Mahbub ul-qulub


Download 0.76 Mb.
Pdf ko'rish
bet67/93
Sana06.04.2023
Hajmi0.76 Mb.
#1336034
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   93
Bog'liq
Mahbub ul qulib

Tanbeh (99). 
Tinch ko‘ngul bila yovg‘on umoch yaxshiroqkim, takalluf va mashaqqat bila qandiy kuloch. Eski 
chapon bila forig‘ tufrog‘da o‘lturmoq yaxshiroqkim, zarbaft xafton kiyib birov olida turmoq.
Qit’a: 
Gadolig‘ bo‘ryosi uzra miskin 
Ki, xotir forig‘ o‘lg‘ay har taabdin. Ko‘p 
ortuqkim bo‘lub o‘zungga ma’mur, Xazu 
deboda yer tutsang tarabdin.  
Tanbeh (100). 
Har kishikim, bir qavmning suluk va ohangin tuzar, tadrij bila hamul qavmning rangin tutar. Har 
kimgakim, payravlig‘ etar, ul mutobaat xosiyatidin ul yetgan yerga yetar. Agar so‘z sanga ko‘runsa 
mahol, ashobi kahf bila itlaridin hisob ol.
Qit’a: 
Nabiy o‘g‘li tomug‘ni qildi maskan,
Tomug‘ ahli guruhin chun erishti. 
Va lekin jannat ahli payravi it 
Yetishti qaydakim ul el yetishti.  
Tanbeh (101). 
Odamin sharif ul-kavnayndur
23
va it najis ul-ayn
24
ammo haqnoshunos va bevafo odam haqshunos 
va vafolig‘ itdin kam. Vafolig‘ qo‘tuz it yaxshroqkim, va rosiz xush barno yigit.
Qit’a: 
Bevafo haqnoshunos eldin yirog‘lig‘ istakim,
Kelmadi hargiz alardin g‘ayri bedodu jafo. Itga 


Alisher Navoiy. Mahbub ul-qulub 
www.ziyouz.com kutubxonasi
67
itlik aylamak jonu ko‘ngul birla bo‘lur, 
Haqshunos o‘lsau bo‘lsa anda oyini vafo.  
Tanbeh (102) 
Nafsparvardin hunar kelmas - yemakdin o‘zga va nafsparastdin naf’ yetmas - demakdin o‘zga. Ul 
biri bari harom taomdin va bu biri barcha ta’rifi kalomdin.
Masnaviy:  
Ul biri luqmau navola so‘zin 
Aytib onchakim xoli aylab o‘zin. 
Bu o‘z avsofig‘a muarrif o‘la, 
Aylabon bazmi anjumanni to‘la.  

Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling