Mahmud qoshg'ariyning ta'limiy axloqiy qarashlari reja
«Qutadg’u bilig»ning qo’l yozma nusxalari va nashri
Download 30.04 Kb.
|
1 2
Bog'liqMAHMUD QOSHG\'ARIYNING TA\'LIMIY AXLOQIY QARASHLARI
«Qutadg’u bilig»ning qo’l yozma nusxalari va nashri
«Qutadg’u bilig»ning uch qo’l yozma nusxasi ma’lum. Bu nusxalar «Vena» (yoki «Hirot»), «Qohira» va «Namangan» nusxalari deb yuritiladi. «Qutadg’u bilig»ning birinchi nusxasi XIX asrning 20-yillarida Istambulda topildi. Bu nusxa XV asrda-1439 yilda Hirotda Hasan Qara Sayil Shams tomonidan uyg’ur yozuvi bilan ko’chirilgan. Qo’l yozmani topgan olim Xammer Purgshtall uni Venadagi Qirollik kutubxonasiga topshiradi. Shuning uchun bu nusxa «Hirot» yoki «Vena» nusxasi deb yuritiladi. «Qutadg’u bilig»ning ikkinchi qo’l yozma nusxasi 1896 yilda Qohirada topildi. Bu nusxa (XV asr) arab yozuvida ko’chirilgan bo’lib, u Hirot nusxasidan birmuncha farq qiladi. Tekstdagi juz’iy farqlardan tashqari, Qohira nusxasida Hirot nusxasidagi ayrim o’rinlar yo’q. «Qutadg’u bilig» uchinchi nusxasi 1913 yilda Namanganda topildi va 1914 yilda ma’lumot e’lon qilindi. (Nusxa namanganlik Muhammadhoji Eshon Lolaresh degan kishining shaxsiy kutubxonasida sharqshunos olim A. Z. Validov tomonidan topilgan.) Bu nusxa ham Qohira nusxasi kabi arab yozuvida ko’chirilgan: «Qutadg’u bilig»ning Namangan nusxasi boshqa nusxalarga qaraganda birmuncha mukammalroq bo’lib, E.E. Bertelüsning taxminicha, u XIII asrning oxiri yoki XIV asrning boshlarida ko’chirilgan bo’lishi kerak. Bu nodir nusxa O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutida saqlanmoqda. «Qutadg’u bilig»ning prozaik muqaddimasida ta’kidlanishicha, dostonda to’rt asosiy masala qo’yilgan va bu masalalar majoziy obrazlar qiyofasida mujassamlashtirilgan «Qutadg’u bilig» jami Namangan nusxasida 6500 baytga 13000 misraga yaqin bo’lib, u 73 fasl-bobga bo’lingan. O’n bir bobi dostonning muqaddimasi bo’lib, muqaddima xudoga, payg’ambarga va to’rt xalifaga bag’ishlangan tardision boblardan tashqari, yoz tavsifi va Bug’raxon madhi, 7 sayyora va 12 burj, til odobi va bilimning foydasi kabi masalalarga bag’ishlangan boblarni o’z ichiga oladi. Dostonning asosiy qismi 12-bobdan, Kuntug’di degan hukmdorning ta’rifi bilan boshlanadi. Dostonda quyidagi voqea hikoya qilinadi: Kuntug’di degan odil podsho bo’lib, uning shon-shavkati va shuhrati yaqin va uzoq o’lkalarga yoyilgan ekan. Oytuldi degan oqil bir kishi uning xizmatiga kirish istagi bilan poytaxtga kelibdi. U musofirlikning azob-uqubatlarini chekibdi hamda yor-do’st, tanish-bilish orttiribdi. Oyto’ldi Ko’samish (Istanilgan) degan do’stiga musofir bo’lib Kuntug’di poytaxtiga kelishining sabablarini so’zlab beribdi. Ko’samish unga madad berib, Kuntug’dining Xos Hojibi bilan tanishtiribdi. Oyto’ldi Kuntug’dining saroyiga borib, uning suhbatida bo’libdi. Oyto’ldini yoqtirgan Kuntug’di uni saroyga xizmatga olibdi. Oyto’ldining mansab-martabasi kundan-kun ziyod bo’lib, oxiri u vazir qilib tayinlanibdi. U saroyda uzoq vaqt xizmat qilib, aql-idroki va tadbirkorligi bilan Kuntug’dini mamnun qilibdi. Biroq yurti va oilasini sog’inib, Oyto’ldi hukmdordan ruxsat olib, o’z yurtiga qaytibdi va birmuncha vaqtdan keyin o’sha erda vafot etibdi. Oyto’ldining O’gdulmish degan o’g’li bor ekan. U otasining so’ziga amal qilib, Kuntug’dining dargohiga kelib, saroyga xizmatga kiribdi. O’gdulmish otasining izidan borib, davlat ishlaridagi faoliyati va donoligi bilan Kuntug’dini shod va mamnun qilibdi. Kuntug’di bilan O’gdulmish o’rtasida turli xil masalalarga doir suhbat va munozaralar bo’libdi. Oqil va olim kishilarning davlat ishlariga katta foyda keltirayotganini ko’rgan Kuntug’di donishmand O’zg’urmishni (O’dg’urmish ham yoziladi) saroyga taklif qilibdi. Uzgurmish tarkidunyo qilib, kishilar orasidan chiqib ketgan ekan. U bir necha xat-xabar va oqil O’gdulmish bilan bo’lgan suhbatlaridan keyin Kuntug’dining taklifini qabul qilib, saroyga kelibdi. O’zgurmish bilan Kuntug’di davlat idora ishlari, axloq-odob va boshqa masalalar bo’yicha suhbat va munozaralar qilishibdi. O’zg’urmish Kuntug’diga ko’p o’gitva nasihatlar beribdi. Mahmud Qoshg‘ariy - o‘rta asrlardagi buyuk Sharq mutafakkiri, o‘z ijodi bilan ijtimoiy falsafa, tilshunoslik, mantiq, adabiyotshunoslik, she'riyat, ijtimoiy lingvistika, tabiat-shunoslik rivojiga ulkan hissa qo‘shgan, boy merosi jahon fani taraqqiyotiga jiddiy ta'sir ko‘rsatgan Mahmud Qoshg‘ariy XI asrda turkiy Qoraxoniylar davrida yashab, ijod qildi. Taxminan 400 yilga yaqin hukm surgan Qoraxoniylar davri Markaziy Osiyo va yon-atrofdagi xalqlar hayotida muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Qoraxoniylar davlatida X asrda xalqning milliy ongi rivojlanishi va o‘sishi asnosida ilm-fan va adabiyot ham ravnaq topdi. Qoraxoniylar poytaxti - Qashg‘ar yuksak madaniyatiga ko‘ra butun Markaziy Osiyoda yetakchi o‘rinni egallar edi. U butun dunyoga o‘quv yurtlari, betakror me'moriy majmualari, karvonsaroylari bilan tanilgan edi. Buyuk tilshunos olim Mahmud Qoshg‘ariyning "Devoni lug‘atit turk" asari Qorahoniylar davrining noyob durdonasi hisoblanadi. U o‘lmas obida sirasiga kiradi va o‘zida davr tili, adabiyoti, tibbiyoti, tarixi, geografiyasi, etnografiyasi, hunarmandchiligi va astronomiyasi xaqidagi bilimlarni qamrab olgan. "Devoni lug‘atit turk"dagi geografiyaga oid ma'lumotlar g‘oyat muhim ahamiyat kasb etadi. Sababiki, asarida turkiy xalqlar joylashgan hududlar ta'rifini keltirgan va u muallif dunyodagi eng qadimiy turkiy xarita muallifi hisoblanadi. Ushbu xarita XI asrdagi Osiyoning eng qadimiy va ahamiyatli xaritasi bo‘lib, unda geometrik aniq shakllarda tog‘lar, ko‘llar va daryolar ko‘rsatilgan, eng muhim shaharlar va qabilalar qayd etilgan. Yanada muhimi shundaki, "Devoni lug‘atit turk" asarida o‘sha davrning ilg‘or kishilarini o‘ylantirgan hamda turkiy xalqlarning tub manfaatlarini aks ettirgan fikrlar va g‘oyalar jamlangan, shaxs va jamiyatning yanada ijtimoiylashuvi yo‘llari belgilab berilgan. Ko‘p bosqichli falsafiy-axloqiy muammolar, binobarin, boylik va bilimning o‘zaro bog‘liqligi haqidagi fikrlar chuqur ifodalangan. Boshqacha aytganda, ilk o‘rta asrlar olimi va ijtimoiy faylasufining qarashlari olam, xalq taqdiri, inson, madaniyat, ijtimoiy adolat to‘g‘risidagi mushohadalarga yo‘g‘rilgan edi. Mahmud Qoshg‘ariy - XI asrning o‘rta osiyolik filolog-olimi. 1072-1074 yillar arab tilida “Turk tili lahjalari”ni tuzgan. Mahmud Qoshg‘ariyning arab filologiyasi ilmiy uslublarini qo‘llab yozgan asari tilshunoslar, folklorchilar va adabiyotshunoslar uchun qadr-qimmatga ega. Bu - erta davr turk shevashunosligining yagona yodgorligidir. Mahmud ibn al-Husayn ibn Muhammad al Qoshg‘ariy Qoraxoniylar sulolasi hukmronligi davrida tug‘ilgan va qoraxoniy a’yonlarining oliy tabaqasidan kelib chiqqan. Uning otasi Bolasog‘un shahrini boshqargan. Oliy tabaqadan kelib chiqishi olimga o‘z davrining yirik siyosiy va madaniy markazi bo‘lmish Qashqarda ajoyib ta’lim olish imkonini berdi. Bir qator turkiy tillar bilan birga, Mahmud Qoshg‘ariy arab va fors tillarini ham bilgan. Ehtimol, ta’limni Buxoro, Nishopur, Samarqand, Marv, Bog‘dodda davom ettirgan, u yerlarda olim uzoq vaqt yashagan, kitobi uchun zaruriy ma’lumotlar to‘plagan. U vaqtlar saljuqlarga tegishli Bog‘dodda bo‘lgan vaqti Qoshg‘ariyda kitobning g‘oyasi paydo bo‘ladi, unga ko‘ra, turkiy xalqlar hayotining ko‘p qirralari, fikrlashi, odatlari, jo‘g‘rofiy joylanishi va eng avvalo, tili ta’riflanishi joiz bo‘lgan. Mahmud al Qoshg‘ariyning mashhur kitobi “Devoni lug‘at at-turk” turkiy ensiklopediya ko‘rinishidadir. Unda umumiy tarixiy-madaniy, etnografik va tilshunoslik ma’lumotlari to‘plangan va jamlangan. Al Qoshg‘ariyning “Devoni” - turkiy madaniyat yodgorligi bo‘lib, o‘zida axloqiy qadriyatlar va tarbiya tartiblarini, avvalgi ajdodlardan barcha merosni o‘zlashtirgan XI asrdagi turkiy xalqlarning o‘ziga xos dunyoqarashini jamlagan. Kitobda qadimiy zoroastr-shomoniylik dunyoqarashlari bilan birga, yangi mafkura - islom va so‘fiylik kabi tarmoqlari tasvirlangan. Mahmud al Qoshg‘ariy mehnatining yagona nusхasi 1915 yil olim va kutubxonachi Ali Emir tomonidan Istambul bozorida ko‘chirma nusхa ko‘rinishida topilgan, hozirgi vaqtda Istambul Milliy kutubxonasida saqlanadi. Qo‘lyozmani Muhammad ibn Abu-Bakr ibn Abu-l-Fath as-Saviy ko‘chirgan. “Devonu lug‘at at turk”ning birinchi noshiri turk olimi Rifat Bilge bo‘lib, u kitobni birinchi bo‘lib turk tiliga tarjima qilgan. Mahmud Qoshg‘ariyning “Devonu lug‘at at turk” asari o‘zbek tiliga professor Solih Mutallibi tomonidan tarjima qilingan va 1960-1963 yillar Toshkentda nashr etilgan. Mahmud Qoshg‘ariyning “Devonu lug‘at at turk” asari noyob hisoblanib, odatiy lug‘atga xos so‘zlar bilan bir qatorda, ko‘plab badiiy asarlar ham uchrab, folklorlikka oid qismlari asosiy timsolda gavdalanadi. Muallifning o‘zi shunday yozadi: “Mazkur kitobni men alifbo tartibida joyladim, maqol, saj, matal, she’r, rajaz va nasr parchalari bilan bezadim”. “Turkiy shajaralar lug‘ati”da turkiy tilda so‘zlashuvchilar folklorining asosiy janrlari keltirilgan - marosimiy va lirik qo‘shiqlar, qahramonlik dostoni, tarixiy rivoyat va afsonalar. Shu bilan birga, unda anatomiya, tibbiyot, veterinariya, astronomiya, jo‘g‘rofiya, etnografiya va boshqalar haqida ma’lumotlar mavjud. “Turkiy shajaralar lug‘ati” ikki qismdan iborat. Birinchi qismida Mahmud Qoshg‘ariy kitobning maqsadini ochib bergan, turkiy tilga so‘zlashuvchi qabila va urug‘lar haqida ma’lumotlar keltirgan. Asarning ikkinchi qismida turkiy til shajarasining lug‘ati taqdim etilgan, hikmatli iboralar, og‘zaki xalq ijodining namunalari keltirilgan. Quyida kitobidan keltirilgan parchalar orqali Qoshg‘ariyning nuqtai nazari haqida tasavvur hosil qilish mumkin. “Kunlar vaqtni shoshirar, inson kuchini toliqtirar, dunyoni erlardan ayirar... Uning odati shu-da, barchaning qismati shu yerda. Agar dunyo mo‘ljalga olib, o‘qni otsa, tog‘ cho‘qqilari ajralib ketadi”. “O‘g‘lim, senga yaxshilikka eltuvchi pand-nasihat merosimni qoldiraman. Yaxshi insonni uchratsang, unga ergash”. “Tun-u, kun daydi kabi o‘tib ketadi. Uning yo‘lida kesishib qolsang, kuchdan ayirar”. “Insonning mol-dunyosi - uning dushmanidir. Boylik to‘plab, suv oqimi to‘xtashini o‘yla, go‘yo xarsanglar pastga dumalab tushayotgani kabi. Barcha erlar buyumlarni deb adashdi. Boylikni ko‘rib, ular, go‘yo burgut o‘ljaga yopishgani kabi otiladilar. Ular mulkini yashirib, uni ishlatmay, xasisliklaridan yig‘lashar, oltinlarni to‘plashar. Mulklari sabab, Xudoni yodga olishmas, o‘g‘illarini, qarindoshlarini ular bo‘g‘arlar”. “Yaxshilik qilishga shoshil, maqsadingga erishgach, g‘ururlanma”. Mahmud Qoshg‘ariyning “Devoni” (Lug‘ati) - fonetik va morfologik hodisalar va dialektik shakllarning xususiyati haqida tasavvur beruvchi erta davr turkiy dialektikasining yagona yodgorligidir. “Lug‘at” shuningdek, turkiy tilda so‘zlashuvchi O‘rta Osiyo, Sharqiy Turkiston, Povolojya, Orol bo‘yi qabila va xalqlarining og‘zaki-she’riy ijodi haqidagi matlarni ham o‘z ichiga olgan. Mahmud Qoshg‘ariyning arab filologiyasining ilmiy uslublaridan foydalangan holda yozilgan mehnati bugun ham tilshunoslar, folklorchilar va adabiyotshunoslar orasida, shubhasiz, qadr-qimmatga egadir. Download 30.04 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling