Mahbub ul-qulub


Download 0.76 Mb.
Pdf ko'rish
bet56/93
Sana06.04.2023
Hajmi0.76 Mb.
#1336034
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   93
Bog'liq
Mahbub ul qulib

www.ziyouz.com kutubxonasi
55
Tanbeh (57). 
Hukamokim, salotin holi kayfiyatin bilibdurlar, alarni o‘tqa tashbih qilibdurlar. O‘t naf’ yetkurur 
yiroqtin, andin muntafe’ bo‘lmoq avlo qiroqtin. Otashgoh o‘ti qiroqdin naf’ yetkurur, ichiga tushganni 
filhol kuydurur. Anga yovumoq nomunosibdur va andoq balodin hazar vojib.
Bayt: 
O‘tdin isinurg‘acha ovuch och,  
Kuydurgudek anglasang keyin qoch!  
Tanbeh (58). 
Podshohlar zikrida  
Ba’zi karim podshohlar zikrida axloq va burdbor podshohi oliy miqdori komkor daryoyi madhig‘a 
botibdurlar va ani ko‘prukka o‘xshatibdurlar. Bu ma’ni bilakim, ko‘pruk maxluqotning xasis va sharif 
yukin ko‘tarur. Alarni suv zahmatidin va bolchig‘ mashaqqat va g‘ilzatidin o‘tkarur. Va ba’zikim, 
tavajjuh andeshag‘a qilibdurlar, aning nisbatin beshag‘a qilibdurlar. Bu munosabat bilakim, barcha 
anvo’i hayvon va inson va bahoyim va sibo’, balki nomahsur vuhush va tayurg‘a panoh va oromgoh 
berur, yemak va ichmaklaridin yetkarur. Va ba’zikim, naf’in om va in’omin fosh debdurlar, bu 
hosiyatlarda oni quyosh debdurlar, ya’ni shahr va biyobonni ravshan etar va vayron va obodqa andin 
yorug‘lug‘ yetar. Va ba’zikim, rafi’ va nofe’ va falaki janob debdurlar. Bu munosabatlar bila oni sahob 
debdurlar, ya’ni qaro tufroqqa durrlar sochar va nishlik tikondin gullar ochar. Va ba’zi turk hukamosi va 
bu qavm oqilu donosi o‘z tavrlari birlaki, kalom surubturlar oni bo‘z kiyizga o‘xshata masal urubturlar, 
ya’ni suvdin va tufrog‘din yuziga ne kelsa tahammul qilur, ya’ni o‘ziga singirur. Agar nish ursalar va 
cho‘kur sanchsalar suvurg‘ondin so‘ng yuziga asar yetkurmas, ya’ni o‘ziga kelturmas. Va agar ikki 
muxolif jamoat har qaysi bir taraf tortsa, har sori ul jamoat munosabati mayl qilur, ilik tortsalar yana o‘z 
holig‘a ko‘ra yig‘ilur. Yana hamki, vasfi ajnosin bir-biri ustiga teribdurlar munosib nimalarg‘a nisbat 
beribdurlar. Ammo so‘z ixtisori jihatidin tatvil vahmidin nukta uzotilmadi va so‘z ko‘prak aytilmadikim, 
bu mazkur bo‘lg‘oncha yuz odil salotin sifatida bor va barchada zikr qilg‘oncha ming birning 
podshohimiz zotida taammul qilg‘on toparki, Haq subhonahu va taolo mazkur bo‘lg‘on saloting‘a to 
tufrog‘ hazizida qaror bergay. Anga sipehri saltanat avjida mador nasib qilg‘ay to sinuqlar ishi andin 
butgay va yiqilganlarg‘a andin dastgirlik yetgay. Omin, yo rabil-olamin.
Bayt: 
To qamardur, otig‘a na’l o‘lsun, 
Quyoshdur, boshig‘a la’l o‘lsun!  

Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling