Tanbeh (53).
Ulki, juz quvvat da’visi izhor qilmas, go‘yoki, haqning qaviy ul-matin erkanin bilmas. Odameki,
quvvat xayolin ko‘ngliga kechirur-tufrog‘edurkim, yel urg‘och uchurur. Dunyo dor ul-havodisdur va
anga ko‘ngul bog‘lamoqqa g‘aflat boisdur. Olam umrdek bevafodur va aning davlatig‘a e’timod qilmoq
xato.
Tanbeh (54).
Umrning bukun tonglalig‘i mafhum emas, balki bu kun axshomg‘acha ne bo‘luri ma’lum emas.
Bashar xayli dori baqog‘a ahli azimatdur va tiriklik bir necha kun g‘animatdur. Bu dori fanoni besh kun
g‘animat bil va dori baqoning uzun yo‘li yarog‘in qil. Ul yo‘l yarog‘i solih amaldur, andin so‘ngra
e’timod haq lutfig‘a izzu jull. Amaleki, tengri qabulig‘a shoyistadur ham tengri tavfiqiga vobastadur.
Amalg‘a ham e’timod qilurdin kech, aning fazlu karami bo‘lmasa ilmu amal hech.
Tanbeh (55).
Qush to tamannoyi xomg‘a tushmas sayyod ilgida domg‘a tushmas va anga to ajal qafasi eshigi
ochilmas, sayyod domu donasig‘a mayl qilmas.
Tanbeh (56).
Salotin dargohidin yiroq va xavoqin bazmgohidin qiroq, balki tegrasiga yovumag‘on yaxshiroq.
Bulardin qochg‘ilkim, «alfiroru mimmo loyutoq»
19
. Birovkim, har ne ko‘ngli tilasa qila olg‘ay, anga o‘z
ixtiyori bila yaqin borg‘on - o‘zini o‘zi balog‘a solg‘on. Royi tutsa ayblar olida hunar va har shoyista
xunar qoshida aybdin batar. Mundoq maxdum xizmatin ixtiyor qilg‘on mardaki har. Kishi manfaat uchun
sher asrarmen degaymu va xosiyat topar umidg‘a zahr yegaymu? Salotin xizmatig‘a jur’at ko‘rguzmak,
o‘z rishtai hayotin uzmoqdur va og‘uni icharga surmak va alarg‘a taqarrub tilamak o‘z qatlig‘a balo tig‘in
biylamakdur.
Kulmaklarida choqin hukmi bor, yorug‘lug‘i bee’tibor va kuydurmagi vujuddin qo‘ymas osor.
Qit’a:
Choqin yorug‘lig‘i maddi samodin arzg‘acha,
Zamoni tuli iki lafz o‘qurg‘acha yetmas. Vale
ne yergaki tushti qatig‘ va gar yumshoq,
Berib ani suvg‘a to yetmagay qaror etmas.
Alisher Navoiy. Mahbub ul-qulub
Do'stlaringiz bilan baham: |