Yaxshi so’z kimga o’lsa mastu behush


Download 14.56 Kb.
Sana05.01.2022
Hajmi14.56 Kb.
#206267
Bog'liq
5-topwiriq nutq


3-mashq

Ey farzand, demak, yolg’on va behuda so’z aytmak devonalikning bir qismidir. Har kishiga so’z aytur bo’lsang, qarag’il, ul sening so’zinggga haridormu yoki haridor emasmu?...

So’z shunday qurolki, undan mohirona foydalanilsa, mo’jizalar yaratishga qodir. “So’z juda buyuk, deydi Lev Tolistoy, shuning uchun bir so’z bilan kishilarni birlashtirish yoki ularni ayirib tashlash mumkin. Bir og’iz dag’al so’z kishi dilini vayron qiladi, ruhini tushuradi va salomatligiga qattiq tasir qiladi.

Yaxshi so’z kimga o’lsa mastu behush,

Sharbat aro zaharni qilur nush.

Darhaqiqat, shirin so’z, hushfel kishilar bilan hamsuhbat bo’lsangiz ko’nglingiz yoziladi. “Dili to’g’rining tili to’g’ri” deganlaridek, ko’ngli pok inson to’g’ri so’zlaydi, fisqu-fasod bilan shig’ullanmaydi.

To’g’ri so’zlagan o’sib borib gul bo’ladi,

Egri so’zlagan yonib borib kul bo’ladi.

Tilning suyagi yoq. Unga etiborsizlik natijasida ko’pgina sofdil odamlarga ozor yetadi. Qo’pol kishilar odatda mansabparast, ig’vogar, ikkayuzlamachi bo’ladilar. Xalqimizda bir naql bor: yaxshi so’zdan odam yashnaydi, yomon so’zdan olam qaqshaydi.

5- topshiriq


Tushunchalar

Tushunchalar tahlili

Konspekt

Bayonning ko’rinishlaridan biridir. Konspekt uch xil bo’ladi: to’liq konspekt, qisqa konspekt, tezisli konspekt.

Biror asarni konspektlashtirilganda quyidagi tartibda ish ko’riladi: avval asar sinchiklab o’qib chiqiladi, mazmun anglab olinadi va ko’chirma qilish mo’ljallangan parchalarga belgilar qo’yib chiqiladi. Konspekt boshlanganda: a) muallifning ismi sharifi; b) asarning nomi, bosilgan shahri, yili; c) asarning mazmuni- konspekt beriladi. G) manbadan olingan parchalarning beti ko’rsatiladi. Lozim topilganda muallifning ayrim fikrlariga munosabat bildiriladi.



Biografiya

Kishilarning hayoti va faoliyati haqida ma’lumot beruvchi bayon.

Intervyu

Matbuotda elon qilish, radioeshittirish yoki televideniyada foydalanish uchun muxbirning biror kishi bilan o’tkazilgan suhbati, shu suhbatning matbuotda elon qilangan matni.

Hisobot

Xizmatga doir malumot va mulohazalardan iborat hujjat bo’lib, unda biror yumush, biror soha bo’yicha qilingan ishlar haqida xabar beriladi.

Siqiq xulosa (rezyumer)

Maruza yoki boshqa asarlarda keng va atroflicha dalillar bilan bayon etilgan fikrlarning 3-4 gapli yakunidir. Muallif rezyumeda kuzatish va mushohadalardan yuzaga kelgan to’xtamlarning eng zarurlarini ko’rsatadi.

Referat

Biror ilmiy, metodik, pedagogic mavzudagi asarning qisqacha mazmuni bayon.







Download 14.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling