Mahmud As’ad Jo’shon haqiqiy sevgi
MUHABBAT HAM BIR IBODATDIR
Download 69.99 Kb.
|
Naqshbandiya tariqati qadimgi Turon
MUHABBAT HAM BIR IBODATDIR
Muhabbat ham bir ibodatdir. Do‘stlik, birodarlik ham bir ibodatdir va odatdagi ibodatlarning eng asili va savoblisi. Va eng foydalisidir. Ikki inson birodar bo‘lsa, Alloh taolo hazratlari martabasi pastroq bo‘lganini o‘sha birodari martabasiga ko‘targay. Darvish xojasining yoniga kelgay, sevgan kishi o‘z sevganiga erishgay… Biz ojizu nojiz qullar Allohning lutfidan umid etgaymizki, Payg‘ambar janobimizga qo‘shni bo‘lgaymiz, inshoalloh!.. Chunki, sahobai kiromdan bittasi ko‘zi yoshlangan, qalbi dir-dir titragan holatda payg‘ambar janobimizning yuzlariga termilib qaraganida, «Ne bo‘ldi?» deb so‘radilar Payg‘ambar janobimiz. «Xayr bo‘lgay!.. Bilgaylar ko‘ngildan kechgan gapni ham…» Ko‘zini tikib dediki, «Fidoka abiy va ummiy yo Rasulalloh!» – «Ota-onam sizga fido bo‘lsin, yo Rasulalloh!» «Atavadda-u bin-nazori ilayka…» Sizning siymongizni tomosha qilib, ne’matlanurman… Siymongizga boqib, lazzat ichra, saodat ichra, baxt-saodat ichra suzmoqdaman… Faqat bir narsani andisha qilayotirmanki, bu dunyoda sahobalaringiz qatoridan joy olibman, sizning suhbatingizga erishibman… Shu lahzada sizga termulib boqyapman, ammo oxiratda siz Maqomi Mahmudga chiqgaysiz, eng yuksak martabaga erishgaysiz, Allohning juda ulug‘ lutfiga sazovor bo‘lgaysiz… Men agar jannatga kira olsam, siz, qaerdasiz-u, men qaerdaman?! Ya’ni, sizning martabangiz qayda-yu, meniki qayda?! Sizni ko‘ra olgaymanmi, ko‘ra olmagaymanmi? – deb o‘ylayotirman…», – dedi ul muborak roziyallohu anhu… Payg‘ambar janobimiz mujda berdilarki, «Kishi sevgan kishisi bilan birga bo‘lgaydir!» Biz, go‘zallikka to‘lg‘un, ichimizda ko‘p turli go‘zalliklar, tashimizda ko‘p turli go‘zalliklar bo‘lgan bir jamoatmiz; jamiyat sifatida, musulmonlar sifatida, ahli tasavvuf sifatida shundoqmi! Boshqa millatlarga nisbatan maqtanish uchun emas, rostini aytayotirmanki, shundoq bir madaniyat, go‘zal axloq namunasimiz… Bizning ko‘chamizda, yoshi ulug‘, oq soqolli amakilar, tog‘alar, bobolar chorsuga – bozorga o‘tishar edi. Bellarida belbog‘, belbog‘larida mundoq pichoqlari taqilgan, olma-nok kessalar, uni qinidan sug‘urib, olishardi. Sallali edilar, ammo sallalarining chetida rayhon bo‘lar edi, chinnigul bo‘lar edi. Bir madaniyat, did bor edi. To‘liq go‘zallik shartiga rioya qilsak, diqqat etsak, shundan ham bir muhabbatlashuv, muhabbatning ortishi yuzaga keladi. Download 69.99 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling