Mahmud As’ad Jo’shon haqiqiy sevgi
MUHABBATNI QO’LGA KIRITMOQNING YO’LLARI
Download 69.99 Kb.
|
Naqshbandiya tariqati qadimgi Turon
MUHABBATNI QO’LGA KIRITMOQNING YO’LLARI
Muhabbatga erishish choralarini dinimiz bayon etgan. Bu bilan bog‘liq hadisi shariflarda nasihatlar bor. Shulardan bittasi salomlashmoqdir. «Salomlashing, salomni orangizda tarqating, muhabbatingiz ortgay». Tabiiy, bu salom tanishmoqni taqozo qiladi, tanishmoq esa samimiyatning kuchayishiga sabab bo‘ladi. Musulmonlar bir-birlari bilan tanishmay qolmasinlar, sovib qolmasinlar, deb salom tavsiya etilgaydir. Bundan tashqari, hadyalashib turmoq ham bir muhabbat vasilasidir. «Bir-biringizga hadyalar bering, muhabbatingiz ortgay», degan bir hadisi sharif bor: «Tahadav- tahabbu». «Hadyalashing – muhabbatlashgaysiz». Shuning uchun turli bayram- hayitlarda, muborak kun, mavlud, to‘y kabi sabablar bilan, turli fursatlarda birodarlar bir-birlari bilan hadyalashib turgaylar. Yodgor-esdalik, xotira narsalar berib turmoqlari lozim. Muhabbatlarining tarjimoni bo‘lgay bu hadyalari. Shu yo‘sin muhabbatni orttirmoqqa uringaymiz. Ayniqsa, muhabbatning, sevmoqning savobi borasida bilim-ma’lumotga ega bo‘lmoq, shuurlanmoq ham sevmoq borasida insonga yordamchi bo‘lgay. Sevdirmoq uchun g‘ayrat qilmoq kerak. Shu qadar kerakdirki, bir inson birodarining huzuriga chiqar ekan, toza kiyimlarini kiyadi, uyiga mehmon kelganida ichkiyimlari bilan chiqmaydi-ku, taranib, kiyinib, sochu soqoliga, soqolining shakliga, shamoyiliga diqqat qiladi. Soqol- mo‘ylovlariga qo‘shilib ketgan, taranmagan, sochlari o‘sib quloqlari ustiga osilib tushgan, bo‘yinlaridan chiqib turgan bir holda chiqmaydi, albatta. Bunday hollar beparvolikdan,ahamiyatsizlikdan yuz beradi. Musulmon bo‘la turib, ahamiyat bermaydi. Ich, qalb tozaligi muhimroq deymiz, ammo Alloh rizosi uchun bir oz sevimli ko‘rinmoqqa ham urining, bunday bir e’tiborli, ma’nili bo‘lmoqqa diqqat qilmog‘ingiz lozim. Payg‘ambar janobimizdan o‘rnak olaylik. Payg‘ambarimiz daraxt shoxlaridan tish kovlagich qilar, u bilan tishlarini tozalar edilar. «Mening yonimga og‘zingiz hidlanib, tishlaringiz sarg‘aygan holatda kelmang», deb marhamat etar edilar. Payg‘ambar (s.a.v.) yonlarida oyna olib yurardilar, taroq, misvok olib yurardilar. Bular chiroyli, ko‘rkam bo‘lmoq olatlaridir. Ayni vaqtda pok, toza, ozoda yurmoq, kir anqimasligi – hidlanmaslik uchun, poklik, tahorat, tozalik Islomdagi muhim unsurlardandir. Kunda besh vaqt tahorat olmoq bor, g‘usl bor, poklanmoq bor, xushbo‘yliklar surmoq bor. Bularning hammasi go‘zallik tuyg‘usining yashnamog‘i uchundir. Download 69.99 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling