Mahbub ul-qulub


Download 0.76 Mb.
Pdf ko'rish
bet86/93
Sana06.04.2023
Hajmi0.76 Mb.
#1336034
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   93
Bog'liq
Mahbub ul qulib

www.ziyouz.com kutubxonasi
84
Bag‘dodda vafot etgan.
43. Nuriy — Abulhusayn Nuriy, ismi Ahmad bin Muhammad. 2 – ta baqa avliyolardan. Ibn al—
Bag‘aviy nomi ostida tanilgan. Nuriy 353/964 y. Nishopurda olamdan o‘tgan.
44. Tarj. ar.: Olloh qabrini muqaddas aylasun.
45. «Hudiy» — tuyachilar ashulasi.
46. Savt — a. lug‘aviy ma’nosi — qamchi, qamchi urmoq. Musiqada ovoz, tovush, kuy, ohang, 
demakdur.
47. Na’am — navo, ohang, kuy, tarona.
48. Tarj. ar.: Olloh dedi.
49. Tarj. ar.: Ollohning elchisi, ya’ni Payg‘ambar dedi.
50. yorod — musiqa asbobi.
51. ayolg‘uchi — kuyning cho‘ziq nag‘malarini ijro etuvchi.
52. Zij — yulduznoma; jadval.
53. Tarj. ar.: qochish, uzoqlashish lozim bo‘lgan.
54. Tarj. ar.: oyning yuksakligi.
55. Tarj. ar.: munajjimlar, yolg‘on gapiradilar.
56. ajnos — jinsning ko‘pligi — tur, nav; mol, matoni ham anglatadi.
57. Tarj. ar.: musulmonlarning ikki yelkasida o‘tirgan ikki farishta (o‘ng yelkadagisi savob ishlarini
chap yelkadagisi gunoh ishlarini yozib borar ekan). 
58. Odam — Olloh yaratgan ilk nnson. «Abulbashar» (Bashariyat
otasi), kunyasi «Safiulloh» (Ollohning sof quli) laqabi bilan ham taniqli. Halqda Odam Ota deb 
yuritiladi. Odamning yaratilishida yer yuzidagi har jins tuproqdan olingan emish. Olloh odamga ruh 
kiritgach, unga malaklarning sajda qilishini buyuribdi. Ulardan biri jannatning xazinadori Azozil (Iblis, 
shayton) otashdan yaratilgani uchun bo‘ysunmabdi va Olloh uni jannatdan quvibdi. Odamning so‘l 
qovurg‘asi suyagidan Havva yaratilgach, ular birga nurdan liboslar kiyib, rohatda yasharkanlar faqat 
jannat mevalaridan yemasliklarn kerak ekan. Iblis ularni yo‘ldan urmoq uchun qanchalik harakat 
qilmasin, jannat darvozaboni Rizvon rozi bo‘lmabdi. Iblis hiyla bilan to‘rt oyoqli, go‘zal hayvon bo‘lgan 
ilonning tishlari orasida jannatga kirib olibdi. Nihoyat Iblis nayrang bilan Havva va Odamga jannat 
mevalarini yediribdi. Shundan so‘ng Olloh ilonni oyoq va tishlaridan mahrum etgan ekan. Olloh Odam 
va Havvaning liboslarini yechdirib, jannatdan quvibdi. Ular mahram yerlarini anjir yaprog‘i bilan 
bekitib, Iblis va ilon bilan jannatdan chiqarilibdilar. Odam Sarandib, Havva Arabistondagi Jiddaga, Iblis 
Maysonga, ilon esa Isfahon (yoki Nusaybin)ga borib tushibdilar. 200 yil toat-ibodat, tavba-tazarrudan 
so‘ng Jabroil Odam va Havvani Arofatda bir—biriga qovushtiradi. Ular 20 juft (qiz va o‘g‘il — egizak) 
farzand ko‘radilar. Bularning eng mashhurlari Hobil va Qobil hamda Shit payg‘ambardir. Qur’oni 
karimda hadislarda va adabiyotda Odam haqida oyat naql va qissalar g‘oyat ko‘p. Navoiy «Risolai 
tiyrandoxtan» asarida Odam ato jannatdan chiqarilgach, Olloh unga dehqonchilik qilishni, bug‘doy 
ekishni buyurganini yozadi. Bu yerda ana shunga ishora bor. 
59. Tarj. ar.: aziyat beruvchilarni o‘ldiringlar.
60. «Sod» — arab alifbosidagi harfning nomi. «Hirs» so‘zining oxirgi harfi «sod» bilan yozilganiga 
bu yerda ishora qilinadi. 
61. «ayn» — arab alifbosidagi ayirish belgisining nomi, «tama’» so‘zida oxirgi harf bo‘lib kelishiga 
ishora.
62. Tarj. ar.: Olamning to‘rt iqlimiga sipohgarlik qilish — mol handashlikdir. Bu yerda sipohiylik 
mohiyatiga kinoya bor.
63. Tarj. ar.: shovqin-suron, to‘polon, taralla-yalla.


Alisher Navoiy. Mahbub ul-qulub 

Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling