Mahbub ul-qulub
Download 0.76 Mb. Pdf ko'rish
|
Mahbub ul qulib
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tanbeh ( 95).
- Tanbeh ( 96).
- Tanbeh ( 97).
Tanbeh (94).
Baxilning andoqki, bugun topqoni zaxira bo‘lg‘ay, tongla qabri ham bu kungi maoshi uyidek tiyra bo‘lg‘ay. Zuhdu taqvo barcha vaqtda dilpisanddur, yigitlikda dilpisandroq. Tavba va istig‘no hama vaqtda sudmanddur, qariliqda sudmandroq. Hilmu hayo ahli har yerda arjumanddur, ulug‘lar nazarida arjumandroq. Yaxshiliq va yomonliqni kim qildikim, jazo ko‘rmadi. Saloh va fasod tuxmin kim ektikim, o‘rmadi. Bayt: Yaxshiliq tuxmin sochg‘ilkim, budur dehqong‘a so‘z Harnekim, ekting bugun, borin hamon tut oni ko‘z. Tanbeh (95). Izzat ahliki mazallatqa tushti san’at ilgi yo‘qturu va savol tili. Anga tarahhum qilmoqni g‘animat bil va ilgingdin kelgancha ehson qil. Yigit gadokim, bel ura olur va o‘tun tashimog‘ni bilur, anga nima bergan tengri molin zoe’ qilur. Tanbeh (96). Zarbaft kisvatlig‘ dunyoguzin najosat ustidagi iltirog‘uchi chibin. Muttaqii pokrav masjidda mo‘‘takif bo‘lg‘on chog‘i mushaf avroqi orasida gul yafrog‘i. Masnaviy: Biri bayt ul-harom ichra farishta, Biri dayr ichra shayton barcha ishta. Ne hojat sharh qilmoqliq tafovut Ki, baytullox dindur farqi sobut. Tanbeh (97). Bilmaganni so‘rub o‘rgangan olim va orlanib so‘ramagan o‘ziga zolim. Oz-oz o‘rganib dono bo‘lur, qatra-qatra yig‘ilib daryo bo‘lur. O‘rganurdan qochg‘on lavand va yuziga hiyal va bahona eshigin ochg‘on tanand. Emgak tortib ilm o‘rgangan xiradmand. Bayt: Ilmdi oriy ulusning johili xudkomasi, O‘rganurga jiddu jahd etgan jahon allomasi. Alisher Navoiy. Mahbub ul-qulub www.ziyouz.com kutubxonasi 66 Tanbeh (98). Gadozodai xiradmand - akobir hamrozi, g‘aniyzodai lavand -arzol damsozi. Ul ilmu donish yuzidin salotinni qilib hojatmand, bu jahl va inod fartidin xaloyiq qoshida nopisand. Qit’a: Baso yagonai mufliski mulk sultoni Ulum mas’alasida erur anga muhtoj. Baso jaholatu beboklik fanida g‘aniy Ki, podshoh oni o‘z mulkidin qilur ixroj. Download 0.76 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling