Mahmud Toir she`riyati leksik xususiyatlari Ixtisoslik: 5A 111201 -o‘zbek tili va adabiyoti
Download 0.55 Mb. Pdf ko'rish
|
mahmud toir sheriyati leksik xususiyatlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tilim – I.
- Zorim bor, zo‘rim
- III bob: Mahmud Toir lirikasida o‘z va o‘zlashgan qatlam,eskirgan va tarixiy so‘zlarning ishlatilishi
- O‘zlashgan qatlam
- Arab tilidan o‘zlashtirilgan so‘zlar
2) To‘liqsiz omonimiya – birdan ortiq so‘zning yo aytilishi, yo yozilish jihatdan teng kelishi. Buning o‘zi ikki turga bo‘linadi. Aytilishi bir xil ammo yozilishi har xil bo‘lsa omofonlar deyiladi: tuzsiz (tussiz - I) va (tussiz - II). Omofonlar asosan, sozlashuv nutqiga xos, qismangina adabiy nutqda ham uchraydi. Yozilishi bir – xil, ammo aytilishi xar – xil bo‘lsa, omograflar deyiladi: tom I (tommoq felining buyruformasi), tom II (“jild” ikkinchi tom) kabi.
Mahmud Toir ham o‘z ijodida omograflardan foydalanganining guvohi bo‘lishimiz mumkin. Sog’inch mening ko‘zlarim tilar, Yurak esa visoling tilar, Sen qaydasan, izsiz muhabbat. (“Qaydasan muhabbat” 32-bet) Shoir bunda mahabbat tasvirini “tilar” omonimidan foydalangan holda chiroyli ifoda etgan. Ya’ni, ishq tufayli oshiq iztirobda, sog’inch uning ko‘zlarini tilmoqda, yaralamoqda, yurak esa yor visolin tilamoqda. Bunda tilmoq feliga - ar kelasi zamon qo‘shimchasini qo‘shib, hos qilib a misradagi tilar so‘zi esa tilmoq feliga r zamon formasini qo‘shib kelasi zamon fe’li hosil qilingan
- 1 -
Gar yaxshilik yo‘ldoshing bo‘lsa, Yoding bilan yashar odamlar. Qish poyonlab, ko‘kka kun kulsa, Qordan qo‘rqmay gullar bodomlar. (“O‘zga uchun” 33-bet ) - 2 -
Xayoli hur, o‘zi qullar bor, Tuvagidan tushmas gullar bor. Kim nimadan topar e’tibor, Dunyo, senga tushunib bo‘lmas. (“Ajab” 26-bet) Gullar I gulla + r (fel + ravishdosh qo‘shimchasi) – “gul ochmoq, gulga kirmoq”. Gullar I gul + lar (ot + ko‘plik qo‘shimchasi) –“gulli o‘simliklar, chechaklar”.
Shoirning mahorati shundaki, u bir so‘zni turli ma’nolarda qo‘llash orqali obrazlilikka erishgan. Bu o‘rinda omonimik munosabat turli so‘z turkumlari doirasida kuzatilmoqda. Shoirning ikki she’ri ham falsafiy ruhda yozilgan. Ijodkor omonimlardan o‘rinli foydalangan holda chiroyli tasvir yaratilishiga erishgan.
Omograflar she’riyatda qo‘llanganda o‘zgacha tasvir yaratishga xizmat qiladi: - 1 -
Qadrim so‘raganda qayrog’im tilim, Yorning tarifida qaymog’im tilim, Yovning yuragiga titroqlar slogan Alpomish belida belbog’im tilim. (“Ona tilim” 125-bet) - 2 -
Majnuntolning xayollari oqqan suvlar, Ko‘zgu bo‘lib sanamlarga yoqqan suvlar, Biz g’aribni ilonlari chaqqan suvlar, Bilmaysizmi bag’rim tilim mening, To‘lqiningiz bo‘lim turgan dilim mening.
Yuqoridagi satrlarda tilim so‘zidagi omograflik turli so‘z turkumlari doirasida sodir bo‘lmoqda: “Ona – tilim”she’rida qo‘llangan tilim (ot + (im) egalik qiluvchi qo‘shimcha). Ikkinchi misoldagi tilim (fel + (im) so‘z yasovchi qo‘shimcha).
jamiyatda o‘zaro fikr almashishning vositasi, tilshunoslikning asosiy o‘rganish obekti”, ushbu o‘rinda esa ona tili ma’nosida kelgan. (til (fe’l) + im (ot yasovchi) qo‘shimcha).
yorilgan yoki tilimlangan” ma’nosini anglatadi, bu o‘rinda ko‘chma ma’noda kelib oshiq bag’rining yaroligini ifodalab kelgan.
Tilda har – bir hodisaning o‘z o‘rni bor. Unda to‘g’ri va o‘rinli foydalanilsagina uning jozibasini oshirish, rang – barangligini ko‘rsatib berish mumkin. Omonimlar ham she’riyatda qo‘llanganda so‘z o‘yinlarini hosil qilishda, tasvirni betakror ranglarda jilovlantirishga xizmat qiladi.
Paronimiya (yun. para-“yonida”+ onyma “nom”) ikki yoki undan ortiq leksemalarning talaffuzda o‘zaro o‘xshash, ohangdosh bo‘lishi. Ikki leksemani paronim deyish uchun: 1) yasama leksemalar bo‘lishi; 2) ayni bir leksemalardan yasalgan bo‘lishi; 3) yasovchi morfemalarning mazmun planda umumiylik bo‘lishi; 4) yasovchi morfemalari ifoda plani jihatida o‘xshash bo‘lishi lozim. Ham ma’no jihatidan, ham talaffuz jihatdan o‘xshashlik tufayli bunday paronimlarni farqlash va o‘z o‘rnida ishlatish ma’lum qiyinchilik tug’diradi.
Leksik paronimlar ancha sodda talablar asosida ham belgilanadi: fonemalar tizimida faqat bir fonemasi bilan farqlanib turadigan ikki leksema paronim deb qaraladi: abzal (asli afzor: “asbob”,”egar- jabduq”)- afzal (“yaxshi,ortiq”). Talaffuzdagi o‘ta o‘xshashlik tufayli bunday leksemalarni ishlatishda ham qiyinchiliklar, noo`rin ishlatishlar voqe’ bo‘ladi. Paronomiyada ba`zan leksemalar tarkibidagi fonemalar miqdori teng bo‘lmasligi ham mumkin, ammo ularning talaffuzidagi bir-biriga yaqinlik, ohangdoshlik bo`lishi shart:amr (3 ta fonema) –amir (4 fonema), diplomat(8 ta fonema)- diplomant (9 ta fonema) kabi. Paronimlar omonimlar va omofonlardan quyidagi belgilari bilan farqlanadi: 1.Paronimlarning talaffuzi bir-biriga yaqin,o`xshash bo`ladi.Omonimlarning esa talaffuzi va yozilishi bir xil bo`ladi: o‘t (“maysa”) va o‘t (“olov”) kabi. 2.Omofonlarda ham talaffuz bir xildir:tub vat up (talaffuzda).Paronimlarda esa talaffuz teng emas,o‘xshash bo'ladi: ganj va ganch. Omofonlarda fonemalar miqdori teng bo‘ladi, paronimlarda esa ular teng bo`lishi ham, teng bo`lmasligi ham mumkin.Qiyos qiling: to‘n-“kiyim”(3 ta fonema)- ton-“tovush toni”(3 ta fonema)-omofonlar; asr(3 ta fonema)-asir ( 4 ta fonema). Paronimlarni so‘z variantlari bilan qorishtirmaslik kerak,variatsiyalar esa bir leksemaning turli ko‘rinishlari xolos:tomosha va tamosho, gado va gadoy. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, tilshunoslikda paronimiya hodisasining izchil mezonlari yetarli darajada ishlsnmagan,shuning uchun bir xil hodisaga har xil baho berish holatlari uchrab turadi. Mahmud Toir ham o‘z she’rlarida paronimlardan foydalangan: 1. Mehrimning beshigida e’zoz topgan qo‘zimsan, Sog’inchim eshigida kulib turgan ko‘zimsan, Senga qiyos ne darkor ,jon-jahonim, o‘zimsan, Hurlar ichra sen o‘zing hurimdirsan bolajon. (“Bolajon” 75-b.) Farzand- Ollohning aziz ne’mati.Shoir unga ta’rif berar ekan,paronimlarni qo‘llab chiroyli tasvir yaratgan.
1) qo‘zim=qo‘zi+im –( I shaxs egalik ) “bolalarni erkalab murojaat etish shakli” 2) ko‘zim=ko‘z+im-–( I shaxs egalik ) “tirik mavjudotning ko‘rish a’zosi”. Ushbu satrlardagi paronimlik ot so‘z turkumi doirasida kuzatilmoqda.
2.Yonar bo‘lsam bir otashda yondirguvchi muhabbatdir, O‘zgalar ne o‘zimdan ham tondirguvchi muhabbatdir. Tulporlarni turfa yo‘lda toldirguvchi muhabbatdir. (107-b.)
N va к sonorlari tondirguvch ,toldirguvchi so‘zlarida paronimlik munosabatini hosil qilishda ishtirok etgan. Tondirguvchi- “umuman bor bo‘lgan narsani tan olmaslik, rad etmoq” Toldirguvchi-“toliqmoq, charchamoq” . Bu ikki so‘z qofiyani ham hosil qiluvchi uslubiy vosita sifati qo‘llangan. Paronimlaro‘quvchilarni fikirlashga jalb etib, so‘z ma’nolarini uqishni talab etadi. Masalan: 3.Oshiq ahlin bog’ida men faqat tikan bosdim, O‘riklar shoxi chaman yetmadi unga dastim . (“Hijronning sadosiman” 97-b.)
Omonat umrimning oromi senda, Labingdan ichirsang may jomi senda, Qulingdirman, vale shoh qilay desang, “Begim” degin, Tangri kalomi senda. (208-bet)
Yuqoridagi misralarda shoh vashoh so‘zlari paronimlikni hosil qilgan: a) shox- “butoq, shox, shoxcha”; b) shoh- “podshoh, hukumdor”. Paronimlik nafaqat bir so‘z turkumi balki turli so‘z turkumi doirasida ham kuzatiladi: 4. Bu dunyo qadimdir, inson ham qadim, Yaxshi ham qadimdir, yomon ham qadim. Gohi baxtim kulib, ketib omadim,
O‘tkinchi dunyodan o‘tib boraman. (“Qadim dunyo” 110-b.)
Yaxshiyam o‘lim bor boshlar xam bo‘lur, Boshim tosh degan toshlar malham bo‘lur. (“So‘nggi yo‘l” 113-b.) Yuqoridagi ikki she’rda ham va xam so‘zlari paronimlikni hosil qilgan. “ham” so‘zi yordamchi so‘z turkumi, yuklama bo‘lib, ta’kid, kuchaytirish ma’nosini bildiradi, “xam” esa fors-tojikcha so‘z bo‘lib, pastga egilgan, quyi solingan” ma’nosini ifodalaydi. Paronimik mustaqil va yordamchi so‘z turkumi doirasida kuzatilmoqda. 5.Oshiqning murodi yolg’iz visoldir, Toshkent osmonida chehram hiloldir. Bir qarab qo‘ymoqlik sizga maloldir,
(“Kumushbibi aytganlari” 87-b.) Mahmud Toir yuqoridagi 4-misrada paronimlarni yonma-yon keltirish bilan uslubda teranlikka erishgan. Shuningdek, zorim- zo‘rim paronimlari kontekstual antonym hamdir.
Zorim- fors-tojikcha “muhtoj, intizor”. Zo‘rim- fors-tojikcha “kuch, qudrat” ma’nolarini anglatadi. Paronimlar nutqda qo‘llanganda so‘z o‘yinlarini hosil qilishda, o‘quvchilarni fikrlashga jalb etishda muhim o‘rin tutadi.
III bob: Mahmud Toir lirikasida o‘z va o‘zlashgan qatlam,eskirgan va tarixiy so‘zlarning ishlatilishi
Ma’lumki, har qanday tilda o‘zga lisonlarning leksemalari uchraydi.Ikki xalq yoki millat vakillari o‘zaro turli munosabatlarda (iqtisodiy, madaniy, siyosiy) bo‘lar ekan, ularning tillari ham shunday munosabatlar natijasida o‘zaro aloqaga kirishadi, bir-birlariga ozmi-ko‘pmi ta’sir ko‘rsatadi. Bir tilga ikkinchi til so‘zlarining kirishi bir tarafdan ular orasidagi munosabatni ta’minlashga xizmat qilsa, ikkinchidan u tilni rivojlantirishga ham yordam beruvchi asosiy vosita sifatida katta o‘rin tutadi. O‘zbek xalqi, ma’lumki, eng qadimgi urug’ va qabilalaridan o‘sib chiqqan, demak uning tili ham shu urug’ va qabilalar tili negizida rivoj topgan. Markaziy Osiyodagi turli tarixiy, ijtimoiy-siyosiy jarayonlar, xususan, arablar, mo‘g’ullar, ruslar istilosi, tojik, turkman xalqlari bilan qo‘shnichilik munosabatlari ham o‘zbek tili taraqqiyotiga kuchli ta’sir ko‘rsatgan. Anashu tarixiy jarayonlar nuqtai nazaridan qaralganda hozirgi o‘zbek tilining boyligida ikkita yirik qatlam- o‘z va o‘zlashgan qatlamlar borligi ma’lum bo‘ladi.
yasalishlar, shuningdek o‘z affiks bilan boshqa til so‘zlaridan yasashlar tushuniladi. O‘z qatlamga xos so‘zlar bilan o‘zlashgan qatlamga xos so‘zlarni
o‘zaro farqlash hamma vaqt yengil bo‘lavermaydi.Bularni o‘zaro farqlashda so‘zning semantik,morfologik,fonetik belgilarini hisobga olib ish ko‘riladi. Semantik belgilari:umumturkiy so‘zlarning aksariyati ko‘p ma’nolidir:bosh- 1) “odamning boshi”; 2) “ko‘chaning boshi”; 3) “ishnimg boshi”. Morfologik belgilari: 1)umumturkiy so‘zlar hozirgi o‘zbek tilining barcha so‘z turkumlarida uchraydi; 3) o‘zak va affiks morfemalar erkin va standart bo‘ladi: ko‘zim, ko‘zing,ko‘zi; 4) so‘z tarkibida prefikslar qo‘llanmaydi. Fonetik struktura jihatdan o‘z qatlamiga xos so‘zlarning asosiy belgilari deb quyidagilarni ko‘rsatish mumkin: 1) o‘zbekcha tub negizlar asosan bir bo‘g’inli va ikki bo‘g’inli bo‘ladi; uch bo‘ginli tub negizlar juda oz. 2) bir bo‘g’inlilarda “undosh+unli+undosh” tipi asisiy o‘rinni egallaydi.Ikkinchi o‘rinda “unli+undosh” tipi turadi. “undosh+unli” tipi esa juda oz. 3) ikki bo‘g’inli so‘zlar ko‘pincha ochiq bo‘g’inlardan tuzilgan bo‘ladi. 4) o‘zbek so‘zlari r,l,v,h tovushlari bilan boshlanmaydi. 5) o‘zbek so‘zlarida “h” bo‘g’iz tovushi qatnashmaydi.(undov va mimemalardan tashqari) 6) so‘z oxiri e,o‘ tovushi bilan tugamaydi (undov va mimemalardan tashqari). 7) o‘zbek so‘zlarida odatda sof cho‘ziq o unlisi bo‘lmaydi. 8) birinchi bo‘g’indan keyingi bo‘g’inlar hech vaqt unli bilan boshlanmaydi. 9) Bo‘g’in boshlanishida, ko‘pincha , bo‘g’in oxirida ham,ikki va undan ortiq undosh qatorasiga kelmaydi(ost,ust kabi bir nechha so‘z bundan mustasno) 21 . Yuqorida sanalganlarning aksi o‘zlashgan so‘zlarning asosiy belgilari deb qaraladi.
21 Tursunov U, Muxtorov О, Rahmatullayev Sh.Hozirgi o’zbek adabiy tili. Toshkent.1965.151-152-b. O‘zlashgan qatlam-o‘zbek tili leksikasining boshqa tillardan o‘zlashtirilgan leksemalardan iborat qismi. Masalan, maktab (arabcha), daraxt, gul (fors-tojikch), axta, bahodir( mo‘g’ulcha), afandi (turk), ravshan (so‘g’dcha), traktor, avtobus (ruscha baynalminal) va boshqalar. Bu qismda arab, fors tojikcha va rus tilidan o‘zlashtirilgan so‘zlar ko‘pchilikni tashkil etadi.
o‘zbek va tojik xalqlari o‘rtasidagi yaqinlik millodiy VI asrda boshlangan. O‘zbek va tojik xalqlari juda uzoq davrlardan beri yonma-yon yashab bir-birlariga doimo xo‘jalik, iqtisodiy –ijtimoiy va madaniy munosabatlarda bo‘lib kelganlar. Hozirgi o‘zbek tilida fors –tojik tillaridan o‘zlashtirilgan so‘zlar orasida otlar (sartarosh, bazm, barg), sifatlar (badbo‘y, badjahil, ozoda), ravishlar (banogoh, do‘stona, tez),bog’lovchilar (chunki, yoki, agar), yuklamalar (xo‘sh, xudi), modal so‘zlar (chunonchi, binobarin), undovlar (balli, dod) uchraydi. Fors-tojik tillaridan o‘zlashtirilgan so‘zlarda: a) so‘z oxirida undosh tovushlarning qatorlashib kelishi ancha keng tarqalgan: g’isht, go‘sht; b) kuchsiz lablangan o unlisi so‘zning barcha bo‘g’inlarida qo‘llaniladi: ohang, nobud, bahor. Shuningdek, fors-tojik tilidan o‘zbek tiliga bir qator prefiks va suffiks o‘zlashgan: Prefikslar- be-,ba-, no-, ham-, kam-; suffikslar- -kor, -zor, -xo‘r, -parvar, -kash, -paz va boshqalar. Ular dastlab fors-tojik so‘zlari tarkibida qo‘llangan, keyinchalik o‘zbek tilining so‘z yasovchi affikslarning qatoridan o‘rin olib, yangi so‘zlarning yasalishida ishtirok etgan: kamsuqum, bebosh, barkamol, hamyurt.
Bunday so‘zlarning o‘zlashtirilishi VIII asrdan boshlanib IX-X asrlarda ancha faollashgan. Arab tilidan so‘z o‘zlashtirishga olib kelgan omillar ichida quyidagilar muhim rol o‘ynagan: a) arablar istilosi; b) islom dinining keng tarqalishi; c) arab yozuvining qo‘llana boshlanganligi;
d) madrasalarda arab tilining o‘qitilish; e) turkiy-arab ikki tilligining tarkib topganligi; f) olim-u fuzalolarning arab tilida ijod qilganligi.
Arab tilidan o‘zlashtirilgan so‘zlarning fonetik, semantik va morfemik tarkibida quyidagi xususiyatlar borligi ko‘zga tashlanadi: 1. So‘z tarkibida ikki unlining yonma-yon kelish holati uchraydi: mutolaa, oila. 2. Ra’no, da’vo , ta’na, e’lon kabi so‘zlarda ayn tovushidan oldingin unli kuchli va biroz cho‘ziq aytiladi. 3. Jur’at, sur’at, bid’at, qal’a, kabi so‘zlarda bo‘g’inlar ayirib tallaffuz qilinadi. 4. Semantik jihatdan: ko‘proq diniy, hissiy, axloqiy, ilmiy, ta’limiy va mavhum tushunchalar ifodalanadi. 5. So‘zlarning lug’aviy va gramatik shakllari flektiv xarakterda bo‘lib, o‘zbek tilida morfemalarga ajralmaydi: ilm, muallim, olim. Mahmud Toir she’riyatini kuzatar ekanmiz, uning nafaqat, o‘z qatlam, balki o‘zlashgan qatlam, asosan arabcha, fors-tojikchikcha so‘zlardan mahorat bilan foydalanganining guvohi bo‘lamiz. Shu bois biz shoirning so‘zlardan qay darajada foydalana olganini ko‘rish uchun tahlillarni jadval asosida berishga harakat qildik. Sabrning sarg’aygan suvratlarida, Hayoning xushdan xush iffatlarida, Hijronning kuydurgan kulfatlarida, Muhabbat yashaydi, muhabbat yashar. (228-b.) N O‘zbekcha Arabcha fors-tojikcha Ma’nosi Sabr
+
Chidam, bardosh Sarg’aygan +
Sariq rangga kirmoq Suvrat
+
Ko‘rinish, timsol. Shoir bunda surat so‘zini o‘rniga badiiylikni oshirish uchun qo‘llagan Hayo
+
“Uyat, sharm, nomus” 22 .V jild /475-b. Xush
+ “Yoqimli, yaxshi” IV jild/ 430-b. Iffat
+
“Bokiralik, pokizalik, nomus, hayo” II jild / 245-b. Hijron
+
“Ayriliq, judolik,firoq”V jild /480-b. Kuydurgan
+
Ko‘chma ma’noda “alam, iztirob chekmoq” II jild /424-b. Kulfat
+
“Qiynaladigan, azob beradigan holat” II jild /420-b. Muhabbat
+
“Sevgi, ishq, bog’lanish” II jild/ 662-b. Yashamoq
+
Ko‘chma ma’noda “mavjud bo‘lmoq, bor bo‘lmoq, saqlanmoq” ma’nolarda kelgan V jild/ 126-b.
Ushbu she’rida shoir bir xil tovush bilan boshlanadigan so‘zlarni qo‘llash orqali betakror ritm va obrazlilikka erishgan. Shuningdek, satrlardan asosan, o‘zlashgan qatlam so‘zlaridan foydalangan. Ya’ni, 11ta so‘zdan 3ta o‘zbekcha, 1ta forscha va 7ta arabcha so‘zlardir.
Yongan yuragimning yog’dusi bilan, Kuygan ko‘zlarimning ko‘zgusi bilan, Dunyoning seningdek ohusi bilan, Yo‘llarni yig’latib kulublar ketsam, Ayyor yuragini yuliblar ketsam. (“Ketsam” 224-b.) Bunda shoir oshiq holatini ta’riflarkan, tilimizning nechog’li boy, latif ekanligini ko‘rsatib bera olgan. Shoir qo‘llagan 16 so‘zdan 13tasi o‘zbekcha, faqat 3tasi- dunyo, ag’yor- arabcha, ohu- fors-tojikcha ekanligi fikrimiz isbotidir.
22 O’zbek tilining izohli lug’ati. V jild.Toshkent.2006-2008.Izohlar shu lug’atdan olindi. Shoir satrlarni marvarid shodasidek tizgan. Bu holni biz keyingi satrlar misolida ham ko‘rishimiz mumkin: Sog’inch so‘zi sochlarga erta yog’gan qormikan,
Oshiqqa atalgani azaldan ozormikan, Ishq so‘zini ishratiga qul bo‘lmagan bormikan. (“Jilmaysa jamolingiz” 230-b.)
N
O‘zbekcha Arabcha fors-tojikcha Ma’nosi
Sog’inch +
“Sog’inish tuyg’usi” III jild / 600-b. So‘z +
“Mustaqil ma’noga ega bo‘lgan eng muhim til birligi, gapning qurulish materiali” III jild /608-b. Soch +
“Odamning bosh terisida o‘sadigan qil tolalar qoplamasi va ularning har biri” III jild/ 557-b. Erta +
“Odatdagi me’yoriy vaqtdan ancha oldin, barvaqt” V jild / 51-b. Yog’gan
+
“Yog’ish turi” II jild/ 57-b. Qor
+
“Suv zarralari asosida yuzaga keladigan yog’in turi”V jild 335-b. Oshiq
“Sevuvchi, sevib qolgan, xushtor, muxlis” III jild/ 170-b. Atalgan
+
“Biron kishiga mo‘ljallangan” I jild /113-b. Azal
+
“Ibdidosi yo‘qlik, boshlanishi noma’lum zamon” I jild/ 47-48b.
Ozor
+ “Ranj-alam, xafalik” III jild/ 96-b. Ishq
+
“Sevgi-muhabbat, oshiqlik” II jild/ 261-b. Ishrat
“Biror kimsa bilan do‘stlashish, aysh-ishrat qilish” II jild 259-b. Qul
bo‘lmagan +
“Ozod, hur” Bor +
“Qo‘lda, ixtiyorida yoki
umuman, voqelikda mavjud bo‘lgan: mavjud” I jild/ 312-b.
bor. Shoir har bir so‘zga yangi bir ma’no yuklashga, tilimizning imkoniyatlarini ko‘rsatishga harakat qilgan. Asrlar davomida tillar bir-biridan so‘z olib, so‘z berib shakllanib kelmoqda. Bu ham bir imkoniyat. Ushbu imkoniyatdan samarali foydalanib betakror asarlar yaratayotgan, xalq qalbini, orzu-armonlarin kuylayotgan ijodkor Mahmud Toirdir. Til tizim sifatida uzluksiz harakatda, rivojlanishda bo‘lib turadi, bu uning ijtimoiy mohiyatidan kelib chiqadi: til va jamiyat, til va ong, til va tafakkur o‘rtasidagi ikki tomonlama aloqadorlik ularning bir-biriga ta’sirini belgilaydi- jamiyatda bo‘lib turadigan ijtimoiy-siyosiy jarayonlar, ilmiy texnikaviy taraqqiyot, iqtisodiy-ma’rifiy sohalardagi islohatlar tilning lug’at boyligida yangi-yangi so‘z va atamalarning yuzaga kelishini, ayni paytda ma’lum so‘z- leksemaning eskirib tarixiy katekoriyaga aylanishini taqozo qiladi. Bu jarayon tilning lug’at boyligida istorizm, arxaizm va neologizm kabi leksik birliklarni yuzaga keltiradi. Download 0.55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling