Mahbub ul-qulub
Download 0.76 Mb. Pdf ko'rish
|
Mahbub ul qulib
Tanbeh (106).
Shayxuxat zikrida Shabob mayining maxmurlug‘i qariliq va yigitlik sihhatining ranjurlig‘i qariliq. Shayhuhat ayyomi nishot ahlin noshod qilurkim, odame qaddin ham qilib, umr bila xayrbod qilur. Havas va orzular shoxi ko‘ngulda sinar, balki borcha taraddud va harakatlardin ko‘ngul tinar. Sarbalandlig‘ xayoli boshtin chiqor. Nadomat va hasrat ashki seli qasri devorin yiqar. Nomurodlig‘lar zindoni budur va noumidlig‘lar bayt ul-ehzoni ham budur. Qad egilmagi tufroqqa mayl etmakka dol, shohidlardin tanaffus bu ma’nig‘a guvohi hol. Iliq titramog‘i umr bodasi xumoridin. Hofiza o‘rnig‘a nisyon yer tutub, o‘rganmoqni, balki unutmog‘ni ham unutib. Badang‘a sihhatdin asar qolmas va kungulga xushu xiraddin xabar qolmas. Yigitlarga tahayyur aning mabxutlug‘idin, o‘g‘lonlarg‘a tamasxur aning fartutlug‘idin. Har sari mo‘yidin bir maraz paydo, qariliq va ming illat aning zotidin huvaydo. Ayol va atfol toriqib muhofazatidin. Navkar va chokar oziqib aning muloyamatidin. Turluk - turluk illat badani uyida o‘kulub, ajab-ajab maraz kasratidin hayotdin to‘ngulub. Ma’murlar nofarmonlig‘idin ro‘zgori qatig‘ va mahkumlar besomonlig‘idin tirikligi achig‘. Og‘zi so‘lakayi so‘z mazasin oqizib, maraz kasratidin mushfiqlar og‘zig‘a suv tomizib. Erniki, birbiriga qovushmay o‘z holig‘a kulub, boshi ko‘ksiga tushub, og‘zi xuqqasidin donalari to‘kulub. Sihhat ummidi xayoli ko‘nglidin yiroq, tirikligikim, o‘lmak yuz qatla andin yaxshiroq. Ruboiy: Chun ketti yigitliku uzoldi qariliq, Dam sovudi, ya’ni qolmadi qon ham isiq. Og‘zig‘a hayot sharbati bo‘ldi achig‘, O‘lmog‘ xushroqki, umr bu nav’ qattiq. Ruboiy: Afsuski, umri navjavonlig‘ ketti, Alisher Navoiy. Mahbub ul-qulub www.ziyouz.com kutubxonasi 69 Tang‘a qariliqda notavonlig‘ yetti, Gar yuz yil ulki komronlig‘ etti. Chun topmadi margdin amonlig‘, netti? Download 0.76 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling