O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi jizzax politexnika instituti «menejment»


Download 75.5 Kb.
bet1/4
Sana26.01.2023
Hajmi75.5 Kb.
#1123967
  1   2   3   4
Bog'liq
Туйчиев Гиёс-10


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
JIZZAX POLITEXNIKA INSTITUTI
«MENEJMENT» kafedrasi
«YO’L XO’JALIGI IQTISODIYOTI»
fanidan


KURS ISHI


Mavzu: “Rekonstruksiyani taxlil etish”
Bajardi: “___________________” yunalishining
________-kurs talabasi _______________________.
Ilmiy rahbar: ___________________.
JIZZAX - 2023
Mundarija:
Kirish

  1. Tadbirkorlik faoliyati turlari va shakllari

  2. Moliyalashtirishni rasmiylashtirish tartibi

  3. Yo’l tashkilotlarini kreditlash

  4. Avtoyo’l DAK ning iqtisodiy tahlili

Xulosa va takliflar
Foydalanilgan adabiyotlar


Kirish
O’zbekiston yo’llarini barpo qilishda asosiy omil bo’lib kelmoqda. Bugun yo’l sohasidagi olimlar, loyihachilar, pudratchi va yo’ldan foydalanuvchilarning asosiy vazifasi xam aynan mamlakat yo’llarini yuqorida keltirilgan talablar asosida, rivojlangan davlatlar yo’llari darajasiga olib chiqishdir. Bu borada xukumatning avtomobil yo’llarini zamonaviy talablar asosida qurish bo’ycha bir qancha topshiriq va qarorlari borki, ularning orasida nafaqat magitral yo’llar balki maxalliy va viloyat axamiyatidagi yo’llar xam kiritilganligi quvonarli xolat. Jumladan, O’zbekiston Respublikasining Jaxon banki bilan o’zaro kelishuvi asosida Toshkent, Andijon, Farg’ona va Namangan viloyatlaridagi maxalliy va viloyat axamiyatiga doxil bo’lgan yo’llarni to’la ta’mirlash ishlariga mablag’ ajratilishi xam aynan yuqoridagi so’zlar isbotidir.
Avtomobil yo’llarining rivojlangan davlatlar darajasida qurish uchun “O’zavtoyo’l” AK tarkibida bo’lgan pudrat korxonalari bilan bir qatorda xususiy pudrat korxonalarining hissasi ham borligi avtomobil yo’llari sifatini oshishiga olib kelmoqda. Bugungi kunda mamlakatimiz bo’ylab pudrat ishlarida qariyeb 20 dan ortiq xususiy korxonalar avtomobil yo’llarini rekonstruksiya qilmoqdalar. Xususiy korxonalarning yo’l qurilish ishlariga qo’shgan hissasi nafaqat yo’l sifatini oshishida balki, bir necha yuzlab kishilarni ish bilan ta’minlashda namayon bo’ladi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 28 fevraldagi 804-sonli, 2010 yil 3 maydagi 1331-sonli, 2012 yil 12 iyundagi 1773-sonli qarorlarida O’zbek milliy avtomagistralini qayta qurish va qurish dasturining Mintaqaviy avtomobil yo’llarini rivojlantirish loyihasini ko’p transhli moliyalashtirish dasturi Osiyo rivojlanish banki, shuningdek boshqa xalqaro moliya institutlarining mablag’lari hisobidan amalga oshirish ko’zda tutilgan.
Xar yili mamlakat byudjeti hisobidan milliardlab pul mablag’lari faqatgina maxallalar ichidagi ichki xo’jalik yo’llari qurilishga ajratiladi. To’g’ri, mavjud yo’llarni ta’mirlash uchun xali bir qancha ishlar olbi borish kerak, lekin eng asosiysi xar yili bir million nafarga o’sib borayotgan xalq uchun ko’plab turar joylar ham qurilishi va ular uchun ham yangi yo’llar barpo etilayotganligini esimizdan chiqarmasligimiz kerak.
Yuqoridagi qaror asosida qurilayotgan ushbu yo’lga Milliy magistral maqomi berilgan bo’lib, uning bir qismi Ye-40 deb nomlanuvchi yevropa-osiyo tranport koridoriga to’g’ri keladi. Ushbu yo’lning xalqaro ahamiyati benihoyat kattadir. Binobarin, ushbu yo’l Qo’ng’irot orqali Rossiyaga va boshqa Sharqiy Ovro’pa mamlakatlariga borish uchun yaqin va qulay yo’lga aylanadi. Sharq tomonda mazkur magistral O’sh-Qashqar avtoyo’li bilan ulanib, Xitoy Xalq Respublikasida Buyuk ipak yo’li bo’ylab qurilayotgan tezyurar avtoyo’li bilan ulanadi. G’arb va janub tomonda Hind yarim oroli, Janubiy Osiyo va Yaqin Sharq, g’arbiy Ovro’pa mamlakatlarini bog’lab turuvchi mavjud yo’llar, hamda kelajakda qurilajak yo’llar bilan bog’lanadi. Natijada O’zbekiston milliy avtomagistrali Yevrosiyo transport ko’prigining zamonaviylashtirilgan muhim bir qismiga aylanadi. Shuning bilan birga u O’zbekistonning salohiyatini oshirishda, boyligini ko’paytirishda va xalqaro aloqalarda uning ahamiyatini kuchaytirishga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. O’zbekiston qadimgidek buyuk ipak yo’lining muhim va zamonaviy chorrahasi bo’ladi. Shu sababli trassaning ushbu qismida bugungi kunning eng zamonaviy uslubidan foydalanib, beton qoplamali yo’llar qurilish ko’zda tutildi va bunday qoplamali yo’llarning 560km qismi qurilib foydalanishga topshirilmoqda.
Beton qoplamali yo’llar qurilishdagi bevosita iqtisodiy foydadan tashqari, yo’ldan foydalanishda xam sezilarli texnik-iqtisodiy ustunlikni beradi. Beton chidamliligining yuqoriligini saqlash va ta’mirlash uchun sarf-xarajatlarni minimumgacha qisqartirishga imkon beradi. Beton qoplamali avtomobilь yo’lining xizmat muddati asfalьtbeton qoplamali yo’lga nisbatan bir necha baravar kattaroq. Yaxshi qurilgan sementbeton qoplamali yo’l mukammal ta’mirlashsiz bir necha o’n yil xizmat qilishi mumkin.




  1. Download 75.5 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling