Mahbub ul-qulub
Download 0.76 Mb. Pdf ko'rish
|
Mahbub ul qulib
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tanbeh ( 50).
- Tanbeh ( 51).
Tanbeh (49).
Tildin azubat dilpisanddur va liynat sudmand. Chuchuk tilki, achchig‘liqqa evruldi, zarari om bo‘ldi, qandniki, muskir boda qildilar, harom bo‘ldi. Chuchuk so‘z sof ko‘ngullarg‘a qo‘shdur, barcha atfol tab’ig‘a muloyim halvofurushdur. Bayt: Xush so‘zga kim o‘lsa mastu behush, Sharbat aro zahrni qilur no‘sh. Tanbeh (50). Harkimki, so‘zi yolg‘on, yolg‘oni zohir bo‘lg‘och uyolg‘on. Yolg‘onni chindek aytquvchi suxanvar - kumushni oltun ro‘kash qiluvchi zargar. Yolg‘on afsonalarda uyqu kelturguvchi, yolg‘onchi uyquda takallum surguvchi. Yolg‘on aytguvchi g‘aflatdadur. So‘zning asnofi bag‘oyat cho‘qdur, yolg‘ondin yamonroq sinfi yo‘qdur. Ulki yolg‘on bila sarfi avqot etgay, anga bu yamon kelmagay yana mubohot etgay. Agar mustami’inni g‘ofil topqay, yolg‘onin ching‘a o‘tkarsa maqsudin hosil topqay. Zihi tengrig‘a yamon banda, ne tengridnn, ne xalqdin sharmanda. Mundoq nahsning chun erur yuzi yamonliq sari, bu nuhusatshior qutluq uydin tashqari. Bayt: Ul kishini qutluq evdin tashqari surmak kerak, Qutluq ev dunyo durur, ya’inkn o‘lturmak kerak. Tanbeh (51). Birovkim, yolg‘on so‘zni birovga bog‘lag‘ay, o‘z qaro bo‘lg‘on yuzin yoqlag‘ay, kabira gunohdur. Oz so‘z hamki o‘trukdur zahri muhlikdur - agarchi miqdori o‘ksukdur. Bayt: Zahrning oz esa miqdori dog‘i muhlikdur, Ignaning no‘gi zaif ersa dog‘i ko‘r qilur. Alisher Navoiy. Mahbub ul-qulub www.ziyouz.com kutubxonasi 54 Tanbeh (52). Ulki, so‘zni bir yerdin yana bir yerga yetkurgay, elning o‘tgan gunohini o‘z bo‘ynig‘a indurgay. Nammomliq chin so‘zga mamnu’dur. Agar zuhur etgay - xayol qilki, yolg‘on so‘zga ne yetgay. So‘z terguvchining agar ulug‘i, agar kichigi - balki erurlar tamug‘ o‘tining tutrug‘i. Bayt: Kim so‘zni terib aytguvchi og‘zig‘a bergay, Molik ani do‘zax o‘tining dudig‘a tergay. Download 0.76 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling