Al-Qoshg’ariyning xotirasi
Mahmud al-Qoshg’ariydan ko’p asarlar qolmagan bo’lsada, lekin uning “Devoni” turkiy tillarning birinchi lingvistik ensiklopediyasi hisoblanadi.
Al-Qoshg’ariyni uyg’ur, qirg’iz va o’zbek millatlari o’zining atoqli olimi deb biladilar.
1990-yillarda Qirg’iziston poytaxti Bishkekdagi Sharqshunoslik unversitetiga Mahmud Qoshg’ariy nomi berilgan.
2008-yil YUNESKO tomonidan Mahmud al-Qoshg’ariy yili deb e’lon qilingan.
Bir necha shaharlarda (Qoshg’ar, Toshkent, Bishkek) Mahmud al-Qoshg’ariy sharafiga ko’chalarga nom berilgan. Xususan, Toshkentda Uchtepa tumanida shunday ko’cha bor.
Mahmud al-Qoshg’ariy dafn qilingan Opal qishlog’ida unung sharafiga mavzoley, haykal va masjid qurilgan.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi. – Toshkent: “O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi” Davlat ilmiy nashriyoti, 2003, 5-jild.
2. Abdurahmonov F, Mutallibov S. Devonu lug‘otit-turk. – Toshkent: “Fan” nashriyoti, 1967 yil, 512-bet
3. Abdulaxat Qahhorov. Ma’rifat osmonidagi yulduz. – Toshkent: “Sharq yulduzi” jurnali, 2010, 1-son.
4. Ma’naviyat yulduzlari (To‘plovchi va mas’ul muharrir M. Xayrullaev). – Toshkent: Abdulla Qodiriy nomidagi xalq merosi nashriyoti, 2001.
5. www.ziyo.uz., www.uzwikipedia.org
Do'stlaringiz bilan baham: |