Mahbub ul-qulub


Download 0.76 Mb.
Pdf ko'rish
bet53/93
Sana06.04.2023
Hajmi0.76 Mb.
#1336034
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   93
Bog'liq
Mahbub ul qulib

Tanbeh (47). 
Ul ko‘ngulgakim, qattig‘ so‘zdin reshdek bo‘lg‘ay, achchig‘ til zahrolud neshdek bo‘lgay. 
Ko‘ngulda til sinoni jarohati butmas, anga hech nima marham yerin tutmas. Har ko‘ngulki, til sinonidin 
jarohatdur ham yumshoq so‘z va shirin til anga marham va rohatdur. Muloyim takallum vahshiylarni 
ulfat sari boshqarur, fusungar afsun bila yilonni to‘shukdin chiqorur.
Bayt: 
Husnu jamolsiz kishi shirin kalom etsa 
Sayd aylar elni nukta fasohat bila desa.  
Tanbeh (48). 
Tilga ixtiyorsiz - elga e’tiborsiz! Harzago‘ykim, ko‘y takallum surgay, itdekdurkim, kecha tong 
otquncha hurgay. Yamon tillik andoqkim, el ko‘ngliga jarohat yetkurur, o‘z boshig‘a ham ofat yetkurur. 
Nodonning muvahhish harzag‘a bo‘g‘zin qirmog‘i - eshakning jihatsiz qichqirmog‘i. Xo‘shgo‘ykim, 
so‘zni rifq va musovo bila aytg‘ay, ko‘ngulga yuz g‘am keladurg‘on bo‘lsa, aning so‘zidin qaytg‘ay. 
So‘zdadur har yaxshiliqni imkoni bor, munda debdurlarki, nafasning joni bor. Masihokim, nafas bila 
o‘lukka jon berdi, go‘yo bu jihatdin erdi.
Makruheki, harzasi tavil va ovozi karihdur, o‘zi savti bila qurbaqag‘a shabihdur. Ahli saodatlar 
ruhbaxsh zulolig‘a manba’ ham til, ahli shaqovatlar nahs qavqabig‘a matla’ ham til. Tiliga iqtidorlig‘ 
hakimi xiradmand; so‘ziga ixtiyorsiz - laimi najand. Tilki fasih va dilpazir bo‘lg‘ay - xo‘broq bo‘lg‘ay, 
agar ko‘ngul bila bir bo‘lg‘ay.


Alisher Navoiy. Mahbub ul-qulub 
www.ziyouz.com kutubxonasi
53
Til va ko‘ngul xo‘broq a’zodurlar insonda; savsan va g‘uncha marg‘ubroq rayohindurlar bo‘stonda. 
Odame til bila soyir hayvondin mumtoz bo‘lur va ham aning bila soyir insong‘a sarafroz bo‘lur. Til 
muncha sharaf bila nutqning olatidur va ham nutqdurki, agar nopisand zohir bo‘lsa, tilning ofatidur. Ayn 
ul-quzot til sharafidin Masih guftor bo‘ldi va Husayn Mansur til sur’tidin dorg‘a sazovor.
Bayt: 
Har necha biymi hajr so‘zi oshiq o‘lturur, Vuslat 
bashorati yana jismig‘a jon berur.  

Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling