Mahmud al-Qoshg’ariy reja
Download 21.3 Kb.
|
Mahmud al-Qoshg\'ariy matn
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mahmud al-Qoshg’ariyning tarjimai holi.
Mahmud al-Qoshg’ariy REJA: Mahmud al-Qoshg’ariyning tarjimai holi. Olimning yozgan asarlari. Al-Qoshg’ariyning xotirasi. Foydalanilgan adabiyotlar. Mahmud al-Qoshg’ariyning tarjimai holi. Buyuk Sharq mutafakkiri, o‘z ijodi bilan ijtimoiy falsafa, tilshunoslik, mantiq, adabiyotshunoslik, she’riyat, ijtimoiy lingvistika, tabiatshunoslik rivojiga ulkan hissa qo‘shgan Mahmud Koshg‘ariyning to‘liq ismi Mahmud ibn al-Husayn ibn Muhammadil al-Koshg‘ariydir. Nima uchun buyuk alloma o‘ziga “Qoshg‘ariy” taxallusini tanladi? Mahmud Qoshg‘ariyning bobosi qoraxoniylar sulolasining tipik vakili Qoraxoniy hukmdor Yusuf Qodirxon (1026–1032) Qoshg‘arda tug‘ilgan. Yosh Mahmudning otasi Husayn va onasi Bibi Robiya ham o‘z davrining bilimdon, olijanob, yetuk tarbiya ko‘rgan, xushfe’l insonlardan sanalar edi. Mahmud Koshg‘ariyning bobosi asli qoshg‘arlik bo‘lsa-da, umrining ko‘p qismini Bolasog‘un (hozirgi Qirg‘iziston hududidan oqib o‘tuvchi Chu daryosi vodiysida, aniqrog‘i zamonaviy Bishkek (qadimda Pishpek – A.N.) shahridan taxminan 150–200 km janubi-sharq, Issiqko‘lning g‘arbiy sohilidan 100–150 km shimoli-g‘arb tomonida joylashgan)ga ko‘chib kelib, shu yerda yashab 1025-1032-yillar davomida ulkan qoraxoniylar davlatiga xoqonlik qildi. Qoraxoniylar poytaxti dastlab Qoshg‘ar bo‘lib, keyinchalik u Bolasog‘un, keyin O‘zgan va yana Qoshg‘arga ko‘chgani tarixiy ma’lumotlarda qayd etilgan. Qoraxoniylar davrida barpo etilgan markazlashgan davlatchilik, o‘lkada san’at va adabiyot rivojiga katta imkoniyat yaratib berdi. Tarixiy va tarixiy-adabiy manbalarda Mahmud al- Qoshg‘ariy hayoti haqida nihoyatda kam ma’lumot saqlanib qolgan. Ma’lumki, u 1028 (yoki 1029)- yilda Barsxon shahrida zodagonlar oilasida tug’ilgan. Mahmud al-Qoshg‘ariy yaxshi ta’lim olgan. U Qoshg’ardagi Sojiya madrasasida tahsil olib, Imom Zohid Husayn kabi mashhur ustozlardan dars olgan. 1056-yilda Qoshg’arda hokimiyat tepasiga Mahmudning bobosi Muhammad Bog’raxon keladi va 15 oydan keyin hokimiyatni o’g’li Husaynga top-shiradi (al-Qoshg’ariyning otasiga). Lekin ko’p o’tmay saroydagi fitna tufayli olimning bobosi va otasi zaxarlanadi. Mahmud 1057-yilda Qoshg’ardan qochishiga to’g’ri keladi. U g’arb tomonga, avval Movorounnahrga, keyin saljuqiy-turk qo’l ostidagi Bag’dodga qochadi. Shunday bo’lsada, Mahmud al-Qoshg‘ariy o‘z bilimini oshirish maqsadida o‘qishini Buxoro, Nishopur, va Bag’dodda davom ettirdi. Tahsil davrida falsafa, mantiq, adabiyot, huquqshunoslik, tarix, ilohiyot, matematika, astronomiya, tibbiyot fanlarini puxta o‘zlashtirdi. Turkiy tildan tashqari arab va fors tillarini mukammal egalladi, ularning grammatikasidan xabardor bo‘ldi va haqiqiy qomusiy bilim sohibiga aylandi. U 1080-yillarda Qoshg’arga qaytadi. Uning aniq vafot etgan vaqti ma’lum emas, lekin ba’zi olimlar Mahmud al-Qoshg’ariy 1102-(yoki 1105-) yillarda vafot etgan va Opal qishlog’iga ajdodlari oldiga dafn etilgan deb hisoblashadi. Download 21.3 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling