Mahbub ul-qulub
Download 0.76 Mb. Pdf ko'rish
|
Mahbub ul qulib
www.ziyouz.com kutubxonasi
87 19. Ayyub — payg‘ambar. Ishoq payg‘ambarning nabirasi. Rivoyatlarga ko‘ra Ayyubning moldunyosi, Rohma ismli xotini, bir uy farzandlari bor ekan.U dunyo lazzatlaridan bahramand ekan. Olloh uni imtihondan o‘tkazmoqchi bo‘ladi. Molu mulki qo‘lidan ketadi. Ayyub sabr qiladi. Bir— bir bolalari vafot etadi, u sabr qiladi. Kasal bo‘ladi, a’zoy badaniga yara toshadi, hatto bu yaralar qurtlab ketib, azob beradi, u sabr qiladi. Rohma unga mehribonlik bilan xizmat qiladi. Nnhoyat Olloh Ayyubga shifo baxsh etadi, Havran eliga payg‘ambar qilib jo‘natadi. Unga yangidan mol-dunyo va farzandlar ato qiladi. Adabiyotda Ayyub sabr qanoat timsoli sifatida tilga olinadi. «Ayyub sabrini bersin» degan duo xalqlar orasida keng tarqalgan. 20. Tarj. ar.: ta’zim [faqat] Alloh amrichadir. 21. Tarj.ar.: Shavqat Allohning yaratganigadur. 22. Tarj. ar.: Allohnnng yaratgani. 23. Tarj. ar.: Alloh tomonidan yaratilgan. 24. Xoja Abdullo Ansoriy — Abu Ismoi Abdulloh bin Abiy Mansur Muhammad al—Ansoriy — laqabi Shayx ul—islom (396/1005—06 —481/1088—89), Orif, yozuvchi, shoir va donishmand. Jomiy «Nafahot ul—uns»da yozishicha, qalami ostidan chiqqan narsalari yodida naqshlanib qolar ekan. 1000 bayt arab shoirlari sherlarini yod bilgn. Xoja Abdullo Ansoriy Qur’on tazkir va tafsirida o‘zini Xoja Imom Yah’yo Ammornig shogirdi hisoblangan. U sof sunniy bo‘lgan 300 ming hadisni, ming—ming isnodi (dalillar bilan) yoddan bilgan. Asarlari Naqli tabaqoti sufiya», «Qoshif ul— asror», «Munojotnoma», «Muhabbatnoma», «Zod ul-orifin», «Qand ul-solikin, «Qalandarnoma», «Haft hisor», «Ilohiynoma» va b. Navoiy «Nasoyim ul—muhabbat»idagi Ansoriyga bag‘ishlangan maqola Jomiy asaridagi maqolaning qariyb aynan tarjimasidir. 25. Mansur — Husayn bin Mansur Halloj Bayzaviy Kuniyati Abulg‘ays (857—922). Attor «Tazkirat ul—avliyo»da uning maqolasidan ko‘plab naqllar, karomatlar, qatlining tafsilotlarini keltiradi. Uning «Analhaq»ini tushungan tarafdorlari va rad etgan muholiflarini nom-banom sanab o‘tadi. Jumladan, Shibliy aytgan ekan: «men va Xalloj bir mashrab (fe’l—atvor, tariqat, din) danmiz. Lekin meni devonalikka nisbat berdilar, omon qoldim. Husaynni esa uning aqli halok qildi». Mansur Xallojdan «ishq nima?» deb so‘raganlarida: «O‘ldirilgan, sovrulgan kun — ishqdir», — deb javob bergan ekan. Attor Mansurning qay tarzda qatl etilishini yozadi: avval toshbo‘ron qilinadi, keyin qo‘llarini, so‘ng oyoqlarini, chopib, burun, quloqlarini kesib, ko‘zlarini o‘yib, tashlaydilar. Har bir a’zosidan judo qilisharkan, Mansur javoblar berib turgan, jumladan tilini qirqishdan avval: «Biroz sabr qiling so‘zim bor, deb yuzini osmonga qaratib: Ilohi, sening uchun shu ranjni tortayotganlarni (ya’ni, unga azob berayotganlarni) marhamatingdan mahrum qilma, ularni shu davlatdan benasib etma!» deb iltijo qilgan ekan. Attor ta’kidlaydiki, namozshom paytida Xallojning boshini tanidan judo qilar ekanlar, u tabassum bilan boqardi har andomidan «Anal — haq» eshitilar, oqqan har tomchi qonidan «Olloh» naqshi zohir bo‘lar edi», — deb yozadi. Jomiyning «Nafaxot ul—uns», Navoiyning «Nasoim ul— muhabbat» asarlarida Mansur Halloj haqida maqola mavjud. Oxirida (har ikki maqola aynan) Mansur Hallojnyng ustodi Abu Amr binni Usmon Makkiy tavhil (Xudoning yagonaligiga va ulug‘ligiga e’tiqod qilish ilmi — S. G‘.)da bir risola yozganligi aytiladi. Uni pinhon tutar ekan. Mansur uni yashirincha olib, oshkor qiladi. Bu asar nozikliklarini tushunmay, el uni rad etadi. Ustod Hallojni «ilohi, birovni anga gumonlakim, ilik— ayog‘in kesgay va ko‘zin o‘yg‘ay va dorg‘a tortqay, deb qarg‘agan ekan. Nimaiki Mansur Halloj boshiga tushgan bo‘lsa, ustodi duosi bilan bo‘ldi», deyiladi. 26. Tavajjuh — zohiran, qalban butun borlig‘ing bilan haqqa yuz tutmoqlikdir. 27. Rizo — tasavvufda tavakkuldan keyingi maqom bo‘lib, solik o‘z nafsi rizosidan kutilib, Xudo iroda qilgan, taqdir etgan narsalarga rozi bo‘ladi (Rizo qazoning |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling