari lozim. 42. Shibliy — Abubakr Shibliy komil avliyolardan. «Nasoyim ul—muhabbat»da Jomiy 4—tabaqa avliyolaridan deb yozadi. Attorning «Tazkirat ul—avliyo»sida Shibliy manoqiblaridan turli hajmdagi 60 ta naql, suhbatlarni keltiradi. Shibliy 334/945—46 y. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling