Mahbub ul-qulub


Download 0.76 Mb.
Pdf ko'rish
bet76/93
Sana06.04.2023
Hajmi0.76 Mb.
#1336034
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   93
Bog'liq
Mahbub ul qulib

Tanbeh (124). 
Uyg‘oqlig‘da ne olingga kelsa, qazodin ko‘r, uyquda har ne tushungga kirsa, yaxshi yo‘q. Elning 
so‘ziga har ne yomonliq mahal topma, g‘olib aduv mag‘lubing bo‘lsa, shar’ tarafin zohir qilib, xayr 
jonibin yopma. Qaviy dushman zabuning bo‘lsa muruvvat qil, karam va avf ko‘rguzgil.
Zolim va bedard suhbatida nukta surma, nammom na nomard muloyamatida dam urma. Dono ilikdin 
borg‘ondin so‘z aytmas, o‘tgan yigitlik orzu bila qaytmas.
O‘tgan ro‘zgor adamdur. Kelmagandin so‘z aytqon ahli nadamdur va hol mug‘tanamdur. Bir turk 
bu ma’nida debdurkim: «Dam bu damdur».
Bayt: 
Moziyu mustaqbal ahvolin takallum ayla kam, 
Ne uchunkim, dam bu damdur, dam bu damdur, dam bu dam. 
Xotimada:  
Tanbeh (125). 


Alisher Navoiy. Mahbub ul-qulub 
www.ziyouz.com kutubxonasi
75
Suvdin asrag‘ulukdur tufroq va balchig‘ uyin. Va o‘tdin asrag‘uluqdur yag‘och va qamish uyin. Va 
yeldin asrag‘ulukdur bo‘z uyin. Va tufrog‘din asrag‘ulukdur ko‘z uyin. Jami’i mosivallohdin 
asrag‘ulukdur ko‘ngul uyin.
Bayt: 
Nechukkim, to‘rt uyga to‘rt ziddi nuqsoni shoye’dur, Beshinchi 
un dag‘i ag‘yordin ul nav’ zoe’dur.  
Olam asbobining tuganmasligida bu tanbehdurlar: Masalan, birovkim kirpichdin bir-biriga farsh 
to‘shar bo‘lsa, chun ma’xud budurkim, xishtni darz bar darz solmas, qirog‘larin bir-biridin o‘tkarib, 
avvalg‘ig‘a yondoshtura solg‘on ikki xishtning taraflarida ikki ulug‘ farja paydo bo‘lurkim, yana ikki 
xisht tilar. Oni solmoq lozimdur. Bu qiyos bila ming yo ikki ming xisht farsh soli(n)sa bu nav’ farjalar 
bag‘oyat ko‘p hosil bo‘lur. Har qaysining islohig‘a yana xisht solg‘on sayn ul farjalar ul xishtlarga ko‘ra 
ko‘p zohir bo‘lur. Agarchi ul farja zohir bo‘lg‘on takmili uchun yana xisht soli(n)sa, arzi olloh vossat 
yuzni, balki kurai arz davrasin tamom xisht solmoq lozim bo‘la kelur. Bovujudi ulkim, bu mahol xayolni 
kishi taaqqul qilsa tuganmog‘ining imkoni yo‘qtur. Qishi tuganmagini faraz qilsa, ul farjalar birla ming
balki yuz ming bilonihoyat ortar. Alaring islohini mahol faraz birla ham taaqqul qilsa bo‘lmas. Muning 
iloji va tadoruki xishtni zoviya qilmoq bila va andin ham ushog‘roq ushatmoq bila muyassar bo‘lurkim, 
muddao qilg‘oncha yerga chun farsh to‘shaldi, paydo bo‘lg‘on farjalarg‘a ko‘ra xishtlarni ushotib 
solg‘aylar yo ul dushvorlig‘ osonlig‘ bila ilaydin qo‘pqay.

Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling