Mahbub ul-qulub
Download 0.76 Mb. Pdf ko'rish
|
Mahbub ul qulib
www.ziyouz.com kutubxonasi
85 64. Rind — dunyo ishlarini xush ko‘rgan kishi. «G‘iyos ul—lug‘at»dan «Rind shariat qoidalarini, johillik yuzasidan emas, ongli suratda inkor qiluvchi odam, deyiladi. Adabiyotda rind johu davlatni ko‘zga ilmagan hur fikr, isyonkor ruhiyatli, mayparast, bodadan haqiqat sarmasti bo‘lib ishq sahrosi sargardonlari timsashda keladi. Hofiz Rindon bodano‘shki, bo jam hamdamand, Voqif zi sirri olam va az holi odamand (ya’ni, rindlar jom bilan hamdam bodanushdirlar, Ular olam sirlariyu odam holidan voqifdirlar), deb yozadi. 65. Dayr — lug‘aviy ma’nosi — ibodat gunbazi: kaliso, butxona, majozan: mayxona. Tasavvufda lison olamini anglatadi. 66. Jamshid — Jam Qadimiy Eronning peshdodiylar sulolasining 4—hukmdori. Mifologiyaga ko‘ra u Nuh zamonida 700 yoki 1000 y. yashagan. Insonlarga zarur bo‘lgan ko‘p narsalarni, jumladan, sipohiylik aslahalari nayza, qilich, pichoq, qalqon, yasatgan. Hammom bino qilgan. Ipak liboslar, ranglar ixtiro etgan. Istahr degan shaharni kengaytirib, unda ulug‘ bir bino qurdirgan. Imorat bitgach katta tantanali yig‘in o‘tkazib, o‘zi javohirlar qadalgan taxt ustida o‘tirganda, quyosh chiqib, uning hashamatidan hamma yoq porlab ketadi. Xalq bu kuni Navro‘z (yangi kun) Jomni esa Jamshid (nur shohi) deb atay boshladi. Oqibat Jamshidda g‘urur va kibr paydo bo‘ladi. Navoiy «Tarixi anbiyo va hukamo» asarida yozadi: o‘z suvrati bila butlar yasab, aqolim (iqlimlar), va kishvar (mamlakat)larga yiborib, elga o‘zining parastishini (o‘ziga sig‘inishni) buyuradi. Ollohning qahriga uchradi va Zahhok Jamshidni arra bilan ikkiga bo‘lib, pora—pora qildi, taxtini egalladi. Tasavvufda Alaviy, Mavlaviy Bektoshin tariqatlarida Jom bir zikr nomi bo‘lib, zikrdan so‘ng sharob ichiladi. Jam maqomi, jam ul— jam degan komil maqom ham bor. Bu yerda Navoiy Xarobot rindlari o‘z shavkatini Jamshidnikidan ortiq biladilar degan fikrga urg‘u bermoqda. 67. Darvesh — bir tariqatga bog‘li odam. Asl ma’nosi Olloh yo‘lida xoksorlik va faqirlikni qabul qilgan kimsani anglatadi. Adabiyotda darvesh farog‘at go‘shasida sokin, qanoat xazinasi sohibi, martabada sultondan yuksak, ma’naviyat podshohi, o‘z yurtida musofir, xirqapo‘sh sayyor sifatida qalamga olinadi. 68. Faridun — Afridun holida ham uchraydi. Qadimgi Eron peshdodiylar sulolasiga mansub podshoh. Navoiyning «Tarixi muluki ajam» asarida yozishicha, ba’zi manbalarda Jamshid nabirasi, ba’zilarida Taxmuras naslidan deyiladi. Navoiy Faridunni «Yaxshi axloqlik olim va odil podshoh erdi» deb maqtaydi. U Muso payg‘ambar va Horun uning zamonida yashaganlar, deb yozadi Navoiy. Faridun o‘z yaralariga odamzod mag‘zidan boshqa davo topmagan Zahhokni mahv etgan, Kova ohangar (temirchi) saxtnyonini bayroq qilish qoidasini o‘rnatgan edi. Faridun o‘zining boy xazinasi bilan ham mashhur bo‘lgan ekan. Bu yerda ana shu Faridun ganjga ishora qilinadi. Download 0.76 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling